Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


Olabug‟alar oilasi – Percidae



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   414
Bog'liq
Туплам

Olabug‟alar oilasi – Percidae 
22 
Oq sla 
Stizostedion lucioperca
laqqalar oilasi - Siluridae 
23 
Oddiy laqqa 
Silurus glanis
Ilonboshlar oilasi – Channidae 
24 
Ilonbosh balig‘i 
Canna argus
Gambuziyalar oilasi - Poecilidae 
25 
Oddiy gambuziya 
Gambusia affinis
 
Ҳозирги вақтда ушбу тур балиқлар сув омборининг асосий ихтиофаунасини ташкил этади. 
Шулардан 
Abramis brama, Carassius auratus gibelio, Cyprinus carpio, Ctenopharyngodon idella, 
Hypophthalmichthys molitrix, Stizostedion lucioperca, Silurus glanis, Canna argus 
каби ов 
аҳамиятига эга балиқлар ҳисобланади. 
Barbus capito, Barbus brachycephalus kessler, 
Capoetobrama kuschakewitschi, Chalcalburnus chalcoides aralensis, Cobitis aurata aralensis
каби 
турлар сув омборда кам сонли турлар сифатида қайд этилди. 
Хулоса. 
Жанубий Сурхон сув омборининг ихтиологик фаунаси ўрганлиганда 6 оилага 
мансуб 25 тур балиқ учраши аниқланди. Шулардан доминант турлар сифатида 
Abramis brama, 
Carassius auratus gibelio, Gambusia affinis, Stizostedion lucioperca, Alburnoides bipunctatus, 
Hemiculter leucisculus Scardinius erythrophthalmus
қайд этилиб, сув омборнинг барча 
ҳудудларида тарқалганлиги аниқланди.


45 
Сув омбордаги табиий озуқа заҳиралари (гидробионтлар)нинг кўплиги улар билан 
озиқланадиган балиқларнинг ҳам тез ўсиб, кўпайишига ва ареалларининг кенгайишига олиб 
келмоқда. Натижада балиқ турларининг янги-янги популяциялари шаклланмоқда. 
 
 
BUXORO BUG`USI- “XONGUL”NI TARQALISHI VA MUHOFAZA QILISH
CHORA-TADBIRLARI 
 
Ataqulova M.N. 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
 
Bizga ma`limki, muhim aloqa jamiyat hamda jonli va jonsiz tabiatning o`zaro munosabati 
hisoblanadi. Jamiyat tabiatga ta`sir etib qolmasdan, balki tabiat ham jamiyatga ta`sir etadi. Ba`zan 
kuchli darajada jamiyat taraqqiyotini sekinlashtirishi mumkin. Insoniyatning taqdiri butun uning 
qo`lidadir. Tabiat hodisalarining o`zaro aloqasi va o`zaro tobeyligi to`grisidagi ta`limot atrof-muhitni 
muhofaza qilishning ilmiy asosi hisoblanadi. Inson o`z hayot faoliyatida tabiat va uning elementlariga 
ta`sir qilib kelmoqda. Insonning salbiy harakatlari natijasida yer yuzidan ko`plab flora va fauna 
vakillari yo`qolib ketdi. Shunday hayvonlardan 1700 yilgacha 33 tur, 19-20 asrga kelib 36 tur, keying 
1950 yillarga kelib 40 tur hayvon yo`qolib ketgan. Gavayi orollarida uchraydigan 1061tur endimik 
molyuskalarning 600 turi, Shimoliy Amerikada uchraydigan molyuskalarning 40-50% yuqolib ketish 
arafasida, Germaniya hududida keying 50 yil ichida kunduzgi kapalaklarning 27% yo`qolib ketgan, 
so`ngi 20 yil ichida Monarx tyuleni, Osiyo gepardi, Turon yo`lbarsi, qizil bo`ri va baliqlarning ko`p 
turi yo`qolib ketdi[2].
O‗zbekiston Fanlar Akademiyasining Zoologiya instituti va O‗zbekiston Zoologiya jamiyatining 
harakatlari bilan yurtimiz faunasining shu kundagi ahvoli yaxshilandi va ko‗pgina hayvonlar turlarini 
maqomini baholashga imkon beruvchi juda boy ma‘lumotlar to‗plangan. 
Hozirgi kunda ana shunday kamayib ketayotgan turlardan biri Buxoro bug`usi ―Xongul‖dir. 
Buxoro bug`usi o`tmishda Sirdaryo va Amudaryo havzalarining barcha to`qayzorlarida keng tarqalgan. 
Uning podalari 3-20 va undan ham ko`proq donadan iborat bo`ladi. Yozda tunlari, qishda esa kunduzi 
ham faol. Sentyabr-oktyabrda juftlashadi; may-iyunda bolalaydi (1, ba‘zida - 2); bolalari bir yilcha 
onasidan ajramaydi, 2-3 yoshida jinsiy voyaga etadi. Daraxt, buta va o`rtasimon o`simliklar bilan 
oziqlanadi [1]. 
Hozirgi vaqtda yo`q bo`lib ketayotgan, lokal tarqalgan kenja tur. TMXI qіzil ro`yxatiga kiritilgan 
hozirda aborigen populyasiyalari va introduksiya va reintroduksiya yo`li bilan yuzaga kelgan sun‘iy 
guruhlari mavjud. Birinchilariga Amudaryo vodiysining yo`qori (Surxondaryo vil.) va o`rta (Buxoro 
vil., Qizilіum qo`rіqxonasi) oqіmi (Samarqand viloyati., Zarafshon qo`riqxonasi) da yashovchi 
populyasiyalari kirishi mumkin. Ikkinchilariga Bodayto`qay va Zarafshon qo`riqxonalari 
populyasiyalari, hamda Zarafshon daryosining yuqorisida O`zbekiston va tojikiston chegarasidagi 
guruhlar. O`zbekistondan tashqarida Tojikiston, Turkmaniston, Tojikiston va Afg`onistonda tarqalgan. 
Asosan hududning Qayir to`qayzorlari va yondosh qumli cho`llarida, to`g` daryolari vodiylari bo`ylab 
tarqalganligi qayd etilgan. Hozirgi vaqtda 2008-2009 yillarda ґo`yxatda hisoblash ma‘lumotlariga 
ko`ra populyasiyalar va guruhlar soni: Surxondaryoda 45-50, Amudaryo oqimida o`rtacha 110-120, 
Qoraqolpog`istonda - 450 dan ortiq, Zarafshon daryosi vodiysida taxminan 100-110 donani tashkil 
etadi [1]. 
Shu o‗rinda ta‘kidlash lozimki, qo‗riqxonalar, baliq pitomniklari, hovuz va boshqa madaniy 
baliqchilik xo‗jaliklari bundan holi hisoblanadi. Hayvonot dunyosini muhofaza qilish deganda, har bir 
fuqaro yoki fuqaroligi bo‗lmagan shaxslar hamda chet el fuqarolarining hayvonot dunyosi ob‘ektlarini 
asrash va "Qizil kitob"ga kiritilgan yovvoyi hayvonlarning kamyob yoki yo‗qolib ketish xavfi ostida 
bo‗lgan turlarini o‗zining onglilik darajasiga ko‗ra uni kelajak avlodga yetkazishni burch deb bilishi va 
himoya etishidir[3]. 
Hozirgi vaqtda bir qancha muhofaza choralari ko`rilmoqda. Xususan 1997 yil Qizilqum 
qo‗riqxоnаsidаn 2 tа buxоrо bug‗ulаri tutib оlinib, Zаrаfshоn qo‗riqxоnаsigа ko‗chirildi. Bu ish 
muvаffаqiyatli аmаlgа оshirildi vа hоzirgi kundа bug‗ulаr sоni yuzdan оshgan. 


46 
O‗zbеkistоn Rеspublikаsidа o‗simlik vа hаyvоnоt оlаmini muhоfаzа qilishgа аlоhidа e‘tibоr 
qаrаtilgаn. Rеspublikаmiz 1997 yildаn ―Yovvоyi fаunа vа flоrаning qirilib bitish xаvfigа tushgаn 
turlаri bo‗yichа Xаlqаrо sаvdо hаqidа Kоnvеnsiya‖ (SITЕS)ning а‘zоsi. Ungа ko‗rа kаmyob o‗simlik 
vа hаyvоn turlаri chеt ellаrgа rеspublikа Vаzirlаr Mаhkаmаsining mаxsus ruxsаti bilаn sоtilаdi. 
Hayvonot olamini muhofaza qilish maqsadida, aytilgаnlаrdаn tаshqаri оmmаviy аxbоrоt 
vоsitаlаri yordаmidа оvchilаrdа ekоlоgik mаdаniyatni tаrbiyalаsh, ulаrgа hаyvоnоt dunyosini 
muhоfаzа qilish vа undаn fоydаlаnish to‗g‗risidа rеspublikа Qоnuni to‗g‗risidа tushunchаlаr bеrib 
bоrish, bеlgilаngаn jоylаrdа аnshlаg yozuvlаri vа pаnnоlаr o‗rnаtilishi hаm hаyvоnоt dunyosining 
muhоfаzаsidа mа‘lum аhаmiyat kаsb etаdi. 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish