Jadval 16
Yevropada qurilgan ayrim tematik parklarning qiymati
Parklar
|
Joylashgan o‘rni, ochilgan yili
|
Investitsiyalar sarfi, mln. AQSH doll.
|
Yevro Disneylend
|
Fransiya, 1992
|
3 150,0
|
Valibi Flevo
|
Niderlandiya, 1994
|
12,0
|
Port Aventura
|
Ispaniya, 1995
|
458,7
|
Varner Broz. Muvi Uorld
|
Germaniya, 1996
|
243,8
|
Legolend Vindzor
|
Buyukbritaniya 1996
|
130,0
|
Sega Uorld
|
Buyukbritaniya, 1996
|
68,8
|
Varner Broz. Muvi Uorld
|
Buyukbritaniya, 1996
|
344,0
|
Manba: А.Ю.Александрова. Международный туризм. М., 2004.
Bu sayr-tomosha muassasini turizm industriyasida «og‘ir» sektorga qo‘shilishi ham tasodifiy emas. Ayrim yirik zamonaviy attraksionlar ularning egalariga o‘n millionlab amerika dollariga tushadi. Misol uchun, nemis tematik parki «Fantazialand»da 1994 yilda ko‘rilgan «Galaktika» attraksioni 20,8 mln. Amerika dollari turadi, «Kolarado Edvenchur» parkidagi attraksion esa 17,6 mln. dollar. Ularning qiymati uncha katta bo‘lmagan tematik parklar xarajatlariga teng. Tematik parklar yuqori raqobatbardoshligiga oqilona narx siyosati yurgizish orqali erishiladi. Avalgi dam olish obyektlaridan farqli ravishda ularga yagona kirish bileti (chipta) joriy etilgan. Unga parkni tomosha qilish ovqatlanish, yashash, xohlagan tomoshasini ko‘rish qiymatlari qo‘shilgan.
«Disneylend» yangi tip biletlar – «Fleks Pasport» («Egiluvchan pasport») taklif etib, yana oldinroqqa qarab ketdi. U parkka keluvchilarga katta imkoniyatlar yaratdi. Uning egalari «Disneylend» da uzluksiz besh kun dam olishlari mumkin, yana rasmiy ochilishidan 1,5 soat oldin parkka bemalol kirish mumkin. Bundan tashqari, egiluvchan pasport bilan qo‘shimcha to‘lovlarsiz Janubiy Kaliforniya basseynlari va plyajlariga borishlari mumkin. Yaqinda Florida shtatining uch yirik tematik parklari «Si Uorld», «Yuniversal Styudios» va «Ueti Uayld» mijoz uchun kurashda o‘z kuchlarini birlashtirishda va umumiy ko‘p kunlik pekijlar joriy etishdi. Ular bir yo‘la bemalol uchala parkda ham besh kun bo‘lishga biletlar sotishadi. Boshqaruvchilarning fikrlaricha, ko‘p parklikka yagona bilet joriy etilishi tashrif buyuruvchilarga qulayligi bilan manzur bo‘layapti, ularning sayr-tomosha obyektlariga keluvchilar soni ko‘payapti.
Tematik parklar faqat xizmatlarga to‘lov tizimigagina, xizmatlar hajmini ham qayta ko‘rib chiqdilar. Narxning to‘g‘ri belgilanishi har qanday ishda muvaffaqiyat garovidir. U juda ham tushirib yuborilmasligi kerak. Aks holda AQSH dam olish sohasidagi an’anaviy parklarda bo‘lgan singari inqirozga olib keladi. Boshqa holat – narxni haddan tashqari oshirib yuborishdan ham ehtiyot bo‘lish lozim. Bunday vazitdan oldin korxonaga daromad kela boshlaydi, keyinchalik esa doimiy mijozlarni yo‘qotadi va inqirozga yuz tutadi.
Shu o‘rinda Parijning «Yevro Disneylend»i ko‘rsatkichlari yaxshi misol bo‘la oladi. 1993 yilda u ochilganda har yili zarar ko‘ra boshladi, 1994 yilda bu 1,8 mlrd. frankni tashkil qildi va «Yevro Disney» guruhini moliya - narx siyosatini o‘zgartirishga majbur etdi.
Birinchi navbatda ko‘rilgan chora-tadbirlardan biri kirish biletlari va park otellarida yashash narxlarini tushirish bo‘ldi. Natijada 1995 yilda «Yevro Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar soni 21 % ga ko‘paydi va rekord kattalikka – salkam 11 mln. kishiga yetdi. Mehmonxona bazasining yuklanishi 68,5 % gacha o‘sdi.Fransiya bo‘yicha bu sohadagi o‘rtacha ko‘rsatkichlardan o‘zib ketdi. Tashkil etilganidan buyon birinchi marta park (23,3 mln. Amerika dollari) daromad olishga erishdi.. Har bir tashrif buyuruvchi o‘rtacha xarajatlari 10 % ga qisqartirildi. «Yevro Disney» guruhlari prezidentining e’trof etishicha, park o‘z kelajagiga diqqat – e’tiborni qaratish uchun qulay imkoniyatga ega bo‘lib turibdi.
Tematik parklar daromadlari biletlar, (barcha tushumlarning asosiy statiyasining 70 % gacha), ovqatlanish, suvenir mahsulotlar va o‘yinchoqlar sotishdan hosil bo‘ladi. Parklarda katta miqdorda suvinerlar sotiladi va ular albatta park ramzlari bo‘ladi.
«Disneylend» ramzi baland minorali go‘zal ertaksimon qasr hisoblanadi. Bavariyadagi dunyoga mashhur Noyshvanteyn qayeri uning prototipi bo‘lib xizmat qiladi. Uning go‘zalligiga asir bo‘lgan U. Disney bu yodgorlikni sotib olib, bo‘laklab Amerikaga olib ketmoqchi edi. Ammo mahalliy hokimiyat bunga rozi bo‘lmadi. Kinorejissor esa orzusini amalga oshirish uchun o‘zining amerikacha Noyshvanshaynini o‘ylab topish va qurishga to‘g‘ri keldi. Ertaksimon qayer ko‘rinishidagi suvenirlardan tashqari, «Disneylend»ga tashrif buyurayotganlarga mashhur Disney qahramonlari bo‘lgan o‘yinchoq sichqoncha Mikki Mausa va boshqalar ham juda manzur bo‘layotir. Dunyoning hamma burchaklaridan tashrif buyurayotgan turistlar kamdan –kam hollarda ularni sotib olmasdan ketishadi.
Tematik parklarni bozorga dosh berishi va ulgurishi shunindek uni tashkil etishning har tomonlama xilma-xil loyihalari ishlab chiqilishi tufayli hamdir. Taklif qilinadigan xizmatlarning soddaligi, turistlarni qoniqtirishi, marketing, menejerlik izlanishlarning izchilligi, a’lo darajada xizmat ko‘rsatish, saranjom – sarishtalik, malakali xodimlarga e’tibor – bularning hammasi mijozlarni ko‘proq jalb etishga yordam bermoqda. U.Disneyning uning boshlovchilariga qarata aytgan quyidagi so‘zlari ham buni tasdiqlaydi: Nima qo‘lingizdan kelsa, hammasini odamlarga bering, ideal ozodlikni saqlang. Do‘stona munosabatda bo‘ling, bu joyni dunyodagi eng quvnoq maskanga aylantiring.
Birinichi tematik parklarning mashhurligini ta’minlangan yangi yo‘nalish (konsepsiya), ish shakllari va usullari keng yoyildi. Birinchi parklar boshlang‘ich tarmoqlari ko‘proq yoki qisman darajada AQShni qamrab oldi.
Hozirgi paytda faqat AQShning o‘zida 600 dan ko‘proq tematik parklarni sanash mumkin. AQShda «Mo‘jizalar mamlakati» poytaxti Florida bo‘lib qoldi. Bu shtatda na faqat Amerikadagi, balki butun dunyodagi eng yaxshi tematik parklar joylashgan: «Disney Uorld», «Yuniversal Styudios» shular jumlasidandir. Ular bir necha marta jahon turistik biznesi sohasida tegishli nominatsiyalar bo‘yicha nufuzli mukofatlarga sazovar bo‘lishgan.
Amerika tematik parklari dunyoda eng mashhurlari hisoblaanadi. Har yil 90 mln. dan ziyod tashrif qayd etilgan. Kanzas – Sitidagi (Missuri shtati) «Uorlds ov Fan» tematik parki Amerikaning barcha 50 shtati va dunyoning 65 davlatidan mehmonlarni qabul qiladi, «Uorld Disney» parkida esa har qanday xorijiy tildagi so‘zlarni eshitish mumkin. Yevropada ham eng yaqin hisob-kitoblarga ko‘ra, bir necha o‘nlab yirik tematik parklar qurilgan. Ko‘p sonli akvo parklar bu hisobga kirmaydi. Ulardan ko‘proq mashhurlari yiliga 2 mln.dan 10 mln. gacha tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Bu avvalo o‘sha eslatilgan «Yevro Disneylend», u o‘zining amerikalik birodarlari singari U Disney konserni tomonidan qurilgan va «Yevro Disneylend» kompaniyasi boshqaruviga berilgan.
Navbatdagi tematik parkni joylashtirish uchun Yevropaning tanlanishi bejiz emas. Potensial mijozlar bozori juda keng -350 mln. kishi AQSH aholisidan salkam 1,2 marta ko‘p. Qisqa sayohatlarga talab kattaligi, hududga keluvchi sayyohlar ko‘pligi, yevropaliklar o‘rtasida tematik parklarning mashhurligi – bularning hammasi ko‘hna qit’ada sayr – tomosha biznesiga katta ufqlar ochadi.
Yevropa «Disneylend»ini joylashtirishga Fransiyadan tashqari, Ispaniya va Buyukbritaniya ham da’vogarlik qiladi. Boshqa ikki mamlakatga qaraganda Buyukbritaniyani qit’adan geografik ajralgani, aytib bo‘lmas iqlim sharoiti omadini choptirmadi. Ispaniya qulay iqlimi yil davomida quyoshli kunlarining ko‘pligi bilan farq qiladi. U Yevropaning kontinental qismida joylashgan, ammo uzoqda. Bu tematik parkni bu yerda joylashtirishga to‘sqinlik qildi.
Fransiya esa bu nuqsonlardan xoli. Parkni mamalakatning qoq yuragi, Parijdan uncha uzoq bo‘lmagan, G‘arbiy Yevropada aholining yuqori darajada gavjum rayonida qurishga qaror qilindi. Yana boshqa afzalligi – bu joy Shimoliy va Janubiy Yevropa chegarasida edi. U yerdan ikki subregionni tutashtiruvchi muhim tranzit yo‘llar o‘tgandi. U. Disney kompaniyasi yana Fransiya poytaxti dunyo ahamiyatiga ega turistik markazlardan ekanligini ham hisobga oldi – har yili 20 mln. tashrif buyuruvchilarni qabul qiladi. Bundan tashqari Parij taraqqiy etgan infratuzilmaga ega, bu esa tematik parkni bir meyorda ishlashi uchun juda muhimdir.
U. Disney korporatsiyasi Yevropa «Disneylend»ining original g‘oyasini olg‘a surdi. Shunga o‘xshash nomdagi Amerika tematik parki singari bolalar ertaklaridagi sevimli qahramonlar harakatlanadigan joyga aylantirildi. Kompaniya «Oqqor va yetti alvasti» syujetlarini oddiygina qayta takrorlashdan voz kechdi. U organik ravishda sinovdan o‘tgan, ko‘p asrlik Yevropa madaniyatiga tayangan tematik park konsepsiyasiga asoslandi. Shu maqsadda yevropa ertaklari va adabiy asarlari («Mahluq va sohibjamol», «Suv parisi», V.Gyugoning «Bibimaryamning Parij sabori» va boshq.) tanlab olindi va ular asosida «Yevro Disneylend» - da hayotiy quvnoq, optimistik tomoshalar qo‘yila boshladi.
Tanqidga qaramasdan «Yevro Disneylend»ga tashrif buyuruvchilar oqimi ko‘paydi, Fransiyada tematik parklar tarmog‘i kengaymoqda. Eng mashhur Fransuz parklariga kino havaskorlari uchun Makko hisoblangan «Fyutyuroskop», «Valibi Frans», va «Asteriks» kabi bolalar multfilmlari ishlab chiqaruvchilar kiradi.
Ispaniya o‘zining «Port Aventura» tematik parki bilan faxrlanadi. Sakkiz yil davom etgan loyihalashtirishdan keyin u 1995 yilda yozgi turistik mavsumda ochildi. Park Yevropada kattaligi jihatdan «Yevro Disneylend»dan keyin ikkinchi o‘rinda turadi va O‘rta yer dengizi zonasidagi shunday turdagi yagona diqqatga sazovar joy hisoblanadi.
Park 115 gektar maydonni egallagan va 30 attraksion, 30 restoran va kafe – bar, 22 magazin va 260 avtobus, 6 ming yengil mashinani saqlovchi maydonga ega. «Port Aventura» xilma-xil sarguzashtlar olamida olingan taasurotlar, park infratuzilmasi ko‘lami haqida hikoya qilishga til ojizdir. Uning mehmonlari zamon va makonda besh tematik zonaga ko‘chib sayohat qiladilar. «O‘rta yer dengizi» bo‘limida tipik ispan qishlog‘i qayta tiklangan, xushbuy atirgullar va qaynoq hayot, ehtirosni ko‘zlovchi xalq raqslari, hunarmand ustalar taklif etgan ajoyib buyumlar kishini lol qilib qo‘yadi. «Polineziya» bo‘limida esa xushmanzara orolchalar diqqatni tortadi. ular ustida an’anaviy shinam turar joylar joylashgan. Ko‘priklar bilan tutashgan, tashrif buyuruvchi maori rasm-rusumini ado etgach, Marko Polo zamonidagi Xitoy imperiyasida paydo bo‘ladi. Buyuk Xitoy devori ortidagi milliy teatrlarda akrobotlar va gimnastikachilar, qo‘g‘irchoqlar va sehrgarlar tomosha ko‘rsatdilar. Chichen – Itsa piramidasi yonida esa boshqa qit’aga o‘tib ketiladi. Meksikada, mayya sivilizatsiyasi darida paydo bo‘lib qolinadi. Afsonaviy Yovvoyi G‘arb Penitens degan joychada, Amerikaning mustaqilligi yuz yilligi bayrami ko‘rinishida namoyish qilinadi. Qo‘rg‘oncha bayramona bezalgan, kioskalarda turli shirinliklar sotiladi. Shu yerda tir va hamma uchun sevimli bo‘lgan kamon otishmalari musabaqasini tomosha qilish mumkin.
O‘zining huquqiy maqomiga ko‘ra «Port Aventura» aksiyadorlik jamiyati hisoblanadi. Uning 40 % aksiyasi «Tussaude» guruhiga, 30 % «Kaiksa» ispan bankiga tegishli, 20 % aksiyani esa Amerikada yirik tematik parklar egasi «Anneuser Bush» firmasi sotib olgan. Qolgan 10 % aksiyani esa Ispaniyaning «Feksa» elektrotexnika kompaniyasi sotib olgan. Umumiy qiymatda loyihaga 50 mln. pest qo‘yilgan. Turistlar o‘rtasida shuningdek Germaniya, Daniya, Niderlandiya tematik parklari ham mashhur.
Tematik parklar sayyoramiz bo‘ylab o‘zlarining shohona yurishlarini Sharqiy va Janubiy Osiyo va Okeaniyada davom ettirdi. Jahon turizm bozoriga shiddat bilan kirib kelgan hududda parklar turistik industriyaning ajralmas qismi sifatida gurkirab rivojlanayapti.
Osiyoda eng mashhur «Hayolat mamlakati» Yaponiyada, Tokio yaqinida joylashgan. U olti zona: Butunjahon yarmarkasi, Romantika va sarguzashtlar mamlakati, Amerika Yovvoyi g‘arbiy, do‘stona alvastilar mamlakati, ertaklar va Disney qahramonlari, ertangi kun mamlakatlari yoki kosmik sarguzashtlardan iborat.
Tokio «Disneylendi», «Oriyentallayend» guruhi boshqaruvi tasarrufida. Yaqinda u Tokio fond birjasida 23 dan 25 mln. gacha aksiyasi, shu jumladan 15 dan 18 mln.gacha yangilari sotuvga qo‘yilganini ma’lum qildi. Shu yo‘l bilan kompaniya o‘z mablag‘ini ko‘paytirishni mo‘ljallayapti. Tushgan pul mablag‘i esa hozir ishlab turgan park qatorida ikkinchi Disney tematik parkni qurishga sarflanadi. Uni shu o‘n yillik oxirida – 2010 yilda ochish mo‘ljallangan.
Tematik parklar tarmog‘i jahonning boshqa mamlakatlari va regionlarida ham kengaymoqda. Shotlandiyada birinchi tematik park tashrif buyuruvchilarni qabul qilishni boshlamasdan, britaniyaning «Renk» firmasi Em-Si-Ey bilan hamkorlikda Yevropada navbatdagi attraksion parki loyihasini yaratish ustida ish olib bormoqda. «Lego» - bolalar o‘yinchoqlari ishlab chiqaruvchi guruh, har uch yilda «Hayolot mamlakati» ochishni mo‘ljallayapti. Bir vaqtning o‘zida yangi tipdagi tematik parklar paydo bo‘layapti, ularning tematikasi rang-barang tus olayapti.
AQShda, Virjiniya shtatida Fuqarolar urushi davrida eng qonli jang kechgan joylardan birida «Xeritidj Amerika» parki ochilgan. Florida shtatida 1998 yilda «Eniml Kindom» tematik parki birinchi tashrif byuuruvchilarni qabul qildi. Bu yerda Afrika ekzotik hayvonlari va ulkan baobab daraxtlari qad ko‘targan savanna tiklangan. Yaponiyada qumlik plyaji bor suv parki ishlab turibdi. Unda sun’iy ravishda to‘lqin mavjlari hosil qilinadi. Italiyada qadimgi Rim qiyofasidagi tematik park qurilmoqda. Bularning barchasi jahon turizm industriyasi va parkchilik ishlari yuksalib borayotganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |