Bu sahifa navigatsiya: Adibning hayot va ijod yo‘li



Download 42,18 Kb.
bet4/7
Sana27.09.2021
Hajmi42,18 Kb.
#186881
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
oybek im.uz

Tabiat lirikasi. Oybekning lirik shoir sifatidagi iste’dodi uning tabiat manzaralari tasviriga bag‘ishlangan she’rlarida yana ham yorqin jilva berib turadi.

1936-yilda Oybek bir guruh qalamkash birodarlari bilan Chimyon qishlog‘iga borib, tog‘ bag‘rida tikilgan o‘tovda A. S. Pushkinning «Evgeniy Onegin» she’riy romanini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. Bu Pushkin vafotining 1937-yilda nishonlanajak 100 yilligi munosabati bilan rejalashtirilgan tadbir bo‘lib, bu tadbirga ko‘ra, ulug‘ rus shoirining barcha asosiy asarlari o‘zbek tiliga tarjima va nashr etilishi lozim edi.

Oybek hordiq paytlarida Chimyonning xushmanzara joylarida kezinib, qoya va tog‘lar sayridan olgan taassurotlarini qog‘ozga tushirgan. «Chimyon daftari» turkumini tashkil etgan bu she’rlarning aksari o‘zbek she’riyatidagi tabiat lirikasining eng go‘zal namunalaridir.

Mana, shunday she’rlardan biri:

Sen g‘urubning oltin qo‘llaridasen,

Tabassuming, quyosh, so‘nar ohista.

Dala va qirlardan tiniqlik uchar,

Suvlar oynasiga shom qora surkar,

Xayolning men sokin cho‘llaridamen...

Bu she’rni o‘qir ekanmiz, quyosh botishi oldidagi manzara ko‘z oldimizda butun ilohiy go‘zalligi bilan jonlanadi. Quyosh tog‘lar bag‘riga singib borar ekan, ufq shafaqning qonli ranglariga belanadi. Shoir ana shu manzarani tasvirlar ekan, quyoshga qarab: “Sen g‘urubning oltin qo‘llaridasen, Tabassuming, quyosh, so‘nar ohista « deydi. Bu satrlardagi jonlantirish ham, keyingi satrlardagi istioralar ham («Suvlar oynasiga shom qora surkar», «xayolning... cho‘llari» kabi) she’rda tasvirlangan ushbu manzaraga ayricha bir hayotiylik, go‘zallik va qabartmalik bag‘ishlaydi. Keyingi bandda tasvir ohangi butunlay o‘zgaradi. Quyosh botishi bilan lirik qahramonning ruhiy hayotida ham so‘lg‘inlik boshlanib, «umid tosi» singandek bo‘ladi, bu tosning sinayotgan paytdagi ovozi esa uning qalbini shu qadar pora-pora qiladiki, na xayol va na sevgi ro‘yosi lirik qahramonni yupata olmaydi. She’r: «Yuramen, oqshomga singadi izim» degan ma’yusona bir kayfiyat anqib turgan satrlar bilan tugaydi.

She’rning: «Sen g‘urubning oltin qo‘llaridasen» degan dastlabki satrida boshqacha bir kayfiyat hukmron edi. Lirik qahramon hatto quyosh tabassumining so‘nayotganidan mamnundek ham edi. Quyosh so‘nib bo‘lgandan keyin esa undagi boyagi tantanavor holatdan asar ham qolmaydi, u umidsizlikka tushib, badbin xayollarga beriladi. Negaki, quyoshsiz hayot hayot emas, balki zulmatdir. Lirik qahramonning izlari ham ana shu zulmat qo‘yniga singib ketadi.

Ko‘ramizki, tabiat tasviri inson ruhidagi hatto oniy o‘zgarishlarni ham o‘zida lakmus qog‘ozidek yaqqol aks ettiradi.

Oybek nafaqat shoir va yozuvchi, balki adabiyotshunos olim va nazariyotchi ham edi. U lirikaning drama va eposdan farqli tomonlari to‘g‘risida so‘zlab, bunday yozgan: «Drama va rivoya (epos) turlari fabulalidir. Bularda xronologik va sababiyat prinsipi bilan bog‘liq voqealar, hodisalar, fikrlar tasvirlanadi. Lirika ko‘pincha shoir fikrlarini, tuyg‘ularini, orzulari va kayfiyatini kuylaydi. Voqealar tasvir etilsa-da, maqsad ma’lum bir hayajon uyg‘otish uchun vosita, izlanishgina bo‘lib qoladi».

Oybekning lirik she’riyatiga tabiat tasvirining bahor shabadasidek kirib kelishi va katta o‘rin egallashida uning 1936-yil yozida Chimyonda uch-to‘rt oy yashagani muhim omil bo‘ldi.

Ma’lumki, shu yili Hamid Olimjon, Shayxzoda, Abdulla Qahhor singari bir guruh shoir va yozuvchilar Chimyonga chiqib, ulug‘ shoir A.S. Pushkin asarlarini tarjima qilganlar. Oybek uning «Evgeniy Onegin» she’riy romanini o‘zbek tiliga tarjima qilish bilan birga, o‘zining mashhur «Chimyon daftari» she’rlar turkumini ham yaratgan.

Umuman, tabiatning fusunkor bag‘rida bo‘lish har qanday shoirga katta ilhom bag‘ishlaydi. Tabiat uning tuyg‘ularini o‘tkirlashtiradi. Oddiy kitobxonlar nazar-e’tiboriga tushmaydigan manzaralarni chuqur his qilishga, rang va ohanglarni ko‘rishga o‘rgatadi.

Oybek 1936-yildagi Chimyon xotiralarini eslab, bunday yozgan edi:

«...Tabiat manzaralari go‘zal, havo yoqimli, qalin, xushbo‘y tog‘ gullari, tiniq tog‘ irmoqlari. Tinimsiz sayragan bulbullarni sel bo‘lib tinglardik...

Zerikkan va charchagan chog‘larimizda baland tog‘ cho‘qqilariga chiqib, sayr etib ketardik. Haybatli, zo‘r qoyalar ustida qorlar sekin erir, pastga kichik-kichik irmoqlar sharqirab yo‘l olardi. Har kun bir-ikki dafa o‘n ikki buloq boshiga chiqardim. Sevardim yolg‘iz kezishlarni...».

Ana shunday yolg‘iz kezinishlardan birida Oybek quyoshning botayotgan lahzasini tomosha qiladi.

Quyoshning botishi... Kim bu hayajonli manzaraga e’tibor bermagan? Bir tomondan, quyoshning oltin barkashga aylanishi-yu, ufqning go‘zal bir holat kasb etishi kishilarga quvonch baxsh etsa, quyoshning ufq qo‘yniga g‘arq bo‘lib, chor atrofning shafaq qonlariga belanishi kishida g‘amgin, ma’yus va hatto mungli bir kayfiyatni hosil qiladi.

Oybek ham shunday ziddiyatli bir kayfiyatga chulg‘anadi. Shoir yozadi:

Quyosh, oltining cho‘kkanday cho‘kar sevinchim,

Sinadi ichimda umidning tosi.

Qalbimni yirtadi uning sadosi,

Yupatmas na xayol, sevgi ro‘yosi,

Yuramen, oqshomga singadi izim.

Biz bu she’rni o‘qir ekanmiz, Oybekning yuqoridagi: «Lirika ko‘pincha shoir fikrlarini, tuyg‘ularini... kuylaydi» degan so‘zlari to‘g‘ri ekaniga ishonch hosil qilamiz.

Oybekning tabiat tasviriga bag‘ishlangan she’rlarini o‘qir ekanmiz, uning katta va o‘tkir ko‘zlari nafaqat olis tarixni, Mahmud Torobiylar va Navoiylar yashagan davr manzaralarini, balki tabiatdagi betakror nafosatni ham teran ko‘rganiga amin bo‘lamiz. Oybek, hatto o‘zining nasriy asarlarida ham tabiatni shunday tasvirlaydiki, biz tabiatdagi nozik nuqtalarda uning e’tiboridan chetda qolmaganidan hayratga tushamiz.

Oybek faqat shoir va yozuvchilar bilangina do‘st bo‘lib qolmay, O‘rol Tansiqboyev singari rassomlar bilan ham inoq edi. U mashhur rassomning «Tog‘ sahari» asari to‘g‘risida so‘zlab: «Bu rasmga boqar ekansiz, o‘zingizni ko‘rgazma zalida ekaningizni unutasiz, tog‘larning sokin bag‘rida his etasiz o‘zingizni, tog‘lar quchoqlarida ko‘rgan saharlaringizni eslaysiz», deb yozgan. Bizningcha, kitobxon Oybekning tabiat lirikasini o‘qib ham o‘zini yashil tabiat bag‘rida his etadi.

Tabiat-insonning o‘sib-ulg‘ayishi, ezgulik va go‘zallikning kamalak ranglarini o‘ziga singdirishiga yordam beribgina qolmay, uning barkamol inson bo‘lishida ham faol ishtirok etadi. Afsuski, inson har doim ham ana shu ona tabiatga mehrli munosabatda bo‘lmaydi, tabiatdagi go‘zallikni his etmaydi va bu go‘zallikning qadr-qiymatiga yetmaydi.

Tabiat lirikasi esa xuddi shu maqsadga xizmat qilib, tabiatni tushunish, his etish va sevishga o‘rgatadi.




Download 42,18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish