Izoh: lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek imlosida alia (alia) komponentli so'zlarga qoida berilmagan, ularga munosabat ham bildirilmagan.
Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra бир оз (bir oz) ravishi komponentlari ajratib yoziladi. Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra biroz so'zining komponentlari qo'shib yoziladi (60- qoida).
Rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosida йилдан-йилга (yildan-yilga), купдан-куп (ko'pdan-ko'p) tipidagi birliklar juft so'zlar doirasida qaralgan, shu bois ulaming komponentlari orasida chiziqchaning (defisning) yozilishi qoidalashtirilgan (57- paragraf, 1- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosiga ko'ra birinchi qismi chiqish kelishigida, ikkinchi qismi jo'nalish kelishigida bo'lgan birikmalarning komponentlari, shuningdek, belgining ortiq darajasini bildiruvchi ko'pdan ko'p, tekindan rekin, yangidan yangi, ochiqdan ochiq, qizigandan qizigan kabilar ajratib (chiziqchasiz) yoziladi (64- qoida).
Rus grafikasi asosidagi o‘zbek yozuvi imlosida izofali so'zlar- ning — нун;таи назар (nuqtai nazar), ойнаи жауон (oynai jahon), дарди бедаво (dardi bedavo) kabilarning ajratib yozilishi nazarda tutilgan (58- paragraf, 7- qoida). Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosida bu qoidaga bitta o'zgarish kiritilgan: endilikda (yangi yozuvda) izofa undosh bilan tugagan so'zlarga «i» shaklida (masalan, dardi bedavo kabi), unli bilan tugagan so'zlarga esa «yi» shaklida (masalan, nuqtayi nazar kabi) qo'shiladi (65- qoida).
Rus grafikasi asosidagi o'zbek yoz,uvi «qoidalari»ning 69- va 71- paragraflari bir xil hodisaning birikmali nomlarini ikki xil yozishga yo'l ochadi: birikma muhim yig'ilish nomi bo'lganda, undagi harbirso'z bosh harf bilan, birikma muhim tarixiy voqea nomi bo'lganda esa undagi birinchi so'z bosh harf bilan, qolganlari kichik harf'bilan boshlanadi, Крим Конференцияси (69- paragraf qoidasiga mos) — Крим конференцияси (71 - paragraf qoidasiga mos).
Izoh: birinchi misolda Qrim Konferensiyasining muhim yig'ilish nomi ekanligi, ikkinchi misolda esa shu birikmaning muhim tarixiy voqea nomi hisoblanishi nazarda tutilgan.
Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosida shu ikki qoidadan faqat bittasi saqlangan, unga ko'ra «Muhim tarixiy sana va bayramlaming nomlari tarkibidagi birinchi so'z bosh harf bilan boshlanadi: Mustaqillik kuni, Xotira kuni, Ramazon hayiti, Navro'z bayrami kabi» (70- qoida). Demak, lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosida yuqoridagi ikki qoidaning parallel yashashiga chek qo'yilgan, shu bilan mazkur qoidaning izchil bo'lishi ta’minlangan.
Lotin grafikasi asosidagi yangi o'zbek yozuvi imlosining «Ko'chirish qoidalari»da rus grafikasi asosidagi o'zbek yozuvi imlosida berilmagan quyidagi qoidalar bor:
Do'stlaringiz bilan baham: |