Ijodiy faoliyat tajribasi
– an’anaga aylangan fikrlash va faoliyat chegarasidan
tashqariga chiqish demakdir;
Munosabatlar tizimi
–
bola o‘zida
shakllangan
munosabatlarga ko‘ra tevarak-
atrofdagi narsalarni, voqealarni baholay oladi; oq-qorani taniydi; ilmiy va
G‘ayriilmiy hodisalarning farqiga boradi
2
.
Ta’lim mazmuni –
bu ma’lumot mazmunining o‘qitish (o‘qituvchi) va
o‘qish (o‘quvchi) maqsadida ta’lim jarayoniga olib kirilgan va didaktik
jihatdan ishlov berilgan shaklidir.
Ta’lim jarayoniga
- o‘qituvchi faoliyati nuqtai nazardan yondashsak, «o‘qitish
jarayoni», iboralari ishlatiladi. O‘qitish-kollektiv sub’ektning faoliyati. O‘qitish ishi
bilan mashG‘ul qishilarga nisbatan ishlatiladi. Unda o‘qituvchilik kasbi, uning
o‘ziga xos xususiyatlari va mutaxassislik fanlari bo‘yicha o‘rganiladigan bilimlar
chatishib ketgan. O‘qish bilim, malaka, ko‘nikmalarni egallashga oid ishlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |