Ko’chkilarning halokatli xususiyatga ega ekanligini inobatga olib 1958 yilda O’zbekistonda
ularni maxsus kuzatadigan muhandis - geologik Davlat xizmati tashkil etilgan.
Yonbag’irlar maxsus temir-beton sinchlar yordamida yoki sun’iy o’rmonlashtirish ishlari
bilan mustahkamlanadi. Har bir tadbirda tabiatdagi manbalarning buzilishiga olib kelmaslik
yo’llari
e’tiborga olinishi shart. Bu borada AQSh, Yaponiya, Hindiston, Kanada va bir qancha
mamlakatlar
tajribasidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Hozirgi vaqtda Davlat kuzatuv xizmati Vatanimiz hududi bo’yicha 7 hududiy kuzatuv
stantsiyasiga, 21 postlarga ega. Ularning kuzatuv maydonlarida 8 mingdan ortiq xo’jalik
ob’ekti,
144 sog’lomlashtirish kompleksi, 170 avtoyo’l maydoni, 20 dan ortiq tog’ - kon sanoati va
gidrotexnik inshootlari mavjud.
Aholi va hududlarni toshqin, sellardan muhofaza qilishning birinchi talabi daryo, soy
o’zanlari atrofini mustahkamlashdan iborat. Har bir aholi yashaydigan joylarda ma’lum
xavfsizlik
choralarini, aholini o’z vaqtida ogohlantirish, yashash sharoitida tahdid soluvchi har qanday
tabiiy
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
ofat to’g’risida tushuntirish ishlari bilan bir qatorda tabiiy ofatlarning sababi, tarqalishi
to’g’risida
ma’lumot berib, sodir bo’lgan taqdirda qanday harakatlar olib borish to’g’risida tushuntirish
ishlarini olib borish maqsadga muvofiqdir.
Sel xavfi bor joylardagi aholi o’n daqiqa mobaynida, ko’pi bilan 1-2 soat ichida
ogohlantirilishi kerak. Sel va boshqa joylarda ehtimoli yuqori bo’lgan xavflar to’g’risidagi
ma’lumotga aholining hamma tabaqasi ega bo’lishi shart. Xususan, sel xavfi bo’lishiga
me’yoridan
ortiq jala quyishi yoki mavsumga xos bo’lmagan haroratning birdan ko’tarilishi sababchi
bo’ladi.
Sodir bo’lgan sel to’g’risida, aholi yashash joylariga yaqinlashishidan quyidagi ko’rsatkichlar
dalolat beradi. Daryo va soy suvlarining oshib ketishi, ularning yuqori qismida barcha
shovqinlarni
qamrab oluvchi kuchli gumburlash, oqimdagi yirik toshlarni bir-biriga urilishi natijasida
vahimali
larza paydo bo’ladi.
Sel oqimlariga oldindan tayyorlanishning samarali usullaridan biri aholining barcha
tabaqalari bilan agrotexnik, gidrotexnik obodonlashtirish majmuasiga kiruvchi bir qancha
tashkiliy -
xo’jalik tadbirlarini amalga oshirishdan iboratdir. Bundan tashqari sel xavfi bor joylardagi
daryo
o’zanlari, suv omborlari, kanallar qirg’oqlarini mustahkamlash zarur, bunday inshootlar
bo’lmagan
joylarda sel oqimi tuzoqlari, oqimni aholiga zarari tegmaydigan joylarga yo’naltiruvchi
tarmoqlarni
qurish lozim.
Odatda sel oqimlarining davriyligi 3 - 5 soat davom etadi. Sel xavfi bor joylarda bo’lgan
tumanlarda yirik masshtabdagi, ayniqsa kichik xo’jaliklarda 1:5000 va 1:10000 masshtabdagi
xaritalar bo’lishi kerak. Topografik xaritalar orqali sel oqimlariga qarshi kurashish, oldini
olish,
bashoratlash va ular oqibatlarini bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqish va aholini
xamma
tabaqalari o’rtasida targ’ibot ishlarini yo’lga qo’yish zarur.
Toshqin xavfi bor joylarda har qanday qurilish inshootlari barpo etishga chek qo’yish kerak.
Toshqinning hosil bo’lish xususiyatiga ko’ra ehtiyot choralari-ya’ni oziq - ovqat, ichimlik suvi,
kiyim - kechak va boshqa maishiy - xo’jalik zaxiralariga ega bo’lish, ularni suv bosmaydigan
joylarda saqlash, shaxsiy xujjatlar, zarur mol- mulk bilan evakuatsiya qilishga tayyor bo’lishi
zarur.
Toshqin juda katta tezlik bilan avj olayotgan bo’lsa, zudlik bilan yaqin atrofdagi tepalikka
qarab yurish, bino sharoitida bo’lsangiz yuqori qavatlarga ko’tarilish, tomlarga chiqib olish
tadbirlarini amalga oshirish lozim. Ammo, barcha ehtiyot choralariga qaramasdan mobodo, suv
ichida qolsangiz, eng muhimi sarosima va vahimaga berilmasdan xotirjamlik bilan ustki va oyoq
173
kiyimlarni yechish, suv oqimi bo’ylab birorta balandroq yoki mustahkam asosga ega bo’lgan
predmetni tanlash, suv bilan birga harakat qilayotgan buyumlardan o’zingizni ehtiyot qilish
choralarini ko’rishingiz lozim.
Zaruratga ko’ra uylarni, xonalarni tark etayotganingizda suv, gaz, elektr tarmoqlarini xavfsiz
holatga keltirishni, yerto’lalarda oziq -ovqat zaxirasi mavjud bo’lgan taqdirda, ularni quruq
bo’lgan
joylarga, suv bosib zarar etkazmaydigan joylarga olib qo’ygan ma’qul.
Nazorat uchun savollar.
1. Tabiiy sabablar tufayli vujudga keladigan ofatlar turlarini aytib bering.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
2. Respublikamizda uchrab turadigan xavfli halokat va jarayonlari deganda nimani tushunasiz?
3. Zilzila deganda nimani tushunasiz va u qanday ko’rinishda paydo bo’ladi?
4. Respublikamizda va boshqa mamlakatlarda sodir bo’lgan zilzila oqibalari to’g’risida nimani
bilasiz?
5. Zilzilani kuchi qanday aniqlanadi?
6. Rixter shkalasi nima va undan nima maqsadlarda foydalaniladi?
7. Yer ko’chish nima va qayerlarda sodir bo’ladi?
8. Sel nima va qanday vujudga keladi?
9. Toshqin qachon va qaysi kuchlar negizida sodir bo’ladi?
10. Tuproq yemirilish nima, uning oqibatlari va uni oldini olish chora tadbirlari deganda nimani
tushunasiz?
11. Tabiiy ofatlardan kishilar, moddiy boyliklar va atrof muhitni muhofazasi deganda nimani
tushunasiz?
174
Do'stlaringiz bilan baham: |