1947—1950- yillarda A.S.Pushkin nomidagi Til va adabiyot institutida maxsus tuzilgan orfografiya komissiyasi ish olib boradi: bu komissiya 1946- yilda tuzilgan va nashr ettirilgan qoidalar to'plamini matbuotda va turli kengashlarda bildirilgan fikrlar asosida qayta ishlaydi, shu asosda yangi loyiha yaratadi.
1950—1952- yillarda til va imlo masalalariga bag'ishlangan bir necha konferensiya va kengashlarbo'lib o'tadi. Ularda orfografiya loyihasi bo'yicha bir qator tanqidiy fikrlar bildiriladi, alifboni takomillashtirish kerakligi aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |