Feminizm- lot. femina-ayol; erkaklar bilan ayollar huquqlarini tenglashtirish uchun faoliyat yuritadigan ayollar harakati. Fikr erkinligi– bu jamiyat azosi bólgan har bir shaxs tabiiy va ijtimoiy jarayonlarga, fuqarolar bilan siyosiy tashkilotlarga va milliy, irqiy, diniy, sinfiy munosabatlarga ega bólgan mustaqil fikrlarini huquqiy, siyosiy diniy va boshqa muassasalar tomonidan bólishi mumkin bólgan turli tazyiqlardan muhofaza qiladigan ijtimoiy muhit. Fiskal - ingl. fiscal policy; lot. fiscus - savat;kassa, kazna, moliya, soliq-byudjet siyosati hukumat siyosati, yaıin istiqbolda barqaror iqtisodiy tizimni taminlash va biznes-tsikllarni tebranishini kamaytirish maqsadida davlatning iqtisodiyotga aralashuv usullaridan biri; fiskal siyosatining asosiy quroli davlat byudjetining daromadlari va harajatlari, yani: soliqlar, transfertlar va davlat sotib olgan tovarlar va xizmatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |