§. Frazemalarning tarixan ikki qatlamga ajratilishi
O'zbek tili frazemalari tarixan ikki qatlamga ajratilishi mumkin: o'z qatlam frazemalari va o'zlashgan qatlam frazemalari.
0‘z qatlam frazemalari o'zbek tilining o'ziniki bo'lgan yoki umumturkiy manbaga mansub frazemalardir. Bunday frazemalar asosida bevosita o'zbek xalqi (yoki turkiy xalqlar) hayotiga xos voqelik va shunga suyangan obraz yotadi: ikki ко 'zi to ‘rt bo ‘Imoq (varianti: ко ‘zj to ‘rt bo ‘Imoq) — ma'nosi: «intizor bo'lmoq»; bel bog‘lamoq (varianti: bel(i)ni bog‘lamoq) — ma’nosi: «shaylanmoq», «otlanmoq»;
O'zlashgan qatlam frazemalari — o'zbek tiliga boshqa tillardan o'tib, o'zlashib qolgan frazemalar. Bunday frazemalarning aksariyati kalka usulida o'zlashtirilgandir: pashshaga ozor bermaslik (ruscha мухи не обидеть frazemasining kalkasi) — ma’nosi: «beozor»; pashshadan ftlyasamoq (ruscha из мухи делать слона frazemasining ijodiy kalkasi) — ma’nosi: «bo'rttirib yubormoq», «oshirib yubormoq», «mubolag'a qilmoq».
Boshqa tillardan frazemalaming o'zicha (o'zgarishsiz) o'zlashtirilishi o'zbek tilida juda kam uchraydi: dardi bedavo (tojik tilidan); sukut — alomati rizo (tojik tilidan) kabi.
FRAZEMALARNING ISHLATILISH DOIRASI VA
ZAMONIYLIGI
Adabiyotlar: II 187-89], 27 [ 143—1511.
§. Frazemalaming ishlatilish doirasiga ko‘ra tavsifl
O'zbek tili frazemalarining ishlatilish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan bo'lishi nuimkin.
Ishlatilish doirasi chegaralanmagan frazemalar mi Hat vakillarining barchasi uchun umumiydir, ular barchaning nutqida bir xil darajada qo'llanadi, barchaga tushunarli bo'ladi: ikki gapning birida, ko'ngliga qil sig'maydi, ter to'kmoq, g'azabi kelmoq kabilar shular jumlasidandir.
Ishlatilish doirasi chegaralangan frazemalar, asosan, muayyan dialekt yoki sheva birligi bo'lib. umumtil va adabiy til doiralarida qo'llanmaydi. Masalan, qipchoq lahjasi shevalarida qo'lini moylab kelmoq (ma'nosi: «xohlamay, loqayd ishlamoq»), ayroni achimas (ma'nosi: «loqayd», «bcparvo»).jiydaningostidon о‘tmoq (ma’nosi: «esini vo'qotmoq», «rniyasi aynimoq»). qulog'i ostida qolmoq (ma'nosi: «o'lmoq», «vafot etmoq») frazemalari uchraydi1'1.
Ba'zan, umumtil frazemalarining u yoki bu shevadagi varianti (ko'rinishi) ham uchraydi: Qo‘yniga qo‘l solih ko'rmoq (umumtil frazemasi) — ichiga qo'l solib ko'rmoq (dialektal variant), chillaki chillakini ko'rib chumak uradi (umumtil frazema) - chilgi chilgini ко 'rib chumak uradi (dialektal variant) kabi.
§. Ishlatilish! kasb-hunarga ko‘ra chegaralanish
Ishlatilishi kasb-hunarga ko'ra chegaralanish frazemalarga xos emas, ammo frazemalaming kelib chiqishi va shakllanishida ijtimoiy mehnatning u yoki bu turi nolisoniy omil sifatida ishtirok etganligi shubhasiz: ko'pchilik frazemalar ijtimoiy mehnat bilan bog'liq voqeliklaiga tayangan holda yuzaga kelgan. Masalan: arpasinixom o'rmoq (dehqonchilikka tayanilgan), astar- avrasini ag'darmoq (tikuvehilikka tayanilgan), bo'zchining mokisiday (to'quvchilikka tayanilgan), temirni qizig'ida bosmoq (temirchilikka tayanilgan), misi chiqmoq (zargarlikka tayanilgan) kabi. 82 83
Istorizm-frazemalar o'tmish voqeligiga xos iboralardir: qo‘sh qilich bir qingci sig'mas |DLT, I, -340], taqdirga tan bermoq kabi. Istorizm- frazemalar tilda juda kamdir.
Arxaizm-frazemalar - hozirgi tilda leksik yoki frazeologik sinonimi bor bo’lgan eskirgan frazemalar. Masalan: tengri rahmatig'a bormoq (arxaizm-frazema) - dunyodan o‘tmoq, vafot etmoq, ko'zyummoq, o'lmoq (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo'llanayotgan sinonimlari); daqyonusdan qolgan, varianti: doqiyunusdan qolgan (arxaizm-frazema) — almisoqdan qolgan, eski, qadimgi (yuqoridagi arxaizm-frazemaning hozirgi tilda qo‘llanayotgan sinonimlari) kabi.
Neologizm-frazemalar - yangilik bo'yog'ini yo'qotmagan iboralar. Masalan: tomi ketgan (ma’nosi: «aqldan ozgan», «esi past»), yangi о ‘zbeklar (ma’nosi: «hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida yuzaga kelgan yangi ishbilarmonlar») kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |