4.7 Issiqxonalarda ishlaganda xavfsizlik talablari
Issiqxonalar, asosan qishloq xo’jaligi mahsulotlari, meva va boshqa o’simliklarni
belgilangan iqlim sharoitida etishtirish uchun mo’ljallangan usti yopiq bino bo’lib SM va Q
2.10.04.85ga talablariga asosian quriladi.
Issiqxonalarda belgilangan talabdagi issiqlik, yorug’lik, havo almashtirish va namlikni
taminlash turli texnik qurilma va uskunalar yordamida amalga oshiriladi. Belgilangan
miqdordagi
issiqlikni ta’minlash uchun (qishda 15…24
o
S) quvurli, kaloroiferli va ba’zan aralash isitish
tizimdan foydalanadilar. Binoda havoni almashtirish tabiiy va ba’zan mexanik ventilyatsiya
yordamida amalga oshiriladi.
Issiqxonalarda ishlab chiqarish jarayonida asosan (75%ga yaqin)xotin qizlar band bo’lib,
ularni sog’lig’ini saqlash asosiy vazifalardan biridir. Ma’lumki, issiqxonalardagi ish sharoiti,
yuqori
haroratliligi va namliligi hamda havoni zaharliligi ochiq havodagi ish sharoitiga nisbatan
zararli va
og’irdir. Masalan qishda isitish davrida harorat 15-24
o
C, nisbiy namlik 56-100% da va yozda
harorat 35-50
o
S va nisbiy namlik 80-100% atrofida o’zgarib, havoning harakati 0,05-0,5m/s
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
atrofida bo’ladi. Vaholanki
ГОСТ
12.1.005-88 ga asosan harorat 18-25
o
S, nisbiy namlik 55-
75%
atrofida va havoning harakati 01…06 m/s atrofida bo’lishi kerak.
Issiqxonalarda qishloq xo’jaligi mahsulotlari va boshqa turdagi o’simliklarni etishtirish
texnologiyasi turli o’g’itlar, o’simliklarni zararsizlantiruvchi moddalar va pestitsidlardan
foydalanishni taqozo etadi. Ayniqsa issiqxonalarda turli zararkunandalar va kasalliklar bilan
kurashda 6-7 oy davomida har 7-10 kunda pestitsidlardan, organik o’g’itlardan hamda biologik
yonilg’ilardan foydalnish natijasida, ularni ma’lum vaqtdan keyin bug’lanib havo tarkibini
buzilishiga, ba’zi bir kasb kassaliklarini kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Ayniqsa issiqxonalarda
ammiak, azot oksidi va fosfor angidrid kabi gazlar ko’payib havo tarkibida
ГОСТ
12.1.007.76
asosida ruxsat etilgan me’yoriy kontsentrantlar miqdori bir necha marotaba oshib o’simliklarni,
xizmat ko’rsatuvchilarni zaharlanishiga olib keladi.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan noqulay mehnat sharoiti xizmatchilarni tez-tez shamollash,
bronxit va angina, radikulit va polinevralgiya, nafas olish a’zolari va terini allergik kabi
kassalanishlariga olib keladi. Ushbu noqulay mehnat sharoitlarini yaxshilash va xizmatchilarni
xavfsizligini ta’minlash quyidagi usullarda ta’minlanishi mumkin:
• issiqxona ishlarida mexanizatsiya va avtomatizatsiya jarayonidan keng foydalanish;
• issiqxona binolarini ichini quyoshli va issiq kunlarda me’yoridan ortiq qizib ketmaslik
uchun ustki qismini qorong’ilashgan pardalarda yopish, shamollatish va havoni namlovchi
qurilmalar o’rnatish;
• binolarni isitishda ochiq gazdan foydalishni cheklash va quvurli hamda kaloroiferli isitish
tizimdan foydalanish;
54
• ish kuni davomida qisqa dam olish hamda samarali mehnat tartibini tashkillashtirish;
Agar ovqatlanish rejimiga doimiy ravishda rioya qilinsa kishi organizmining zararli
kimyoviy moddalarga qarshilik ko’rsatishi ortadi. Tarkibida krahmal va jelatin bo’lgan ovqatlar
zaharli kimyoviy moddalarning kasal uyg’otuvchi ta’sirini kamaytiradi, natijada ular
organizmga
kam singadi.
Mishyak preparatlari bilan ishlaganda sut, qatiq, pishloq, asal, qand, o’simlik moyi, suli va
grechka bo’tqalari, sabzavot, meva va ko’katlar iste’mol qilish kerak, shuningdek
С
va V
vitaminlarini qabul qilish zarur. Qovurilgan go’sht va baliq, go’sht va baliq sho’rvasi, yog’ va
shovul iste’mol qilmaslik kerak.
Xlorli organik preparatlar bilan ishlaganda mol yog’i iste’mol qilish tavsiya etilmaydi,
chunki ular organizmning zaharlanishiga yordam beradi.
Geksoxloran bilan ishlaganda ovqatda oqsil moddalari, (go’sht va tvorog) hamda S vitamini
ko’proq bo’lishi lozim.
Fosfor aralashmalari bilan ishlaydigan kishilar tvorog, pishloq, qatiq, qand, grechka
bo’tqasi, sabzavotlar, mevalar, oshko’k hamda S vitaminini iste’mol qilishlari zarur, yog’li,
kuchli
hamda achchiq taomlarni iste’mol qilmaslik kerak.
Tarkibida ftor bo’lgan zaharli kimyoviy moddalar bilan ishlaganda sut mahsulotlari,
grechka bo’tqasi, sabzavot hamda A vitaminiga boy mahsulotlar iste’mol qilish kerak. Ishdan
so’ng
qo’l va yuzni yaxshilab yuvish va simobli dorilar bilan ishlagandan so’ng kaliy
permanganatning
0,5% li eritmasi bilan og’izni chayqash kerak. Maxsus xonada ovqatlanish kerak, u yerga
maxsus
jomakor bilan kirish mumkin emas.
OST 46.3.1.168-84 talablariga asosan, barcha issiqxona xo’jaliklarida pestitsid va mineral
o’gitlarni saqlash, ishchi eritma tayyorlash va ishlov berish uchun ishlatiladigan uskuna va
asboblarni saqlash kimyoviy himoya binosi bo’lishi shart.
PDF created with pdfFactory Pro trial version
www.pdffactory.com
Issiqxonalarda sanitariya va gigiyenik holatlarni ta’minlash maqsadida, SM va Q 2.09.04-
87 talablariga asosan dam olish xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, korjoma va shaxsiy himoya
vositalarini zararsizlantiruvchi xonalar bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
O’simliklarga kimyoviy ishlov berishda, xizmat ko’rsatuvchilar maxsus yo’riqnomadan
o’tgan va ShHV lar bilan ta’minlangan bo’lishlari shart. Ishlov berishda xizmatchilar o’zaro 10
m
dan yaqin masofada bo’lmasliklari lozim. Kimyoviy dorilar bilan ishlov berilgan bino eshigi
qulflanib, eshikda maxsus ogohlantiruvchi yozuv yozilgan jadval osib qo’yiladi.
Issiqxona rahbarlari tuproq, havo va chiqindilar tarkibidagi pestitsid, mineral o’g’itlar va
aralashmalari miqdori haqida doimiy nazoratni olib borish uchun mas’uldirlar. Issiqxonada
etishtirilgan mahsulot iste’molga chiqarishdan oldin, ular tarkibidagi pestitsid va nitratlar
tekshirilib
ruxsat berilgandan keyin amalaga oshirish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |