Hayrat ul-Abror (I- qism) Alisher Navoiy


Hayrat ul-Abror (I- qism)



Download 2,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/284
Sana07.11.2022
Hajmi2,19 Mb.
#861979
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284
Bog'liq
P1Sc2c25ncmcoy0YEGie3G62VmWZWcMg (1)

Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
113 
http://ziyonet.uz/ 
Moni’ oʻlub gʻayrati ogohliq,
Xizrgʻa ham qilgʻali hamrohliq.
Zulmat alar oʻtigʻa bir dudi oh,
Yoʻllarida Xizr bir axzar giyoh.
Koʻzlarida qatraki gʻalton boʻlub,
Xizrgʻa yuz chashmai hayvon boʻlub,
Gardlari koʻzga boʻlub toʻtiyo,
Amrlari misni qilib kimyo.
Charx bila anjumi bedodgar,
Qahrlari oʻtigʻa dudu sharar.
Mehr bila badri manozilnavard
Lutflari gulshanida ikki vard.
Aylasalar har son azmi shigarf
Yuzlarining qatrasi daryoyi jarf.
Qayda tavaqqufgʻa topib ittisof,
Zimnida har harf viqor ichra Qof.
Shaxslari zoviyai xok uza,
Sayrlari gulshani aflok uza.
Shar’ aqolimida ravshan tariq, Kim
xati mavxumdin oʻlmish daqiq.
Bu yoʻl oʻlub sayrda maydonlari,
Balki bu maydon aro javlonlari.
Toat etib har biri to joni bor,
Jon chekibon onchaki imkoni bor.
Harne qilib fahm nabiy sunnatin,
Qilgʻoch ado jongʻa qoʻyub minnatin.
Nechaki a’mol etibon pech-pech,
Hech kelib har biri ollinda hech.
Jid bila aylab koʻrubon sarsari,


Hayrat ul-Abror (I- qism) 
Alisher Navoiy 
114 
http://ziyonet.uz/ 
Ajz ila yuz uzr qoʻlub bir sari.
Neki qilib qasd aning amri-oʻq,
Uchmoq umidiyu tomugʻ biymi yoʻq.
Kimki xayoligʻa kelur mosivo,
Lofi muhabbat anga ermas ravo.
Eyki, bu gavhargʻa tilarsen makon,
Bilki aning koni erur tobakon.
XXIX 
Muqarrabi Boriy Xoja Abdulloh Ansoriy soʻzikim, nihoyati sulukdin sohibxabar erdi va 
oʻz suluki nihoyatidin xabar berdi 
Ulki ani qibla der ahli Hirot,
Dema, Hirot ahli, bari koinot.
Ahli ayon soliki atvori ul,
Ismda Abdullohi Ansori ul.
Dedi bukim, ish manga toat turur,
Tengrining amrigʻa itoat turur.
Doʻzax oʻti biymi ham ermas gʻaraz,
Ne buki jannat anga boʻlgʻay evaz.
Bim ila kim Haqni parastish qilur,
Nafs najotini tilab ish qilur.
Kim chekar ummid ila farsudaliq,
Qasdi erur ravzada osudaliq.
Haqdin aniyu muni maxjur bil,
Muzd uchun ikkisini muzdur bil.
Menki ishim boʻldi parastish mudom,
Biymu umid ikkisi boʻlmish harom.
Bandaliq amrigʻa chu ma’murmen,
Tun-kun ishim bu esa ma’zurmen.



Download 2,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   284




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish