II tur-tashkiliy - bu borada aholi va hududlarni- tashkilotlarni ogohlantirish tadbirlari, qolaversa, favqulodda vaziyat sodir bo’lganda ularni oqibatlarini bartaraf etish bo’yicha tadbirlar rejasini tuzishdir. III tur-muhandislik-texnik ish rejalari - ishlab chiqarish jarayonlarida yong’in va portlashlar bo’lishi ehtimoli (xavfi) bor tashkilotlarda xavfli texnologiyalar o’rniga boshqa xavf tug’dirmaydigan texnologiyalarni ishlab chiqishga tadbiq qilishdir. O’zbekiston Respublikasining «Fuqaro muhofazasi to’g’risida»gi qonuniga asosan «Favqulodda vaziyatlarda ularni oldini olish va harakat qilish davlat tizimi» faoliyatini rejalashtirishga Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkiliy - uslubiy rahbarlik qiladi, hamda u O’zbekiston Respublikasi fuqaro muhofazasining rejasi loyihasini ishlab chiqadi. Fuqaro muhofazasi tadbirlari hududlarning iqtisodiy, tabiiy va boshqa tavsiflarini, xususiyatlarini hamda favqulodda vaziyat sodir bo’lish xavfi qanchalik realligini hisobga olib, oldindan rejalashtiriladi va amalga oshiriladi, hamda mumkin qadar maksimal darajada muhofaza qilish maqsadida hamma fuqaro muhofazasi rejalariga bir xil talablar qo’yiladi. Fuqaro muhofazasi rejasini tuzish jarayoni shartli ravishda to’rt bosqichga bo’linadi: • birinchi bosqichda ijrochilar tarkibi, ularning tayyorlik darajasi aniqlanadi, bor ma’lumotlar va hujjatlar o’rganiladi, materiallar umumlashtiriladi, kalendar reja ishlab chiqiladi; • ikkinchi bosqichda reja ishlab chiqiladi va uning hujjatlari tuziladi; • uchinchi bosqichda hamma tadbirlar bir -biriga moslashtiriladi va yuqori tashkilot bilan kelishib olinadi, zaruriyat bo’lsa, reja tuzatib to’g’rilanadi va tasdiqlanadi; 155 • to’rtinchi bosqichda hamma rejalashtirilgan tadbirlar, reja tasdiqlangandan keyin, tegishli ijrochilarga etkaziladi. Tinchlik davrida favqulodda vaziyatni oldini olish va ularni tugatish hatti - harakatlarining rejasi ikki bo’lim(matn qismi) va to’rt ilovadan (loyiha qismi) iborat bo’ladi. Birinchi bo’limda yirik ishlab chiqarish halokatlari va tabiiy ofatlar ro’y berganda viloyat hududidagi bo’lishi mumkin bo’lgan sharoitga qisqacha baho beriladi. Rejaning ikkinchi bo’limida esa yirik ishlab chiqarish halokatlari va tabiiy ofatlar sodir bo’lish xavfi tug’ilganda va sodir bo’lgandagi olib boriladigan tadbirlar rejalashtiriladi. Rejaning ilova qismida: 1. Fuqaro muhofazasi boshlig’ining favqulodda vaziyatni tugatish qarori (viloyat xaritasi va shaharlarning rejasi); 2. FVDT hududiy kichik tizimining ob’ektlarda halokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfi tug’ilganda va ular sodir bo’lganda o’tkaziladigan asosiy tadbirlarini kalendar rejasi; 3. FVDT hududiy kichik tizimining ob’ektlarda halokatlar, halokatlar va tabiiy ofatlar xavfi tug’ilganda va ular sodir bo’lganda o’tkaziladigan tadbirlarini bajarishga jalb qilinadigan kuch va vositalarining hisobi ( har bir tadbir xaqidagi umumiy ma’lumotlar); 4. Ishlab chiqarish halokatlari va tabiiy ofatlar xavfi tug’ilganda boshqaruv, xabarlash va aloqani tashkil qilish (sxemasi) beriladi. Rejalarga har yili 1 yanvardagi holatga muvofiq yilning birinchi choragi davomida tuzatishlar kiritiladi. FV yuzaga kelgan taqdirda rejaga darhol aniqliklar va tuzatishlar kiritilishi kerak. Reja ikki nusxada tuzilib, nusxalardan biri ob’ektning boshqarish punktida, ikkinchisi esa yuqori tashkilotda saqlanadi. Nazorat uchun savollar. 1. Favqulodda vaziyatlarda aholini muhofaza qilishning PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
huquqlari qaysi ho’jjat asosida kafolatlanadi? 2. Gidrotexnika inshootlarini himoyasi qonuni nimaga asoslangan ? 3. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi qachon va nima maqsaddda tuzilgan? 4. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi nima? 5. Favqulodda vaziyatlar davlat tizimining ish rejimi qanday turlarga ega va kimlar tomonidan belgilanadi ? 6. Favqulodda holatlarda xavfsizlikni ta’minlash printsiplari deganda nimani tushunasiz? 7. Respublikamizda favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida xizmat turlari nimalar? 8. Favqulodda vaziyatlar tizimida monitoring xizmati vazifalari nimadan iborat? 9. Aholini favqulodda vaziyatlar ta’siridan himoyalanishdagi asosiy usullarni aytib bering. 10. Fuqaro Muhofazasi inshootlari deganda nimani tushunasiz? 11. Pana joylar nima va ularni tasnifini aytib bering. 12. Aholini bo’lib joylashtirish nima va qaysi holatlarda amalga oshiriladi? 13. Aholini evakuatsiyasi nima va qaysi holatlarda amalga oshiriladi? 14. Shaxsiy himoya vositalari nima va uning turlari hamda ishlatish vaqti. 15. Favqulodda vaziyatlarni sodir bo’lishini oldini olish maqsadida rejalashtirish tadbirlari nimadan iborat? 16. Favqulodda vaziyatlarni sodir bo’lishini oldini olish maqsadida rejalashtirish bosqichlari nimadan iborat? 156