Himoyaga ruxsat beriladi



Download 7,41 Mb.
bet34/36
Sana11.01.2017
Hajmi7,41 Mb.
#177
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36
XULOSA VA TAKLIFLAR

Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga yo`naltirilib daromad keltirishi yoki biror-bir ijobiy samaraga erishishi zarur. Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga erishishdir.

Yalpi investitsiyalar va amortizatsiya o`rtasidagi nisbatga qarab iqtisodiyotning ahvoli qanday ekanligini, ya`ni yuksalish, yo turg`unlik yoki pasayish davrini boshidan kechirayotganligini aniqlash mumkin. Agarda, yalpi investitsiyalar amortizatsiyadan ortiq, ya`ni sof investitsiya yuqori bo`lsa, iqtisodiyot yuksalishda bo`ladi, chunki uning ishlab chiqarish quvvatlari o`sadi.

Maqsadiga ko`ra, xorijiy investitsiyalar bevosita va portfel’ investitsiyalarga bo’linadi. Bevosita investitsiyalar – bu kapitalni to’g`ridan-to’g`ri eksporti bo`lib, investitsiya kirituvchiga shu korxona ustidan nazorat qilish huquqini beradi. Bunda korxona asosiy kompaniyaning xorijdagi shahobchasiga aylanadi. Bevosita xorijiy investitsiya(BXI)lar asosan xususiy tadbirkorlik kapitali shaklida bo’ladi.

2013 yilning yanvar-dekabrida respublikada asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalarning umumiy miqdori milliy valyutada 27557,3 mlrd. so’mni yoki AQSh dollaridagi ekvivalent hajmda 13,2 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Bu 2012 yilning yanvar-dekabriga nisbatan 11,3% ga ko’p degani. 2012-yilda esa bu ko’rsatkich milliy valyutada 22067,0 mlrd. so’mga yoki 11,7 mlrd AQSH dollariga teng bo’lib, u 2011 yilga nisbatan 11,6% ga o’sgan.

“O‘zbekiston 2013” almanaxi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu investitsiya resurslari asosan sanoat (34,5%), uy-joy qurilishi (21,9%) va transport (15,5%) sohasiga yo‘naltirildi.

Mamlakatimizda Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasining tashkil etilgani chet el investistiyalarini jalb etishda ko’p jihatdan muhim ahamiyat kasb etmoqda, desak, hech qanday mubolag’a bo’lmaydi. Jamg’armaning asosiy vazifasi iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlari va yo’l-kommunikastiya sohasidagi strategik muhim investistiya loyihalarini xorijiy sheriklar bilan hamkorlikda moliyalashda faol ishtirok etishdan iborat.

Mamlakatimiz iqtisodiyotiga davlat investitsiya dasturi doirasida jalb qilinayotgan xalqaro sarmoyalarning asosiy qismi Xitoy, Rossiya, Janubiy Koreya hamda Niderlandiya davlatlari tashkil etmoqda. Xitoy davlati jami jalb qilingan xalqaro sarmoyalarning 35.66% ni tashkil qilayotgani va bu borada mamlaktimiz ushbu davlat bilan yuqori darajada hamkorlik ishlari olib borayotganini ko’rish mumkin. Bundan tashqari, xalqaro sarmoyaning Rossiyaga 26.79%, Janubiy Koreyaga 19.50% hisobida to’g’ri kelayotganini takidlash lozim.

IFC va BDAFIs tashkilotlari bilan o’rnatilgan mustahkam aloqalar natijasida O’zbekiston Respublikasiga kiritilayotgan investitsiyalar hajmi yildan-yil ortib borayapti. Oxirgi besh yil ichida beg’araz moddiy va texnik yordam hajmining o’sish surati o’rtacha 8,2% ni tashkil etdi. Bu ko’rsatkich 2013 yilda 7,6% ni tashkil etib, 186 mln. USDga yetdi.

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 29.03.2013 yildagi №90 sonli qaroriga muvofiq hozirda IFC va BDAFIs tashkilotlari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi ko’zda tutilayotga jami 285 600 000 USDga teng bo’lgan ta’lim, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va suv resurslaridan foydalanish, ichimlik suvi muammolari, energotejamlilik, atrof muhitni himoyalash, kichik va o’rta biznessni qo’llab quvatlash va boshqa masalalarni o’rganib chiqmoqda.

Shuningdek, 2013-2017 yillarda Xitoy Xalq Respublikasi bilan birgalikda jami qiymati 271 300 000 USD ga teng bo’lgan 35 loyihani, Yaponiya Respublikasi bilan 57 400 000 USD ga teng bo’lgan 14 ta va Korea Respublikasi bilan 22 500 000 USD gat eng bo’lgan 9 ta loyihani amalga oshirish masalasi o’rganib chiqilmoqda.

Bundan tashqari, IFC va BDSFIs tashkilotlari bilaning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ajratayotgan uzoq muddatli imtiyozli kreditlar miqdori ortib bormoqda. 2013-yilda 2’960 mln. USD ga teng bo’lgan 23 ta moliyaviy bitim imzolangan, bu o’tgan yilga nisbatan 214,5% ga teng.



Mavzuni o’rganib chiqib, mamlakatimiz investitsiya salohiyatini yanada oshirish uchun quyidagi takliflarni kiritaman:

  • Aholining o’rta va quyi qatlamlarini ish bilan ta’minlash maqsadida, investitsiyalar oqimini hududlar bo’yicha aholi soniga qarab proporsional taqsimlash;

  • Mamlakatimiz bo’ylab erkin iqtisodiy hududlar sonini ko’paytirish;

  • Chet el investorlari uchun berilgan mutloq soliq imtiyozlaridan ozod qilishdan tashqari, imtiyoz muddati tugagach qisman imtiyozlar berishni joriy etish;

  • Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka investitsiyalarni jalb etishda davlat kafolatlarini oshirish, investitsion g’oyalar tanlovlarini o’tkazish;

  • Moliya bozorini, xususan, qimmatli qog’ozlar ikkilamchi bozorini rivojlantirish;

  • Mamlakat miqiyosida investitsion portfelni shakklantirish borasidagi aholining savodxonligini oshirish;

  • Ushbu mavzuni o’qitishda elektron taqdimot va muammoli ta’lim metodlaridan kengroq foydalanish.



Download 7,41 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish