H. T. Avezov, sh sh. Xudoyberdiyev


KOLLOID SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA



Download 0,63 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/76
Sana04.10.2020
Hajmi0,63 Mb.
#49613
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76
Bog'liq
kolloid kimyo fanidan

KOLLOID SISTEMALARNING BARQARORLIGI VA 

KOAGULYATSIYASI 

Reja 


                             1. Kolloid sistemalarning barqarorligi. 

                             2. Agregativ barqarorlik.  

                             3. Liofob zollarning koagulyatsiyasi. 

                             4. DLFO nazariyasi. 

                             5. Liofil zollarning koagulyatsiyasi. 

 

Termodinamikaning  ikkinchi  qonuniga  muvofiq,  har  qanday  sistemadagi 



erkin  energiya  minimumga  intilish  kerak.  Kolloid  sistema  dispers  fazasining 

solishtirma  sirti  katta  bo’lganligi  sababli  sistema  erkin  sirt  energiyasi  ham  katta 

bo’ladi.  Shuning  uchun  kolloid  sistemalar  termodinamik  jihatdan  barqaror 

bo’lmaydi.  Kolloid  zarrachalar  bilan  suyuqlik  orasidagi  chegara  sirt 

kamayganidagina kolloid sistemada erkin sirt energiya minimumga erisha oladi. 

 

Liofob  kolloid  sistemalar  beqaror  bo’lib,  vaqt  o’tishi  bilan  ularning 



disperslik darajasi o’zgaradi,  ya’ni yiriklashadi. Buning sababi shundan iboratki, 


 

81 


dispers faza bilan dispersion muhit orasida kuchsiz o’zaro ta’sir mavjud. Disperslik 

darajaning  kamayishi  liofob  zollarda  ikki  yo’l  bilan  sodir  bo’lishi  mumkin. 

Birinchisi - qayta kristallanish natijasida mayda zarrachalarning yirik zarrachalarga 

birikishi, 

ikkinchisi-dispers 

faza 


zarrachalarining 

bir-biriga 

yopishib 

yiriklashuvidir. 

 

Kolloid  zarrachalarning  molekulyar  kuchlar  ta’sirida  o’zaro  birlashib 



yiriklasha  borish  protsessi  koagulyatsiya  deyiladi.  Yiriklashish  protsessi    ba’zi 

kolloidlarga  juda  tez,    ba’zilarida  esa  ancha    uzoq  vaqt  davomida  sodir  bo’ladi. 

Koagulyatsiyaga  uchragan  sistemada dispers  faza zarrachalari suyuqlik va qattiq 

jismning  solishtirma  massalariga  qarab  idish  tubiga  tushishi  (sedimentatsiya) 

mumkin. 

 

Dispers  fazasining  zarrachalari  og’irlik  kuchi  ta’sirida  sezilarli  darajada 



cho’kmaydigan dispers sistemalar  sedimentatsion barqaror sistemalar deyiladi. 

Dispers  sistemalarning barqarorligi ikki xil: agregativ va kinetik bo’ladi. 

 

Dispers sistemalarning agregativ barqarorligi dispers sistemaning o’ziga xos 



disperslik  darajasini  saqlash  xususiyatidir.  Dispers  sistemalarning  kinetik 

barqarorligi  dispers  faza  zarrachalarining  og’irlik    kuchi  ta’sirida    dispersion 

muhitdan ajramaslik qobiliyatini ko’rsatadi. 

 

Suspenziya  va  emulsiyalarda  zarrachalarning  o’lchamlari  ancha  katta 



bo’lganligidan ular  o’z-o’zicha qila olmaydi, ya’ni ularda diffuziya deyarli sodir 

bo’lmaydi.  Shuning  uchun  suspenziya  va  emulsiyalar  kinetik  jihatdan  barqaror 

emas. 

 

Chin eritmalarda erigan modda zarrachalari bilan erituvchi o’rtasida chegara 



sirt  hosil  bo’lmaydi.  Shuning  uchun  bu  sistemalar  gomogen  bo’ladi.  Ular  sifat 

jihatidan kolloid eritmalaridan ham, dag’al dispers sistemalardan ham farq qiladi. 

Chin  eritmalarda  zarrachalar  bir-biriga  qo’shilib  yiriklashmaydi,  bu  eritmalarda 

zarrachalar  o’z-o’zicha  harakat  ham  qiladi.  Demak,  chin  eritmalar  agregativ  va  

kinetik barqaror gomogen sistemalardir. 



 

82 


 

Yuqorida aytgandek, kolloid eritma  zarrachalarning bir-biri bilan qo’shilib, 

yiriklashish  hodisasi  koagulyatsiya  deyiladi.  Koagulyatsiyani  turli  vositalar 

yordamida yuzaga keltirish mumkin. 

 


Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   76




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish