§. Anatomik-fiziologik aspekt
Fonetikaning bu aspekti fonetik birliklarning biologik asosini — inson organizmidagi ayrim a’zolarning nutq tovushlarini hosil qilishdagi rolini, ularning tuzilishi va faoliyatini o'rganadi.
Nutq tovushlarining biologik asosini quyidagi turlarga bo'lish mumkin: 1) nutq a’zolarining anatomiyasi; 2) nutq a’zolarining fiziologiyasi; 3) nutq a'zolarining ijro kechimi.
Nutq a’zolarining anatomiyasi deyilganda shu a’zolarning shakli, tuzilishi, o'rni nazarda tutiladi. Bunday a’zolar quyidagi apparatlarga birlashadi:
nafas apparati - o'pka, bronxlar, traxeya, diafragma, ko'krak qafasi (1-rasm). Bu apparat a’zolari tovush hosil qilish uchun zarur bo'lgan havo oqimini boshqa a’zolarga yetkazib beradi, shu ma’noda havo manbayi sanaladi;
bo'g'iz bo‘shlig‘i - traxeyaning yuqori (kengaygan) qisrni. Unda un paychalari, uzuksimon, qalqonsimon, cho'michsimon, ponasimon, shoxsimon tog'aylar mavjud. Bu apparatdagi eng faol a’zolar un. (ovoz) paychalaridir:
1- rasm. Nafas apparati:
/ — qalqonsimon tog’ay; 2 — uzuksimon tog’ay; 3 — kekirdak (traxeya); 4 - bronxlar: 5— bronxlarning uchki tarmoqlari; 6 - o’pkaning tepa qismi; 7— o'pkaning tag (ost) qismi.
rasm. Bo'g'iz (hiqildoq):
A — bo'g'izning old tomoni: / - qalqonsimon tog’ay; 2 - uzuksimon tog'ay; 3 — til osti suyagi; 4 — qalqonsimon tog'ayni til osti suyagiga ulab turuvchi pay; 5 - uzuksimon tog’ay bilan qalqonsimon tog’ay orasidagi pay; 6 - kekirdak (traxeya).
В - bo’g’izning orqa tomoni: / - qalqonsimon tog’ay; 2 — uzuksimon tog’ay; 3 — qalqonsimon tog’ayning yuqori shoxlari; 4 - qalqonsimon tog’ayning quyi shoxlari; 5 — cho’michsimon tog’aylar; 6 — bo’g’iz qopqog’i; 7— traxevaning pardasimon (orqa) qismi. 2
a
b
d
e
f
Jl Jl JL Jl
rasm. Ovoz paychalari orasidagi tirqish ko'rinishlari:
a — yopiq holat; b — ovoz holati: d - shivirlash (pichirlash) holati;
e — nafas chiqarish holati;/— nafas olish holati.
. — un paychalari tinch holatda turganda, ulaming oralig'i ochiq bo'ladi, natijada nafas apparatidan kelayotgan havo oqimi shu oraliqdagi paychalami tebratmay o‘tadi. Bunday vaziyatda ovoz hosil boMmaydi (4-/ e rasm);
ovoz paychalari tortilgan (taranglashgan)da, ular orasidagi ochiq bo'shliq yumuq holatga keladi, natijada havo oqimining yo‘li to'siladi, havo oqimi taranglashgan un paychalariga urilib, davriy tebranishni yuzaga keltiradi. Bunday tebranish ovozni (asosiy tonni) hosil qiladi (4-a, b rasm). Shuning uchun bo'g'iz bo'shlig'i ovoz manbayi hisoblanadi. Ovoz esa unli tovushlarni, jarangli va sonor undoshlarni shakllantirishda fizik komponent sifatida qatnashadi;
ovoz paychalari bo'shroq tortilgan holatda shu paychalar orasida torroq bo'shliq yuzaga keladi, havo oqimi shu bo‘shliqdan sirg'alib. ishqalanib o'tadi, ammo un paychalarini tebratmaydi, natijada shovqin hosil bo'ladi, bu shovqin pichirlab yoki shivirlab gapirganda qoilanadi (4-d rasm);
Do'stlaringiz bilan baham: |