3
KIRISH
Hozirgi vaqtda xalq xo’jaligining hamma tarmoqlarida qayta qurish
jarayoni sekin-asta amalga oshirilmoqda. Bunday o’zgarishla maorif —
o’qish-o’qitish sohalarida ham kuzatilyapti. Bu tabiiy albatta. Ilmiy-texnika
taraqqiyoti hayotda yangi-yangi masalalarni, jamiyat bilan tabiat o’rtasidagi
munosabatlarni tubdan o’zgartirib yubordi.
Fan sohasida erishilayotgan yutuqlar texnika rivojiga ta’sir
ko’rsatmoqda. Tibbiyot va gigiena fani ham bundan istisno emas.
Kommunal yoki turar joy gigienasi shahar, posyolka va qishloq aholisi
hayoti va sog’lig’i bilan bog’liq bo’lgan va unga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir
etuvchi omillarning oldini olishga doir tadbir-choralarni ishlab chiqadi.
Kommunal gigiena ko’p qirrali fan bo’lib, uning har bir qismida ilmiy
asosga tayangan holda insonning sihat-salomatligani saqlash uchun turli
gigienik tadbir-choralar ishlab chiqilgan. U qonuniy ravishda bajarilishi zarur
bo’lgan normativ hujjatlarni tayyorlaydi va turli vazirliklar yordamida bu
hujjatlar sanitariya qoidalari, ko’rsatmalar, qo’llanmalarni tasdiqlab ularning
amalda joriy qilinishini kuzatadi. Bu hujjatlarning asl maqsadi sanitariya-
gigiena tadbirlarini amalga oshirish, yuqumli va yuqumsiz kasalliklar
tarqalishining oldini olish va tashqi muhitning ifloslanishiga yo’l
qo’ymaslikdir.
Kommunal gigiena fanining asosiy maqsadi quyidagilardan iborat:
1.
Turar joylarni loyihalashtirish gigienasi.
2.
Atmosfera havosini va sanitariya holatini yaxshilash.
3.
Aholini toza ichimlik suv bilan ta’minlash.
4.
Suv havzalarini sanitariya jihatidan muhofaza qilish.
5.
Turar joylarni ozoda tutish va tuproqlarni sanitariya jihatidan
muhofaza qilish.
6.
Fizik omillarning ahamiyatini tushuntirish.
7.
Turarjoy, ma’muriy binolar va davolash-profilaktika muassasalarining
gagienik holatini yaxshilash.
Qabul qidingan qonun va qoidalar bo’yicha shaharlarning quri-lishi,
4
joylashtirilishi, shaharlarni taraqqiy ettirish bosh reja loyihasiga asoslanib
amalga oshiriladi. Bunda ularni obodondlashtirish, markazlashgan
vodoprovod suvi bilan ta’minlash ko’zda tutiladi. Uy-joy va ma’muriy binolar
loyihasini ishlab chiqishda milliy an’analar va me’morchilik usullarini
nazarda tutish gigienik jihatdan katta ahamiyatga ega. Bunda ayniqsa
joylarning sharoitini hisobga olish zarur.
Bizda qabul qilingan davlat hujjatlarida aholining qismi bir vaqtda uy-
joy bilan etarli ravishda ta’minlanishi ktutiladi. Unda me’morchilik an’analari
nazarda tutiladi, qurilish matyeriallariga ham alohida ahamiyat byeriladi.
Keyingi yillarda mamlakatimizda katta sanoat korxonalari, kommunal
ob’yektlar va turar joylar qurish, uy-joylarni qurish, shaharlarni
kengaytirishga katta ahamiyat byerilmoqdaning uchun gigiena fanini taraqqiy
ettirish, bu sohada yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash, ularning
malakasini oshirish amalga oshirilmoqda.
Ko’pchilik tibbiyot oliy bilimgohlari qoshida sanitariya-gigiena
kulliyotlari, gigiena kafedralari mavjud. Gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-
tekshirish ilmgohlari, amaliy ishlarni bajarish uchun sanitariya-
epidemiologiya stanciyalari ishlab turibdi.
Fan va texnika taraqqiyoti kommunal gigiena fanining tez fursatda
rivojlanishiga yordam byermoqda. Kommunal gigiena mamlakatimiz xalq
xo’jaliganing hamma tarmoqlari bilan, aholining hayoti va turmushi bilan
chambarchas bog’langan holatda ish olib bormoqda.
Kommunal gigiena sanoat korxonalarini, shahar qurilishini
,
mada-daniy
hayotni va qolavyersa tashqi muhit obektlarini sog’lomlashtirish yo’lida katta
ishlar qilishni maqsad qilib qo’ygan. Bu fanning taraqqiyoti yo’lida ko’pgina
ilmiy ishlar, gigaenik normalar, standartlar, qoidalar va boshqalar ishlab
chiqildi hujjatlarning ko’pchiliga qabul qilingan, tasdiqlangan bo’lib, qonuniy
hujjat bo’lib qoddi. Bu qonun va qoidalardan turar joylarni loyihalashda,
atmosfera havosi, suv havzalarini muhofaza qilishda, kimyoviy zararli
5
omillardan tabiatni muhofaza va boshqa tadbir-choralarni amalga oshirishda
foydalaniladi.
Gigiena fani tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlarning hammasi olib
borilgan tajribalar, kuzatishlar va boshqalarga asoslanadi.
Kommunal gigiena sanitariya amaliyotida va tibbiyot oliygohlaridagi
maxsus kafedralarda sanitariya vrachlari tayyorlashda keng foydalaniladigan
fan bo’lib, tobora mukammalashib boradi va jamiyat talablariga ilmiy va
amaliy tomondan javob byeradi.
Sanitariya vrachi xalh xo’jaligining rivojlanishiga, inson sa-lomatlitini
saqlashga katta hissa qo’shuvchi shaxs hisoblanadi. Kommunal gigiena fani
ayrim davlatlar, qit’alar, qolavsrsa, yer kurrasining iqtisodiy va siyosiy
taraqqiyoti bilan ham chambarchas bog’langan.
Eramizdan ilgarigi 460—377-yillarda yashab ijod qilgan Gippokrat
«Havo, suv va joylar to’g’risida» nomli kitobida turar joylar havosini,
tuprog’ini va suvini o’rganishni tavsiya qilgan. U shunday deb yozadi:
«Kimki biror notanish shaharga borib qolsa u shaharning shamol yo’nalishiga
va quyoshga nisbatan qanday joylashganiga ahamiyat berishi kerak, sababi
shaharning shimolga yoki janubga qarab joylashishi inson salomatligiga
turlicha ta’sir qiladi».
G’arbiy YYevropada yashab ijod qilgan yirik olimlardan Pettenkofyer
Flyugge va boshqalar gigiena faniga asos solgan olimlardan hisoblanadi.
Ularning ijodlarida kommunal gigienani mukammal o’rganish masalasi
ko’tarilgan. F. F. Erismanning yozishicha, «Pettenkofyerni ekspyerimental
gigienaning otasi deyishgan», Pettenkofyer gigiena fanini egallashda
faqatgana fiziologiya ilmiga asoslanish mutlaqo kamlik qiladi, bu fan boshqa
tashqi muhitni o’rganuvchi fanlarga muhtojdir, deydi. Insonning sog’liq
darajasi tashqi muhitga bog’liq. Gigiena uchun havo, tuproq, kiyim-kechak,
yashash sharoiti normasini bilish ahamiyatlidir.
Kommunal gagaena fanining taraqqiyotiga ulug’ olim, O’rta Osiyo
tibbiyotining nomoyandasi Abu Ali Ibn Sino, Ismoil Jurjoniy va boshqalar o’z
Do'stlaringiz bilan baham: |