Aziz o'quvchi


«Shohnoma”ning bosh g'oyasi va asosiy g'oyalari



Download 0,99 Mb.
bet53/61
Sana11.01.2017
Hajmi0,99 Mb.
#173
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61
«Shohnoma”ning bosh g'oyasi va asosiy g'oyalari.

Asarda shohlar hayotini yoritish bir bahona, xolos. Aslida, unda xalq hayoti, tarixi, tiynati (mentaliteti), orzu-maqsadlari, armon va o'kinchlari aks etgan. Bu yirik asarning bosh g'oyasi, asosiy g'oyalari va boshqa g'oyalari mavjud. Har bir qissa yo hikoyada, rivoyat yo voqea

tasvirida, kattadir-kichikdir, bir muayyan g'oya ilgari surilgan. Biroq shu bo'laklardan yig'ilib keladigan bir bosh g'oya ham bor. Ya'ni barcha qism va bo'laklar birgalikda amalda ana shu yetakchi

g’oyani yuzaga chiqarishga Xizmat qilgan. Bosh g'oya - vatanni ulug'lash, xalq qudrati va salohiyatini ko'z-ko’z qilish, elning yetuk farzandlari qadrini ko'tarish, shu tariqa o'quvchiga kuchli vatanparvarlik hissini singdirish. Ana shu bosh g'oya atrofida markazlashgan davlat qurish, insonparvarlik, mehnatsevarlik, tinchlikparvarlik, adolat, ezgulik, halollik, mardlikni sharaflab, qonli urushlarni qo'zg'ash, yovuzlik, kishilarga jabr-zulm o'tkazish, adolatsizlik, munofiqlikni qoralash g'oyalari ham ilgari suriladi. «Shohnoma»ning bir xususiyati shuki, u forsiyzabon xalqning islomdan oldingi davri hayotini qalamga oladi. Shuning uchun unda islomiy ruh yo'q darajada. Undagi voqea va timsollar talqinidan tasavvufiy ma'nolar qidirish ham kerak emas. Bu yirik epik asarning shundan kelib chiqadigan yana bir o'ziga xosligi bor. Firdavsiy arab bosqinidan qutulib, mustaqil davlat tuzgan xalqning o'sha islomdan, ya'ni asar yozilgan davrdan 250­-300 yillar oldingi zamon tarixi, voqea-hodisalari, afsona va rivoyatlarini qayta tiklaydi, shu tariqa amalda milliy ruhni uyg'otishni ko'zlaydi. Bu xuddi qariyb bir yarim asrlik mustamlaka zulmidan qutulib,

mustaqillikka erishganimizdan so'ng milliy ma'naviyatimizga qaytish, ulug' ajdodlarimiz nomini tiklash, qabrlarini obod etish, ular yaratgan boy merosni xalqqa qaytarish, ularni tadqiq etib, bugun uchun xizmat qildirish va hokazo shu kabi ezgu ishlar amalga oshirilganiga o'xshab ketadi. «Shohnoma» va o'zbek adabiyoti: tarjima va ta' sir. «Shohnoma», garchi forsiy tilda bitilgan bo'lsa ham, Eron va Turon xalqlari uchun mushtarak badiiy meros hisoblanadi. Birinchidan, unda ana shu ikki ko'hna zamin xalqi tarixiga oid voqea-hodisalar qalamga olingan. Ikkinchidan, mana, o'n bir asrdirki, u shu yurtlarda asliyatda o'qiladi. Uchinchidan, bu yirik milliy badiiy yodnoma yaratilgan davridan buyon o'zbek adabiyotini qiziqtirib keladi. Oradan bir asr ham o'tar-o'tmay turkiy tilda «Qutadg'u bilig» yaratilib, muallifning o'zi tomonidan eronliklar uni “Shohnomayi turkey” deyishi qayd etilgani ham shundan dalolat beradi. Bu asardan Qismlar XVIII asrda Shoh Hijron, Xomushiy, XIX asrda Nurmuhammad Buxoriy, Ochildimurod Miriy, XX asrdan Shoislom Shomuhamedov, Hamid G'ulom, Nazarmat, Jumaniyoz Jabborovlar tomonidan o'zbekchaga tariima qilindi. Keyingi tarjima uch jildda 1975, 1976, 1977-yillari chop etildi. Lekin hali asar to'lig'icha tilimizga o'girilmagan. Forsiy-turkiy dostonchilik, xususan, xamsanavislikni Firdavsiy ta'siridan xoli holda tasavvur qilish mumkin emas. Bu jihatdan ayniqsa, «Xamsa»ning Iskandar Maqduniy hayoti asosida bitiladigan beshinchi dostoni tamoman «Shohnoma» vazni va yo'nalishida ekani bilan ajralib turadi.


Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish