Фойдаланилган адабиѐтлар:
1.
Пересыпкин В.Ф. Болезни сельскохозяйственных культур - Т 1. Болезни зерновых и
зернобобовых культур,
К.: Урожай, 1989. —216 с.
2.
Умарова Г.М. Ғалла ўсимликлари вирусларини ажратиш, тозалаш ва уларни
иммунодиагностикаси. Биол. фан. ном. дис... автореф. – Тошкент: ЎзРФА Микробиология
институти, 2009. -22 б.
3.
Сулаймонов Б.А., Болтаев Б.С., Комилов Ш.Г. Қишлоқ хўжалиги экинларини
зараркунандалари, касалликлари ва уларга қарши кураш чоралари. Қўлланма. Тошкент: 2013, -
16 b.
4.
Qurbonov X. Sug‘oriladigan yerlarda bug‘doyning zang kasalligiga chidamli va hosildor nav
namunalarini tanlash, Samarqand, 2015, mag. diss. -76 b.
5.
www.rupest.ru
6.
www.agrocounsel.ru
SHEROBOD TUMANI CHUCHUK SUV QORINOYOQLI MOLLYUSKALARI
Abdulazizova Sh.K., Mamarajabova M.T.
Termiz davlat universiteti
Chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalari tadqiqot uchun murakkab bir guruh hisoblanib,
individlar sonining ko‘pligi, ekosistemalardagi muhim o‘rni, zoogeografiya muammolari, chuchuk suv
faunasi tarixini, gidrobiologiya masalalarini va bir qator bioekologik xususiyatlarini o‘rganuvchi
hamda ekologik monitoring, bioindikatsiya kabi amaliy masalalarni hal qilishda tadqiqotchilarning
e‘tiborini o‘ziga jalb etib kelmoqda.
Z.I.Izzatullayev va Ya.I.Starobogatovlar tomonidan O‘rta Osiyoda chuchuk suv
mollyuskalarining 163 turi yashashi aniqlangan bo‘lib, biroq Sherobod tumaning tekislik va tog‘li
hududlarida uchrovchi chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalarining taksonomik holatlari va ekologik
xususiyatlari to‘g‘risidagi ma‘lumotlarning kamligi hamda amaliy jihatdan olimlar tomonidan chuqur
tadqiq etilmaganligi ushbu hududning chuchuk suv qorinoyoqli mollyuskalarini har tomonlama
o‘rganish dolzarbligini va ushbu tadqiqotning maqsad va vazifalarini belgilab beradi.
Barcha qorinoyoqli mollyuskalar namsevar hayvonlar bo‘lgani sababli, populyatsiya zichligi va
tarqalish maydoni nafaqat mavsumiy yog‘inlar miqdoriga, balki balandlik mintaqalari, suv tiplari,
tuproq tiplari va o‘simlik qoplamiga ham bog‘liq bo‘ladi. Shu sababli biz tadqiqot olib borilgan
hududning qorinoyoqli mollyuskalarini o‘rganishda biotoplarga va suv tiplariga alohida e‘tibor berdik.
Mollyuskalarni yig‘ishda asosan I.I.Lixarev, A.Y.Viktor usulidan foydalanildi.
Sherobod tumanining turli suv havzalaridan terilgan qorinoyoqli mollyuskalarining turlar
tarkibi quyidagicha:
Do'stlaringiz bilan baham: |