Dunyo aholisi sonining o‘sishi(mln.kishi)
Yillar
|
Aholi soni
|
Yillar
|
Aholi soni
|
1000
|
288
|
1950
|
2508
|
1500
|
436
|
1960
|
3010
|
1650
|
545
|
1970
|
3632
|
1750
|
728
|
1980
|
4430
|
1800
|
911
|
1987
|
5000
|
1900
|
1617
|
1999
|
6000
|
1940
|
2252
|
2000
|
6080
|
Shaharlar sonining ortishi, Shahar aholisi, shaharlar rolining ortib borishi hamda shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayoni urbanizatsiya deyiladi (lotincha urbanus – shaharga xos). Hozirgi davrning xususiyatlaridan biri urbanizatsiya jarayonining jadallashuvi hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi turlicha, masalan, Yevropada -73foiz, Shimoliy Amerikada 75 foiz, Rossiyada 74 foiz. Umuman dunyo bo‘yicha urbanizatsiya darajasi o‘rtacha 45 foiz tashkil etadi. Shahar o‘ziga xos dunyo, u maxsus shahar muhitini hosil qiladi. Shahar muhiti va uning tarixiy rivojlanishi asosiy tarkibiy qismlari va ularga ta’sir qiluvchi omillarni o‘rganuvchi yangi bilim sohasi urbanizatsiya yoki shahar ekologiyasi deyiladi.
Urbanizatsiya jarayoni bir tomondan aholining turmush tarzini yaxshilasa, ikkinchi tomondan tabiiy tizimlarni siqib chiqaradi, ular o‘rnida sun’iy tizimlar barpo etiladi. Natijada, atrof-muhitning ifloslanishi, tirik organizmlarga kimyoviy, fizik va ruhiy ta’sirlar ortib boradi. Shaharlar bir-birlari bilan qo‘shilib ketib, yirik o‘ta urbanizatsiyalangan hududlarni keltirib chiqaradi. Bunday hududlar odatda megapolislar deb nomlanadi. Katta Nyu-York megapolisi 16 mln.aholi soniga ega. Yirik shaharlar deyarli tabiiy muhitni, ya’ni atmosfera, tuproq, o‘simlik va hayvonlar, Yer osti suvlari, iqlim, xuddi shuningdek, Yerning elektr, magnit va boshqa fizik maydonlarini o‘zgartirib yubordi.
O‘zbekiston Respublikasida 120 shaharlar mavjud bo‘lib, ulardan 89 tasi kichik, 50 ming aholi soniga ega. 14 tasi 50 mingdan 100 mingacha aholi soniga ega. 13 tasi ularda 100 mingdan 250 minggacha aholi yashaydi. Uchtasi aholi soni 250 mingdan 500 minggacha.
Respublika poytaxti Toshkent eng yirik shahar bo‘lib, uning aholisi 2,2 milliondan ortiq. Toshkent shahri aholisi yuqori zichlikka ega bo‘lgani uchun uning muhitiga yuqori ekologik tazyiq ko‘rsatilayotgani kuzatilmoqda. Shahar aholisiga atrof-muhitning ifloslanishi katta xavf soladi. Atmosferaning ifloslanishi natijasida turli xil kasalliklar kelib chiqadi. Yurak-qon tomir, bronxit, astma, allergik va ruhiy kasalliklar shahar qurulish sohasining eng muhim vazifasidir. Shaharlar qurilish sohasining rivojlanishi odamlarning salomatligi, uzoq umr ko‘rishi hamda ijodiy faoliyat ko‘rsatishi kabilarga katta ta’sir etadi.
Hozirda va kelajakda ham tabiiy muhitga urbanizatsiya jarayonining ta’siri kuchli darajada bo‘lishiga shubha yo‘q. Chunki shahar aholisining salmog‘i yildan-yilga ortib bormoqda (2-jadval).
Do'stlaringiz bilan baham: |