7.1-jadval
Iqtisodiy rivojlanish modellari
Iqtisodiy
rivojlanish
modellari
Model xususiyatlari
Mazkur model
mansub bo‘lgan
davlatlar
Agrar
Qishloq xo‘jalik mahsulotlari
eksport, sanoat mahsulotlari
importi
Mongoliya,Gresiya
Xomashyo
Xomashyo eksporti, tayyor
mahsulot importi
Rossiy, Eron
Texnologik
Texnologiyalar importi, katta fan
sig‘imiga ega mahsulotlar
Yaponiya,
Singapur, Janubiy
Koreya
Innovatsion
Bilimlarni yaratish, texnologiyalar
eksporti, katta fan sig‘imiga ega
sanoat
AQSh, Germaniya,
Buyuk Britaniya,
Fransiya
1.
Iqtisodiyotning agrar yo‘nalishi
asosan qishloq xo‘jaligi maxsulotlari ishlab
chiqarishga yo‘naltirilgan. Qishloq xo‘jalik mahsulotlari eksport qilinib, bundan
tushgan pul mablag‘lariga chet eldan ehtiyoj uchun zarur bo‘lgan sanoat
mahsulotlari xarid qilinadi. Iqtisodiy rivojlanishning
bunday modelida inson
salohiyatidan foydalanish darajasi eng past bo‘ladi. Chunki bu modelda milliy
sanoatni zarur darajada rivojlantirish nazarda tutilmaydi.
2.
Iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilganligi
katta tabiiy resurslar
zahiralariga ega mamlakatlar uchun xosdir. Bu mamlakatlarda tabiiy resurslarning
eksporti ular yalpi ichki maxsulotining asosiy qismini ta’minlaydi. Bu davlatlarda
turmush darajasi, odatda, agrar iqtisodiyotiga ixtisoslashgan
mamlakatlarga
qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Ammo ana shu har ikki modelda inson salohiyatining
rivojlantirilishi darajasi va ulardan foydalanishda deyarli farq bo‘lmaydi. Chunki
iqtisodiyotning xomashyoga yo‘naltirilishida asosiy e’tibor bevosita shu
tarmoqlarga qaratilib, ijtimoiy-iqtisodiy hayotning boshqa
sohalari zarur darajada
rivojlantirilmaydi.
3.
Iqtisodiyotning texnologik yo‘nalishi
ustuvor bo‘lgan mamlakatlarda ilm-
fan rivojlangan bo‘ladi, shu bilan birga inson salohiyatidan samarali foydalaniladi.
Shuning uchun Yaponiya, Singapur, Janubiy Koreya
kabi davlatlarda inson
salohiyati milily boylikning yagona manbaidir. Ushbu boylik zamonaviy
texnologiyalarni import qilish va ular asosida yuqori sifatli mahsulot ishlab
chiqarish, shundan keyin bunday tovarlarni nafaqat ichki,
balki tashqi bozorlarga
ham chiqarish hisobiga shakllantiriladi.
Iqtisodiyotning texnologik yo‘naltirilishi yuqori inson saloxiyatiga ega
xodimlarga extiyojni kuchaytiradi. Bunday inson saloxiyati hosil qilinishini
taraqqiy etgan ta’lim tizimi ta’minlaydi. Bunday tizimda aholining oddiy
savodxonligi aslo yetarli emas. Ushbu mamlakatlarda oliy ta’lim tizimini, ayniqsa
texnika universitetlari va kasb-hunar kollejlarini rivojlantirish talab qilinadi.
Shuning uchun ham aholisi 5 million kishini tashkil etadigan Singapurda 13 ta
universtitet mavjuddir. Ularning uchtasi milliy universtitetlar bo‘lib, qolgan 10tasi
rivojlanlangan mamlakatlarning eng nufuzli universitetlari filiallari xisoblanadi
28
.
Janubiy Koreyada o‘tgan asrning o‘rtasida 15 ta universitet bo‘lgan,
hozirgi
paytda esa ularning soni 8 barobarga ko‘paydi.
4. Inson saloxiyatining sifati va undan samarali foydalanishga eng yuksak
talablar
innovatsion iqtisodiyot
da qo‘yiladi. Mazkur iqtisodiyot faqat zamonaviy
milliy texnologiyalardan
keng foydalanishgina emas, balki fan yutuqlari asosida
ularni yaratishni ham talab etadi. Shuning uchun bunday iqtisodiyot ilm-fan va
ta’lim tizimini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishiga aylangan
hamda jamiyat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan mamlakatlarda shakllantirilishi
mumkin. Iqtisodiyotning
bevosita ana shunday turi AQSh, Germaniya, Fransiya,
Buyuk Britaniya, boshqa taraqqiy etgan davlatlar uchun xosdir.
2-jadvalda rivojlanishning texnologik, ayniqsa
innovatsion modellari
afzalliklari aks etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: