Mustahkamlanish bosqichida mutloq ifodada kelishlar hajmi ko‘payishda davom etsada kelishlar o‘sish sur’atlari susayadi. Turistlar soni mahalliy aholi sonidan oshadi. Turizm bozori yetakchi transmilliy korporatsiyalar (TMK) ishtiroki bilan jozibali tus oladi. Mustahkamlanish bosqichini Ispaniya, Italiya, Fransiya, shuningdek Karib havzasi ko‘pchilik mashhur kurortlar boshdan kechirmoqda.
Stagnatsiya bosqichida avj kelishlar cho‘qqisidan o‘tiladi, destinatsiya oldingi jozibadorligini yo‘qotadi. U mazkur turistik markazga ixlos qo‘ygan tashrif buyuruvchilarning qayta kelishi evaziga yashab turadi. Destinatsiya oldida ekologik, ijtimoiy – iqtisodiy muammolar paydo bo‘ladi. Bunda Kosta-Brava (Ispaniya) kurorti tipik misol bo‘la oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |