Havodagi harakatni boshqarish


Radio almashinuvining umumiy qoidalari



Download 3,28 Mb.
bet3/9
Sana18.09.2022
Hajmi3,28 Mb.
#849242
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
4-маъруза сиртқи

Radio almashinuvining umumiy qoidalari. Dispetcherlik punktlari bilan radio almashinuvi paytida radiotelefon aloqasi havo kemasi komandiri yoki uning topshirig'iga binoan ekipaj a'zolaridan biri bajaradi, er usti aloqa kanallari orqali - o'zaro faoliyatda bo'lgan HHXK punktlari dispetcherlari va parvozlarni ta'minlaydigan xizmatlar mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Parvoz operasiyalari, havo harakatini boshqarish va parvozlar xavfsizligini ta'minlash zarurligi haqidagi ma'lumotlar uzatilishi mumkin. Parvozlarni bajarish, ularni qo'llab-quvvatlash va havo harakatini boshqarish bilan bevosita bog'liq bo'lmagan er usti aloqa kanallari orqali radio aloqa o'tkazish yoki ma'lumot almashish taqiqlanadi.
Parvozlar xavfsizligini ta'minlash zarurati bilan bog'liq favqulodda vaziyatlarda yoki Uzraq-96 hujjatda ko'zda tutilmagan hollarda, radio almashinuvi belgilangan qoidalar va odatdagi standart frazeologiyadan chetga chiqqan holda olib borilishga ruxsat beriladi.
Ma'lumotni qabul qilish sifatini yaxshilash va nutqni buzish yoki noto'g'ri tushunishning oldini olish uchun quyidagilarga amal qidish lozim:

  1. uzatishni boshlashdan oldin, ishlatiladigan chastotadigi efirni tinglash va boshqa stantsiyaning uzatilishiga hech qanday to'siq yo'qligiga ishonch hosil qilish;

  2. mikrofondan foydalanish qoidalariga rioya qilish.

  3. odatiy suhbat ohangidan foydalanish, aniq va tushinarli gapirish;

  4. nutq tezligini bir daqiqada 100 so'zdan oshmaydigan darajada ushlab turish;

  5. agar xabarning ayrim qismlari oluvchi tomonidan yozib olinishi ma'lum bo'lsa, biroz sekinroq gapirish;

  6. ovoz balandligini doimiy bir darajada saqlash;

  7. raqamlardan oldin va keyin qisqa pauza tushunishni osonlashtiradi;

  8. pauzani to'ldirish uchun odatda ishlatiladigan "e...e" kabi tovushlardan qochishga harakat qilish;

  9. mikrofondan foydalanish tartibiga rioya qilish, xususan, agar doimiy holatli modulyator ishlatilmasa, uni har doim bir xil holatda ushlab turish;

  10. agar mikrofondan yuz o'girish kerak bo'lsa, ovozli xabarni uzatishni vaqtincha to'xtatish;

  11. gapirishni boshlashdan oldin, xabar tugashigacha uzatish tugmasini bosib turish, bu xabarning uzatilishini to'liq ta'minlaydi;

  12. uzoq xabarlarni uzatish vaqti-vaqti bilan uzilib turishi kerak, bu esa uzatuvchi operatorda ishlatilayotgan chastotaning band bo'lmaganligiga ishonch bo'lish uchun va agar kerak bo'lsa, uzatuvchi operatorga qabul qilinmagan xabar qismlarning takrorlanishini so'rashiga imkon beradi.

Havo kemalarning ekipajlari (er usti abonentlari) bilan radio almashinuvini o'tkazish navbati bo'yicha ustuvorlikni HHXK organi belgilaydi. Radiotelefon aloqasi borasida ustivorlik quyidagi xabarlar toifalari bo'yicha beriladi:

  1. favqulodda chaqiruvlar va xavotirli xabarlar;

  2. shoshilinch xabarlar, shu jumladan qidiruv-qutqaruv va tibbiy-sanitariya parvozlarni ta'minlash bilan bog'liq xabarlar;

  3. parvozlar xavfsizligi bilan bog'liq xabarlar (Aeronavigasiya bo'yicha tezkor ogohlantirishlar, Notamlar);

  4. havo kemasining joylashishini aniqlash haqidagi xabarlar bo'yicha so'rovlar;

  5. meteorologik xabarlar;

  6. HHXK va parvoz bajarilishi haqidagi xabarlar.

HHXK organiga parvoz paytida havo kemasi 200 m (660 fut) balandlikka etmagunga qadar, uni qo'nishga kirishida Bprmdan o'tganda va qo'nishidan so'ng yugurishida ekipaj bilan radio aloqa qilish tavsiya etilmaydi. Ayrim hollarda parvoz xavfsizligiga tegishli vaziyat yuz berganda aloqaga kirish mumkin.

Download 3,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish