Hajmiy tahlil usullarining klassifikatsiyasi. - Hajmiy tahlil usullarining klassifikatsiyasi.
- Hajmiy (titrometrik) tahlilda turli xil kimyoviy reaksiyalar qo‘llaniladi. Reaksiya tipiga qarab hajmiy tahlil metodlari ham bir necha turga bo‘linadi:
- ionlarning o‘zaro ta’siriga asoslangan metodlar;
- oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarga asoslangan metodlar;
- kompleks hosil bo‘lishiga asoslangan metod.
- Birinchi gruppaga neytrallash va cho‘ktirish, ikkinchi gruppaga turli oksidlanish-qaytarilish, uchinchi gruppaga elektrolitlar eritmasidagi kompleks hosil bo‘lish reaksiyalari kiradi.
- Neytrallash usul neytrallash reaksiyalariga asoslangan. Ularni umumiy ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin:
- H+ + OH-↔ H2O
- Bu usul eritmalardagi kislota va ishqorlar consentratsiyalarini aniqlashda ko‘p qo‘llaniladi. Shuningdek, eritmadagi gidrolizlanuvchi tuzlar konsentratsiyasini aniqlashda ham neytrallash usulidan foydalanish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |