Paydo bo’lishi bo’yicha hisobga olish usuli - bu usul bo’yicha xarajatlarni ularga zarurat paydo bo’lganda hisobga olishni va xarajatlarni butun davr davomida taqsimlashni nazarda tutadi. Biroq ayrim vaziyatlarda har yillik ta’mirlash va saqlab turish xarajatlari yoki bir vaqtga, yoki juda qisqa vaqt oralig’iga to’g’ri keladi. Bu usuldan foydalanilganida uskunani saqlab turish uchun butun yillik xarajatlarning sinish holati yuz bergan ma’lum bir vaqt oralig’iga to’g’ri keladi.
Тaqsimlash usuli - bu usul xarajatlarning taxminiy hajmiga asoslanib, undan foydalanish joriy ta’mirlash muntazam o’tkazilish tavsifga ega bo’lgan va hajm bo’yicha ahamiyatli bo’lganda tavsiya qilinadi. Bu usuldan foydalanilganda joriy yilda kutilayotgan ta’mirlash uchun taxmin qilinayotgan xarajatlarning umumiy hajmi baholanib, vaziyatdan kelib chiqqan holda vaqt yoki ishlab chiqarish hajmi asosida taqsimlanadi. Vaqt asosida taqsimlanganda har bir oraliq davr uchun ta’mirlash va saqlab turish xarajatlarining teng bo’lgan summasi aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |