Hayvonot dunyosining zamonaviy sistemasi


ORGANIK OLAMDA BIOXILMA-XILLIKNI KAMAYISHI VА UNING ОLDINI ОLISH



Download 7,33 Mb.
Pdf ko'rish
bet147/414
Sana16.12.2022
Hajmi7,33 Mb.
#888196
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   414
Bog'liq
Туплам

ORGANIK OLAMDA BIOXILMA-XILLIKNI KAMAYISHI VА UNING ОLDINI ОLISH 
MASALALARI 
G.D.Shamsidinova 
Navoiy davlat pedagogika instituti 
 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev BMT Bosh Assambleyasining 72 
sessiyasida, dunyoning eng baland minbaridan turib bergan bayonotida, xalqaro ahamiyatga ega 
bo‘lgan eng muhim masalalar qatorida, Markaziy Osiyoda ekologik xavfsizlik va barqarorlikni 
ta‘minlash muammolari to‘g‘risida so‘z yuritib, mintaqadagi mavjud cheklangan suv resurslarini 
birgalikda barqaror boshqarish, hududning organik olamidagi bioekologik o‘zgarishlar natijasida 
tabiatdagi biologik turlar xilma-xilligining kamayib ketayotganligi, mazkur jarayonlar orqali 
dunyodagi tabiiy muvozanatning izdan chiqishi mumkinligi, aholining turmush darajasi pasayishi, 
zaruriy, tabiiy resurslardan oqilona foydalanilmaganda dunyo hamjamiyatida kuchli bioekologik 
inqirozlar kelib chiqishi muqarrarligi to‘g‘risidagi qimmatli fikrlarni bayon qildilar. O‘zbekiston 
respublikasi hududidagi mavjud tabiiy resurslar, ulardan foydalanish holatining muqobil tashkil 
etilganligi, fan va texnologik jarayonlarning yuksak darajada rivojlanligi, zamonaviy ishlab 
chiqarishning tashkil etilganligi bilan Markaziy Osiyodagi davlatlar ichida alohida o‘rinda turadi. 
Organik olamning asosini o‘simliklar va hayvonot olami tashkil qilib, undagi ekologik 
muammolar tabiatdagi
 
biologik xilma-xillikning
 
o‘zgarish jarayonlariga olib keladi. O'simliklar 
jamiyat uchun kiyim bosh, ichimliklar, boshpana, chorva mollari uchun asosiy ozuqa manbai, 
tibbiyotda dori-darmon, qurilish va boshqa sohalarda asosiy xom ashyo resursi hisoblanadi.
O'simliklar dunyosi Yerdagi hayotning birlamchi manbai sifatida, ular yiliga 380 mlrd.tonna 
organik modda hosil qiladi. Yashil o'simliklar ishtirokida fotosintez jarayoni ro'y berib, yerdagi 


153 
hayotning manbai bo‘lgan kislorodni yetkazib beradi. Fotosintez orqali Yer sharidagi suv 5,8 mln. 
yilda, atmosferadagi kislorod 5800 yilda, karbonat angidrid esa har 7 yilda bir marta yangilanib turadi. 
O'simlklar qayta tiklash mumkin bo'lgan tabiiy resurs hisoblanib, Yer shari geografik qobig'ida 
muhim rol o'ynaydi. Yer sharidagi 300 ming o'simlik turidan faqat 6000 turini inson kundalik hayotida 
foydalansa, shuning 1500 turi esa dorivor o'simliklarga to'g'ri keladi. 
O'zbekistonda dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, eng muhimlari shalfey, etmak, ermon, 
itjumrut, gazanda, suvqalampir, qoqi o't, momaqaymoq, na'matak, itburun, bangidevona, rovach, 
yantoq, zira va boshqalar. Shuningdek hududda yovvoyi holda o'suvchi, foydali o'simliklardan: pista, 
bodom, do'lana, olcha, yong'oq, shashir, tog'asiz,qamish kabilar ko'plab o'sadi. O'rmonlarni rejasiz, 
tartibsiz kesilishi tabiatdagi muvozanatni buzilishiga sabab bo'lib, insonnig xo'jalik faoliyatida: tuproq 
eroziyasi tezlashishi, daryo va ko'llarning rejimi o'zgarishi, suvning kamayishi, suv toshqinlari, 
sellarning kelishi kabi salbiy oqibatlarni vujudga keltiradi. 
1948 yilda BMT qoshidagi Tabiatni muhofaza qilish bo'yicha ishlarini boshqaruvchi organ – 
Tabiatni muhofaza qilish Xalqaro ittifoqi tuzilib, 100 dan ortiq mamlakatlarning 450 jamoat 
tashkilotlari birlashtirildi. Noyob va kamayib borayotgan hamda yo'qolish xavfi ostida turgan barcha 
turlarni o'rganiuvchi doimiy komissiya tuzilib, ular yillar mobaynida nodir va kamayib borayotgan 
hamda yo'qolish xavfi ostida turgan barcha turlar haqida material to'plab, maxsus ―Qizil kitob‖da 
mazkur turlarning hozirgi foydalanish joyi, soni, biologik xususiyatlari, dunyo hayvonot bog'laridagi 
miqdori va har xil mamlakatlarda himoya qilish uchun qabul qilingan chora-tadbirlar haqida 
ma'lumotlar keltiriladi. 
O'zbekiston respublikasining turli mintaqalarida 650 dan ortiq umurtqali hayvonlari, shu 
jumladan, 79 dan ortiq qushlar, 99 ta sutemizuvchilar turlari va tur vakillari uchraydi. Faqat Sirdaryo 
va Amudaryo vohasida joylashgan suv omborlari va ko'llarda baliqlarning 60 turi, ambfibiyalarning 3 
turi uchraydi. Respublikamizda sudralib yuruvchilarning 57,sut emizuvchilarning 91,qushlarning 
410dan ko‘p turlari uchraydi. 
Hayvonlar biologik resurslarning ajralmas bir qismi bo'lib, tabiatda moddalar va energiya 
almashinuvida muhim rol o'ynaydi. Hayvonlar o'simliklar bilan uzviy aloqada bo'lib, geografik 
qobiqda kimyoviy elementlarning migratsiyasida qatnashadi. Hayvonlar o'simliklar tomonidan, quyosh 
nuri ta'sirida hosil qilgan organik moddalar va bir-birlari bilan oziqlanib, biologik hamda tabiatda 
moddalarning almashinuvida ishtirok etadi. Yirik mavjudotlarning bir-biri bo'lgan ozuqa aloqasi – bu 
energiyaning bir organizmdan ikkinchi organizmga o'tkazuvchi mexanizmdir.Yer sharida yashil 
o'simliklar quyosh energiyasining faqat 1%nigina o'zlashtirib, yiliga 150-200 mlrd. t organik modda 
hosil qiladi. O'simliklar quyoshdan olayotgan olayotgan energiyasini 50% ini nafas olish jarayonida 
o'zlashtirib, organik modda sifatida organizmda to'playdi. Bu to'plangan organik modda o'txo'r va bir-
biri bilan ovqatlanuvchi hayvonlarning oziqlanishi orqali bir-biriga o'tadi.
O'zbekiston hayvonot olamining turlari ko'p va ular rang-barangdir. Respublika hududida 650 
dan ortiq umurtqali hayvon turlari mavjud bo'lib, shundan: 79 ta baliq, 3 ta amfibiya, 57 sudralib 
yuruvchilar, 410 turdan ziyod qushlar va 99 turga mansub sut emizuvchilar yashaydi. Hayvonlarni 
muhofaza qilish, tabiatdagi muvozanatini saqlab qolish, turi va miqdori kamayib ketayotgan 
hayvonlarni qayta ko'paytirish uchun qo'yidagi chora-tadbirlarni amalga oshirish lozim. 
Hayvonlar yashaydigan joylarning ekologik sharoitini yaxshilash, ovchilik va baliq ovlashni 
tartiga solish.
Qo'riqxona va zakazniklarni tashkil etish, ularni tabiiy ofatlardan saqlash; 
Qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida yerlar muhofazasiga qaratilgan tadbirlarni to‘g‘ri tashkil 
etilishi;
Hayvonlarni akklimatizasiya va reakklimatizasiya qilish va hokozolar.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari 
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining ―Ta‘lim va fan sohasini rivojlantirish‖ yo‘nalishining birinchi 
bandida bayon qilinganidek, insonnig kundalik hayotida o'simliklarning ahamiyati juda katta bo‘lib, 
o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida, yer yuzasida suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda 
nam saqlashga, atmosferaning quyi qismidagi havo oqimiga, shamolning kuchi va yo'nalishiga, 
hayvonlarning hayotiga ham ta'sir etadi. O'simliklar hududning mikroiqlimiga ta'sir etib, havosini 
tozalab, uni kislorod bilan boyitadi. 


154 

Download 7,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   414




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish