Примечание.
Представлены средние значения из 3 экспериментов + среднее
квадратичное отклонение.
Литература
1.
ГОСТ-12038-66
и
ГОСТ-12040-66.
Семена
и
посадочный
материал
сельскохозяйственных культур. М. Из-во стандартов. 1977.
2. Карасенко В.А., Заяц Е.М., Баран А.Н., Корко В.С. Электротехнология. – М.: Колос,
1992. - 304 с.
TUPROQ TARKIBIDAGI BIOMIKROELEMENTLARNING
O„SIMLIKLARGA TA‟SIRI
Turdaliyev A.T., Asqarov K.A
1
., Turdaliyeva X.T
2
.
Farg‘ona davlat universiteti
1,
Namangan viloyati Mingbuloq tumani 32-o‗rta maktab o‗qituvchisi
2
Bizga ma‘lumki, tuproqda, tirik oganizmda, suvda, atmosferada, o‗simlikda, aniqrog‗i g‗o‗za,
beda, makkajo‗xori, bug‗doy kabi almashlab ekish tizimida ko‗p ekiladigan ekin turlarida ham
D.I.Mendeleyev davriy sistemasidagi ko‗pchilik kimyoviy elementlar mavjud. Ularni kimyoviy
tarkibini o‗rganish, geokimyoviy nuqtai nazardan tadqiq qilish hozirgi kunning muhim masalalaridan
biridir.
Ko‗pchilik olimlar tomonidan elementlarni tasniflashda ularning yer po‗stidagi va tuproqdagi
eng muhim xossa va xususiyatlarini e‘tiborga olish zarurligi ta‘kidlab o‗tilgan. Bunda ularning
migratsiyalanish qobiliyati, minerallarni hosil qilishi, radioaktivligi kabi kattaliklarni e‘tiborga olishni
nazarda tutilgan.
Litosfera va tuproqdagi, o‗simliklardagi miqdorlari va fiziologik rollari, tuproq unumdorligini
oshirishdagi va hosildorlikni yaxshilashdagi tutgan o‗rinlariga qarab B, Cu, Zn, Mn, Mo, Cr kabi
elementlarni biomikroelementlar deb nomlash qabul qilingan. Bu elementlarni alohida ajratilishiga
sabab, sug‗oriladigan dehqonchilik tizimida boshqa elementlarga nisbatan ularni qator xossa va
xususiyatlari nisbatan yaxshiroq o‗rganilgan. Lekin biogeokimyoviy nuqtai nazardan yetarli
o‗rganilmagan.
Mikroelementlarni miqdori, xususan, harakatchan miqdorlari bilan qishloq xo‗jaligi ekinlarini
hosildorligi o‗rtasidagi bog‗lanishlar mavjudligi ko‗pchilik olimlar tomonidan aniqlangan.
Tuproqda ushbu mikroelementlarni yetishmovchiligi avvalo, qishloq xo‗jaligi o‗simliklarining
hosildorligini kamaytiradi. Tuproqlardagi mikroelementlar miqdori eng avvalo, ularning ona
jinslaridagi miqdori va madaniylashganlik darajasi, tuproq tipi, tipchasi va boshqalarga bog‗liq bo‗ladi.
Cu, Zn, Mn, B, Mo kabi elementlardan samarali foydalanish yo‗llaridan biri ularni tuproq
tarkibidagi yalpi va harakatchan miqdorlarini hamda migratsiya zanjirini o‗rganish hisoblanadi.
Ushbu maqsadda tadqiqot materiallari ma‘lumotlaridan foydalanildi, ya‘ni sug‗oriladigan arzikli,
shoxli qatlamga ega bo‗lgan o‗tloqi saz tuproqlarning biomikroelement tarkibi quyidagi 1-jadvalda
313
berilgan.
1-jadval.
Sug‗oriladigan o‗tloqi saz tuproqlarda biomikroelementlar miqdori, mg/kg
Kesma t/r
Chuqurligi,
sm
Yalpi
Zn
Mo
2
A
0-22
22-32
32-55
55-80
80-140
140-200
30,0
30,3
8,05
24,9
48,9
56,4
2,9
2,6
1
7,2
8,5
26,2
Tuproq klarki
G‗o‗zada
50
22
2
1,29
Keltirilgan ma‘lumotlarga ko‗ra, Zn va Mo larning yalpi miqdorlarining tuproqdagi tarqalish
qonuniyatlarida va miqdorlarida farq bo‗lib, bu farq haydov va haydov osti qatlamlarida, hamda
arzikli, sho‗xli qatlamlarida, ona jinsi bilan boshqa qatlamlar orasida ko‗rinadi, ya‘ni shularga muvofiq
ravishda differensiatsiyalanadi (1-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |