Фойдаланилган адабиѐтлар
1.
Балабас Г.М., Буйко Р.А., Грашенков А.Е. Интродукция лекарственных,
ароматическых и техническых растений. М.:Л. Наука, 1965. С. 152.
2.
Raunkier C. On biologiske typer, med Hensyn til planternes Tilpasning til at overleve
ugustige. Aarstider // Bot.Tidsskrift. – London, 1905. – P. 26.
QASHQADARYO SHAROITIDA YUKKA (
YUCCA FILAMENTOSIA
) NING
INTRODUKSIYASIGA DOIR
Sharopova M.A, Abdullayeva M.F., Yo‗ldosheva J.X.
Qarshi davlat universiteti
Yucca turkumi vakillarining tabiiy–geografik areali Shimoliy Amerikaning Janubi-Sharqiy
qismida, ayrim turlari esa, bu joyning quruq va issiq, keskin kontinental Janubi-G‗arbiy qismida
tarqalgan. Yukkani tabiiy areali iqlim sharotini to‗la qonli yoritishimizga sabab, bu yerni iqlim
sharoitlari bilan to‗g‗ri, batafsil tanishmasdan turib, dunyoning juda ko‗p yerlarida sovuqqa, issiqqa va
qurg‗oqchilikka eng chidamli manzarali o‗simlik sifatida o‗stiriladigan yukka (
Yucca
) turlarini
bioekologik xususiyatlarini o‗rganish qiyin. Yukka (
Yucca
) turkumi vakillari o‗ziga xos tuzilishiga
ko‗ra ancha ilgaridan manzarali o‗simlik sifatida dunyoning juda ko‗p mamlakatlarida
ko‗kalamzorlashtirishda keng qо‗llanilgan, ayrim turlari yuqori sifatli tola beruvchi o‗simlik sifatida
xalq xo‗jaligida juda ahamiyatlidir.
Turkumi vakillarini O‗rta – Osiyodagi dastlabki introduksiyasi 1920-yillarga taqaladi. Bu vaqtda
yakka – yakka ekzemplyarlari Toshkent, Samarqand, Namangan shaharlarida o‗stirilgan. 1930-yillarda
Toshkent Botanika bog‗ida Yukka turkumi vakillarining kolleksiyalari to‗plana boshlangan. Bu yerda
Namangandan keltirilgan ildiz qalamchalari orqali, Vashingtondan keltirilgan urug‗larini ekish orqali
ko‗p miqdordagi ko‗chatlar yetishtirila boshlangan. Toshkent Botanika bog‗ida tola beruvchi yukka
1936-yildan Leningrad botanika bog‗idan keltirilgan urug‗larini o‗stirish orqali o‗rganila boshlangan.
Shu bilan birga bu turni Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi aholi tomorqalaridagi qalamchalaridan
ko‗paytirishishlari boshlangan. Vakillarining dastlabki introduksiyasi muvaffaqiyatli amalga oshirila
boshlagach, 1940-yillardan Amerikadan yurtimizda uchramaydigan turlari keltirilgan, ularni ekish
orqali barglarining cheti oqish rangli bo‗lgani sababdan - Oqish bargli yukka deb nomlangan
Yucca.
pollida Mckelvey
. ko‗chatlari yetishtirila boshlagan. Qayd etish lozimki, yurtimizda Yukka (
Yucca
)
turkumi vakillari asosan Kavkazdan, Nikit Botanika bog‗idan keltirilgan va ko‗paytirilgan. Sochi
dendriysidagi qattiq bargli yukka –
Yucca rigida Trellast.
va
Yucca gloriosa Linn
. Ildiz qalamchalari
orqali keltirib ekilgan. Dastlab yukka turlarining ikkitasi –
Y. filamentosa L. V tipica
va
Y . filamentosa
L.
v bracteata Engelm
forma (xili) ustida ishlar olib borilgan. Keyinchalik Nikit Botanika bog‗idan
Y.
filamentosa L. V conca Baker
qalamchalari keltirilgan. Olib borilgan tadqiqotlar natijasida bir-biridan
161
barglarining o‗lchami, tuzilishi, gullarining rangi, ko‗rinishi, to‗pgulining tuzilishi, shakl-shamoyili,
umumiy tupning ko‗rinishi va shu kabi belgilari bilan farqlanadiган ajoyib xillari yaratilgan.
Qarshi sharoitida o‗stiriladigan yukkalar asosan vegetativ usulda, ildiz qalamchalari orqali
ko‗paytirilgan. Shunga ko‗ra Qarshi sharoitida o‗stiriladigan mavjud yukka turlarini adabiy
ma‘lumotlarga tayangan holda o‗zaro tafovutlar asosida ajratildi. Qarshi sharoitida yukka turlaridan -
tola beruvchi yukka (
Yucca filamentosa L
.), keng bargli yukka (
Yucca flaccida haw
), ajoyib yukka
(
Yucca gloriosa L
.), ingichka bargli yoki oqish yukka (
Yucca pallida
) kabi turlari manzarali o‗simlik
sifatida o‗stirilishi aniqlandi. Tadqiqotlar o‗rganilayotgangan yukka turlari tabiiy holda mutlaqo
boshqa iqlim ko‗rsatkichlariga ega hududlarda o‗ssa-da, Qarshi sharoitining issiq va quruq iqlimli,
keskin kontinental sharoitida ularning to‗liq moslashganligi va yaxshi o‗sayotganligi isbotlandi. Qarshi
sharoitida manzarali o‗simlik sifatida o‗stiriladigan bu turlar o‗zining manzarali xususiyatidan
tashqari, dunyoning ayrim joylarida ularning barglari yuqori sifatli, chidamli, yengil va ishlov berish
oson bo‗lgan tola beruvchi xo‗jalik ahamiyati katta bo‗lgan o‗simlik sifatida yirik – yirik
plantatsiyalarda o‗stiriladi. Uning tolasidan yuqori sifatli, chidamli matolar ishlab chiqariladi. Xuddi
shu tola berish xususiyatiga ko‗ra nomlangan tola beruvchi yukka (
Yucca filamentosa L
.) O‗zbekiston
sharoitida introduksiya qilingan va o‗stiriladigan yukka turlari orasida alohida ahamiyatga ega va
joylarda, aholi punktlarida manzarali tur sifatida ko‗plab o‗stiriladi.
Yuqorida sanalgan formalar o‗zaro bir – biridan morfologik tashqi ko‗rinishi va gаbitusi,
barglarining o‗lchami, ko‗rinishi, to‗pgulining tuzilishi, yuqori qismida to‗pgul hosil qiladigan gul
poyasi, gulbandining uzun - qisqaligi, gullarining och-yashil, sarg‗ish, oq rangda bo‗lishi kabi
belgilari, rangi bilan farq qiladi. Qarshi shahri sharoitida tez-tez takrorlanib turadigan qishki iliqlik va
bahordagi kechki sovuq, keskin kontinental iqlim xususiyatlari ayrim o‗simliklarni iqlimlashtirishda
jiddiy to‗siq bo‗ladi. Ayniqsa, suv yetishmasligi, haroratning minimumdan past yoki maksimumdan
yuqorii bo‘lishi, xar xil tuzlarning to‘planishi natijasida tuproq eritmasi kontsentratsiyasining kuchli
bo‘lishi, patogen mikroorganizmlarning ko‘payishi, zararli gazlar va radiatsiyaning me‗yordan ortib
ketishi kabilar o‘simliklarning hayotiy jarayonlariga salbiy ta‗sir etmay qolmaydi. Qarshi sharoitida
o‗stiriladigan yukka turlarini qishki sovuqqa o‗ta chidamli tur sifatida ular dastlabki o‗stiriladigan
paytidanoq, sovuqdan zaralanmasligi uchun maxsus to‗siqlar, qoplamalar bilan himoya qilish shart
emas. Ular qishki sovuqda to‗laligicha ochiq havoda, zararlanmasdan o‗tkaza oladi. Tadqiqot olib
borilgan yillari Qarshi sharoitida 2007-2008 yillarda chorak asrning eng sovuq qishi siftida tan
olingan, sovuq harorat - 27
0
С haroratda ham bu o‗simliklar deyarli sovuqdan zararlanmadi. Faqat,
ayrim yosh tuplarning barglarining uchki qismini yengil sovuq zararlab, qovjirab qolganligi, katta
yoshli o‗simliklar esa betolofat o‗tkazgani kuzatildi. Yukka turlarining aynan sovuqqa, issiqqa va
qurg‗oqchilikka o‗ta chidamliligi Qarshi shahrining ekstremal sharoitiga muvaffaqiyatli introduksiya
qilishga sabab bo‗lgan deb aytish mumkin.
Yukka turlarini bahorda ayrim vaqtda yozda ko‗paytirish mumkin. Bu o‗simlik g‗ovak tuproqda
yaxshi o‗sadi. Yukkani ko‗chirib o‗tqazish uchun tup ekiladigan joyda keramzit, maydalangan g‗isht
bo‗laklari va tuproq aralashmasi teng miqdorda solinadi. Agar torf aralashtirilgan tuproqdan
foydalansak u pН 6.0-6.5 neytrallangan bo‗lishi kerak, tuproqqa ko‗proq yirik donador qum qo‗shgan
ma‘qul.
Shunday qilib, Qarshi sharoitida tola beruvchi yukka (
Yucca filamentosa L
.), keng bargli yukka
(
Yucca flaccida haw
), ajoyib yukka (
Yucca gloriosa L
.), ingichka bargli yoki oqish yukka (
Yucca
pallida
) kabi turlari manzarali o‗simlik sifatida o‗stiriladi. Ushbu turlar Qarshi sharoitining iqlim
sharoitiga to‗liq moslashgan.Tabiiy holda nisbatan yog‗ingarchilik kam bo‗lgan sharoitda o‗suvchi yukka
turkumi vakillari introduksiya sharoitida ham qurg‗oqchilik va sovuqqa ancha bardoshli ekanligi
aniqlandi. Qarshi sharoitida generativ davrga erta 3-4 yoshidanoq kirishi, gullash jaryoni aksari hollarda
aprel – may oyida, yalpi gullashi esa iyun oyidan to kech kuzgacha, ba‘zan qish faslining o‗rtalarigacha
borishi kuzatildi. Kseromorflik xususiyati yuqoriligi, tashqi ekologik omillar ta‘siriga chidamli ekanligi,
introduksiya sharoitida ekologik omillarga munosabatiga ko‗ra kseromezofit, termofil, mezotrof va
geliofit o‗simliklar ekani aniqlandi. O‗ta chidamlili xususiyati Qarshi shahrining ekstremal sharoitiga
muvaffaqiyatli introduksiya qilishga sabab bo‗lgan deb aytish mumkin va bu xususiyati uning hudud
uchun istiqbolli ekanligidan dalolat beradi.
Xulosa qilib shuni ta‘kidlash mumkinki, tabiiy holda nisbatan yog‗ingarchilik kam bo‗lgan
sharoitda o‗suvchi yukka turkumi vakillari Qarshi sharoitida tashqi muhit ekologik omillariga, edafik
162
omillarga, tuproq yetishmovchiligiga, qurg‗oqchilik, va sovuqqa ancha bardoshli ekanligi sababli
Qarshi
sharoitida
istiqbolli
ekanligidan
dalolat
beradi.
Bu
xususiyati
esa
ulardan
kо‗kalamzorlashtirishda keng foydalanish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |