Geografiya fanidan ochiq dars ishlanmasi Darsning mavzusi: Dunyo aholisi va zamonaviy demografik vaziyat Darsning maqsadi



Download 46 Kb.
bet2/3
Sana26.06.2021
Hajmi46 Kb.
#102353
1   2   3
Bog'liq
Geografiya ochiq dars

Tashkiliy qism:

1. Salomlashish

2. Davomatni aniqlash

3. Jurnal yozish

4. O’tgan mavzuni mustahkamlash:

1. Aholi tushunchasi haqida nima bilasiz.?

2. Aholining tabiiy va mexanik ko’payishi bir-biridan qanday farq qiladi?

3. Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlaridagi demografik vaziyat qanday?



Yangi mavzu bayoni :

Atama, tayanch tushuncha va nomlar:

Demografiya, demografik portlash, aholi, aholi soni, aholi zichligi, doimiy aholi, vaqtinchalik aholi, aholining ko’payishi, aholining tabiiy va mexanik harakati, urbanizatsiya.

XX asrgacha dunyo aholisining soni ancha sekin o‘sib, 1820-yilga kelib 1 milliard kishiga yetdi. Bu jarayon aholining tabiiy o‘sishi pastligi bilan belgilangan edi, chunki o‘tgan tarixiy bosqichlarda ham tug‘ilish, ham o‘lim ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lib, ular orasidagi farq juda kichik darajada edi. Lekin 1 milliarddan 2 milliardgacha ko‘payish uchun insoniyatga birmuncha kamroq vaqt, ya’ni 107 yil kerak bo‘ldi (1820-1927-yillar orasi). Keyingi yillarda dunyo aholisi soni yanada tezroq o‘sib bordi. 1960-yilga kelib dunyo aholisi 3 milliard kishiga yetdi. 1975-yilga kelib 4 milliard kishi, 1987-yilda 5 milliard kishi, 1999-yilda 6 milliard kishi, 2011-yilga kelib esa 7 milliard kishiga teng bo‘ldi. 2017-yil holatiga jahon aholisi soni 7,5 milliard kishi atrofida va o‘sishi davom etmoqda.

Demak, XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib jahon aholi sonining ko‘payishi keskin tezlashdi. Bu jarayon fanda demografik portlash deb ataladi. Bu hodisaning sababi - ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika taraqqiyoti tufayli aholining turmush darajasi yuksalishi, yashash sharoiti yaxshilanishi va sog‘liqni saqlash tizimining rivojlanishi, odamlarning o‘rtacha umr davomiyligining o‘sishi, o‘lim darajasi esa pasayib ketganligidir. Dastlab demografik portlash XIX asrning boshi - XX asrning birinchi yarmida G‘arbiy Yevropa va Shimoliy Amerikada ro‘y bergan bo‘lsa, XIX asrning ikkinchi yarmida esa Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasi va Okeaniyadagi rivojlanayotgan mamlakatlar aholi sonining yuqori sur’atlar bilan o‘sishida o‘z aksini topdi.

Dunyoning turli mamlakatlari demografik o‘tishning har xil bosqichini boshdan kechirmoqda. G‘arbiy Yevropa mamlakatlari, Yaponiya, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya kabi rivojlangan mamlakatlar.

Rivojlanayotgan mamlakatlarning ko‘pchiligi demografik o‘tishning 3-bosqichini kechirmoqda, ularda tug‘ilish ko‘rsatkichlari asta-sekin pasayib bormoqda. Demografik o‘tish jarayonining eng past sur’atlari esa Afrika davlatlari uchun xos. Ayniqsa, G‘arbiy, Markaziy va Sharqiy Afrika mamlakatlarida tug‘ilish va aholi tabiiy ko‘payishining yuqori darajalari saqlanib qolmoqda. Jumladan, 2016-yil yakunlari bo‘yicha, jahonning aholi tabiiy ko‘payish sur’atlari bo‘yicha 10 ta yetakchi davlat ichida 9 tasi Afrika materigida joylashgan, birinchi beshlikdan esa faqat Afrika mamlakatlari (Malavi, Uganda, Burundi, Niger, Mali) joy olgan.

Demak, dunyoning eng rivojlangan davlatlari hamda o‘tish iqtisodiyotidagi ko‘p davlatlar demografik o‘tishni yakunlab qo‘ygan bo‘lsalar, Afrikaning ijtimoiy-iqtisodiy jihatidan eng sust rivojlangan mamlakatlari 2-bosqichdan 3-bosqichga o‘tish arafasida turibdi. Shuning uchun hozirgi sharoitda dunyo aholisi, asosan, rivojlanayotgan va eng qoloq mamlakatlar hisobiga ko‘payib bormoqda.

Urbanizatsiya jarayonining global va regional jihatlari

Ma’lumki, urbanizatsiya (lotincha urb - “shahar”) - bu shaharlar va shahar aholisining o‘sish, shahar turmush tarzining keng tarqalish jarayonidir. Shaharlar eng qadimgi davrlarda vujudga kelib, qishloqlar bilan birgalikda aholi manzilgohlarining ikkita asosiy turidan birini tashkil qiladi. Shaharlar tarixan ijtimoiy mehnat taqsimoti natijasida paydo bo‘lgan va rivojlangan. Qadimgi davrlarda shaharlar hunarmandchilik, savdo-sotiq, ma’muriy boshqaruv, mudofaa ishlari, diniy ibodatxona va ziyoratgohlar negizida vujudga kelgan. Tarixdan ma’lumki, bir necha ming yillar avval Yer yuzida Fiva, Bobil (Vavilon), Ur, Afina, Rim, Iskandariya, Karfagen, Moxenjo-Daro, Samarqand (Marokand) kabi yirik shaharlar mavjud bo‘lgan. Ammo haqiqiy shaharlashuv jarayoni qizg‘in sur’atlar bilan faqat XIX asrda, dastlab Yevropada, keyinchalik esa Shimoliy Amerikada boshlandi. Dunyoning rivojlanayotgan mamlakatlarida esa urbanizatsiya jarayonlari XX asrning o‘rtalarida ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy sohalardagi ijobiy o‘zgarishlar tufayli boshlandi va hozirgi kungacha yuqori sur’atlar bilan davom etmoqda.

Urbanizatsiya jarayoni 3 ta asosiy bosqichdan o‘tib rivojlanadi.

1. Shakllanayotgan urbanizatsiya bosqichida shahar aholisining ulushi 50 % dan past bo‘lib, yangi shaharlar vujudga keladi, ayrim qishloq joylar shahar manzilgohlari toifasiga o‘tib ketadi. Eng yirik shaharlarning o‘sishi ayrim hollarda “soxta” urbanizatsiya tarzida, ya’ni shahar chekkalarida qishloqdan ko‘chib kelgan past daromadli aholi uy-joylarining zichlashib borishi ko‘rinishida kechadi. Hozirda Osiyo va Afrikadagi qator rivojlanayotgan mamlakatlar urbanizatsiyaning ana shu bosqichini kechirmoqdalar.

2. Rivojlangan urbanizatsiya bosqichi “millioner” shaharlarning yuqori sur’atlar bilan o‘sishi hamda yirik shaharlar atrofida aglomeratsiyalarning vujudga kelishi bilan tavsiflanadi. Shaharliklarning jami aholidagi ulushi 50 % dan ortib ketadi, yangi shaharlar deyarli vujudga kelmaydi, mavjud shaharlar esa, ayniqsa, yiriklari tez rivojlanadi, shahar manzilgohlarining tizimlari shakllanib boradi. Urbanizatsiyaning bu bosqichi Sharqiy Yevropa, MDH davlatlari, Lotin Amerikasi, Shimoliy Afrika, Janubi-g‘arbiy Osiyo, Okeaniyadagi ko‘p mamlakatlarga xos.

3. Yetuk urbanizatsiya bosqichi Yevropaning eng rivojlangan davlatlari, AQSH, Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Isroilda kuzatilmoqda. Bunda aholi yirik shaharlarning markazlaridan asta-sekin shahar atrofiga ko‘chib boradi, lekin shaharda ishlash, o‘qish, turli faoliyat yuritishni davom ettiradi.




Download 46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish