Hayvonlarning o’simliklarga o’xshashligi va ulardan farqi



Download 225,04 Kb.
bet10/135
Sana24.09.2021
Hajmi225,04 Kb.
#183923
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135
Bog'liq
7 sinf geografiya fanidan konspekt

Darsning usuli: Tushuntirish. savol- javob

Darsning jihozi: Geografiya faniga oid rasmlar, slaydlar va o’quv darsligi.
Darsning tashkiliy qismi:

1. O`quvchilar bilan salomlashish. 2. Navbatchilikni o`tkazish va davomatni aniqlash.

3.Siyosiy daqiqa o`tkazish. 4.O`tilgan mavzuni so`rash baholash.

Yangi darsni rejasi.
1. Xaritalardagi xatoliklar. 2.Хarita tuzish andozalari

Yangi darsning bayoni.

Xaritalardagi xatoliklar. Хarita tuzish andozalari. Globusda Yer yuzasi- quruqliklar, okeanlar, dengizlar, orollar sayyoramizda aslida qanday shaklda bo‘lsa, deyarli o‘shanday shaklda, lekin juda kichraytirib tasvirlanganda ko‘p narsalarni ko‘rsatish mumkin emas. Shu sababli Yer yuzini, undagi geografik obyektlarni tasvirlash uchun geografik xaritalardan foydalaniladi. Geografik xaritalar yer yuzidagi geografik obyektlarni tasvirlashning asosiy usuli hisoblanadi. Biroq geografik xaritalarda Yerning qabariq yuzasi tekis yuzada tasvirlangan. Buning oqibatida geografik xaritada Yer yuzining ayrim qismlarini chozib, ayrim qismlarini qisqartirib tasvirlashga to‘g‘ri keladi.Binobarin, globusda Yer yuzasidagi barcha geografik obyektlar- materiklar, orollar, daryolar, dengizlar, okeanlar bir xil nisbatda kichraytirilib tasvirlanadi. Masshtab ham globusdagi har bir chiziqda bir xil bo‘ladi. Geografik xaritalarda esa geografik obyektlar tasvirlanganda ularning maydonlari, shakllari va burchaklarini tasvirlashda xatog‘a yol qo‘yiladi. Xaritaning turli qismlaridagi mashstab, maydon, shakl va burchaklarda, albatta xatolik bo‘ladi. Shuning uchun globus va xaritalardagi geografik obyektlarning qiyofalari bir-biridan farq qiladi.Shu maqsadda turli xil andazalaridan foydalaniladi. Xarita andazalari, asosan, uch xil bo‘ladi:Teng burchakli andazalar. Bunday andazalarda tuzilgan xaritalardagi burchaklar globusdagi, ya’ni joydagi burchaklarga teng bo‘ladi. Teng burchakli andozalar asosida tuzilgan xaritalarda yo‘nalishlarni aniqlash qulay, biroq maydonlar va masofalarni tasvirlashda xatolarga yo‘l qo‘yiladi.Teng maydonli yoki teng hajmli nadzalardan foydalanilganda materiklar, davlatlar, dengizlar,orollar va boshqalarning maydonlari xatosiz tasvirlanadi. Lekin burchaklar, shakllarni tasvirlashda ancha xatoliklarga yo‘l qo‘yiladi. Teng maydonli xaritalardan geografik obyektlar maydonlari o‘lchanadi.Ixtiyoriy andazalar asosida tuzilgan xaritalarda burchaklar ham, maydonlar ham xatoliklar bilan tasvirlanadi, lekin xatolik kamroq bo‘ladi. Ixtiyoriy andazalar orasida teng masofali andazalar boshqalaridan ko‘ra ko‘proq ishlatiladi. Bunday xaritalarda uzunlik masshtabi bir meridian yoki bir paralleldagina saqlanadi. Qabariq Yer yuzasining meridianlar va parallellar to‘rini tekis yuzaga (qog‘ozga) tushirishda yordamchi geometrik sirtlardan, xususan, silindr, konus, tekislik va boshqalardan foydalaniladi.Xarita andazalari foydalanilagan yordamchi geometrik sirtlarning turiga qarab konussimon, silindrsimon, azimutli andazlarga bo‘linadi. Silindrsimon andazalarda tuzilgan xaritalarda meridianlar bilan parallellar bir-birlarini 90o li burchak ostida kesishadigan tog‘ri chiziqlardan iborat to‘r xosil qiladi. Bunday andazalar yordamida ko‘pincha Dunyo xaritalari tuziladi. Materiklar, ayrim davlatlar, asosan, konussimon andaza yordamida tasvirlanadi. O‘zbekiston xaritalari to‘g‘ri, teng tomonli konussimon andazadan foydalanib tuzilgan.



Download 225,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   135




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish