Razvedka bosqichi – uncha katta bo‘lmagan daromad miqdori bilan xarakterlanadi. Turistlar oqimi belgilangan manzilga yetib borishda transport qiyinchiligi, unda turistik infratuzilmaning yo‘qligi oqibatida cheklangan. Destinatsiyaga odamlar gavjum dam oladigan joydan qochib, yolg‘iz xordiq chiqarishni istagan bitta – ikkita avantyur tipdagi sayyohlargina tashrif buyuradi. Ularni hali qo‘l urilmagan tabiat va diqqatga sazovar maishiy joylar jalb etadi. Bu bosqichda turizm tabiiy atrof-muhitga va madaniy muhitga sust ta’sir o‘tkazadi. Turistlar mahalliy aholining g‘ashini keltirmaydi, ular bilan yaxshi aloqaga kirishadi. Hozirgi vaqtda razvedka bosqichi Lotin Amerikasi bir qism mamlakatlari va Kanadaning arktik zonasi chegaralarida o‘tmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |