41
shilikmi yoki yomonlikmi?» deb so‘rayman, u nima desa,
o‘shanga
qarab ish tutamiz, – debdi.
Cho‘pon yo‘lda davom etibdi. Ilon esa cho‘ponning
oyog‘iga chirmashib ketaveribdi. Yo‘lda o‘tlab yurgan bir
oriq sigir duch kelibdi. Shunda cho‘pon:
– Ey, sigir, yaxshilikka yaxshilikmi yoki yomonlik-
mi? – deb so‘rabdi. Sigir javob beribdi:
– Albatta, yaxshilikka yomonlik. Men yoshligimda har
kuni uch mahal sut berardim. Xo‘jayinim yaxshi ko‘rar edi.
Endi
men qaridim, sut bermay qo‘ydim, oriqladim. Ertaga
meni qassobga sotish uchun bozorga olib boradilar,– debdi.
Shunda ilon:
– Ana, mening aytganim to‘g‘ri chiqdimi?! Endi seni
chaqaman, – debdi. Cho‘pon, yana bir so‘raymiz, keyin
chaqsang ham mayli! – debdi.
Ular yo‘lda bir olma daraxtiga duch kelishibdi. Olma
daraxtining shoxlari singan, tagi to‘la tosh, kesak ekan.
Cho‘pon olma daraxtidan so‘rabdi:
– Ey daraxt, yaxshilikka yaxshilikmi yoki
yomonlik-
mi? Daraxt:
– Ey do‘stlar, albatta yaxshilikka yomonlik, masalan,
meni oling, yoshligimda ko‘p meva berar edim, o‘tgan-
ketgan odam tosh otib, bolalar ustimga chiqib shoxlarimni
sindirib shu ahvolga solishdi. Endi meni kesib o‘tin qilish-
moqchi. Bu yaxshilikka yaxshilikmi?– debdi.
Ilon:
– Ana, eshitdingmi,
endi chaqaman, – debdi. Cho‘pon:
– Yo‘q, yana biror kishidan so‘raylik, – debdi. Yo‘lda
ketishayotsa, bir tulki uchrabdi.
– Hoy, tulki, to‘xta, bizlar sendan bir savol so‘ramoq-
chimiz? – debdi cho‘pon. Tulki to‘xtab qarasa, bir katta
ilon odamning oyog‘iga chirmashib «chaqaman» deb yo-
pishib turgan emish. Tulki:
42
– Nima gap? – deb goh ilonga, goh cho‘ponga qarabdi.
Cho‘pon so‘z boshlabdi:
– Ey, tulkivoy, men mana bu ilonni o‘limdan qutqarib
qolgan edim. Endi esa u meni chaqmoqchi, shu
ham in-
sofdanmi? – debdi. Tulki:
– Qanday qilib uni o‘limdan qutqarding? – deb so‘rabdi.
– To‘qayga o‘t tushgan edi. O‘t ichida ilonni ko‘rib
rahmim keldi, bir yog‘ochning uchiga mana bu xaltani
bog‘lab, ilon tomon uzatdim, u xaltaga kirdi, tortib oldim, –
deb javob beribdi. Shunda tulki qah-qah urib kulib yuborib-
di, cho‘ponga:
– Shu kichkina xaltaga katta ilonning sig‘ganiga men
hayron bo‘lib, kulib yubordim, – debdi. Ilon «Unga men
sig‘dim», – debdi. Tulki:
– Bo‘lmasa, yana xaltaga tushib ko‘r-chi, sig‘armikansan
yoki yo‘qmi?– debdi. Ilon maqtanib:
– Mana ko‘r, men sig‘aman, – deb cho‘ponning
xalta-
siga kiribdi.
Tulki cho‘ponga ko‘zini qisib:
– Xaltaning og‘zini mahkam bog‘la, ko‘tarib aylantirib
yerga ur! – debdi. Cho‘pon tulkining aytganini qilib, ilon-
dan qutulibdi. Yana o‘z ishiga ravona bo‘libdi.
Do'stlaringiz bilan baham: