Iqdisdiy usul (yondashuv). Bu usulda aniq matematik – statistic hisoblashlar orqali tabiiy sharoitga tabiiy resurslarga aholi va xo’jalik korxonalariga baho beriladi hamda ularning o’zgarishi bashorat qilinadi.
Amaliy geografiya muhandislik geologiyasi, muhandislik geografiyasi amaliy landshaftshunoslik fanlariga yaqin turadi, ularning tajriba va ilmiy yutuqlaridan foydalanadi. Shu bilan birgalikda, bu fan tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy usulardan tabiattni muhofaza qilishda, atrof muhitning tabiiy va sun’iy omillar ta’sirida o’zgarishini bashorat qilishda boshqa fanlar ham keng foydalanadi.
Hozirgi paytda tabiat va jamiyat o’rtasidagi o’zaro ta’sirning tobora jiddiylashuvi va buning natijasida kelib chiqayotgan tabiiy, ekalogik oqobatlar tabiatning qashshoqlashishiga sabab bo’lmoqda. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini keng miqyosda taraqqiy ettirish orqali tabiiy muhitga ta’sir etar ekan uning o’zi ham aks ta’siriga uchramoqda. Chunki insonning tabiatga ta’siri ko’p hollarda tabiat qonunularini hisobga olmasdan amalgam oshirilmoqda. Bunday ko’ngilsiz hodisalarning oldini olish va tabiat mahsuldorligini oshirib boorish bugungi kunning dolzarb muommolaridan biriga aylanib bormoqda. Mazkur muommoning yechimida boshqa fanlar qatori geografiya ham faol ishtirok etmoqda vao’zining munosib hissasini qo’shmoqda. Amaliy geografiya fani bugungi kunda insoniyat uchun muhim ahamiiyatga ega bo’lgan tabiiy va ijtimoiy muhitning o’zgarishi va uni yahshilashning umumsyyoraviy mintaqaviy va mahalliy muommolari bilan shug’ullanadi. Tabiat bilan jamiyat o’rtasidagi munosabatlar tobora murakkablashib borayotgan va ayrim hududlarda xavfli ekologik holatlar vujudga kelayotgan bir vaziyatda tabiiy muhitni sof holda saqlab qolish muommosi alohida ahamiyat kasb etmoqda. Mazkur muomoni yechishda amaliy geografik tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda amaliy geografiyaning ilmiy yutuqlaridan inson uchun qulay ekologik sharoitlar yaratishda keng foydalanilmoqda. Natijada “ozon tuynigi” ning maydoni qisqarib bormoqda, yo’qolib ketish arafasida turgan ko’plab o’simlik va hayvonlar saqlab qolinmmoqda, ifloslangan daryo va ko’llar suvi tozalanib bormoqda. Sanoatning rivojlanishi natijasida buzilgan va ifloslangan landshaftlarni qayta tiklashni ilmiy asoslari ishlab chiqilmoqda. Amaliy geografiya tabiiy resusrlaridan foydalanishni ilmiy asoslarini ishlab chiqish, tabiat va jamiyatninng o’zaro ta’sirini yaxshilash, tabiiy ofatlarni oldini olish hududlarning rivojlanishini bashoratlash, yirik loyihalarni ekspertiza qilishning geografik-ekologik asoslab berish muommolarini hal etmoqda. Bu esa amaliy geografiya fanining yirik davlatlar va dunyo ahamiyatiga ega bo’lgan muommolarni yechishdagi ishtiroki ortib borishiga sabab bo’lmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |