Maydon (urochisha)- fatsiyalar tizimidan iborat tabiiy xududiy kompleksdir. Demak, maydon xudud jihatdan katta bo’lib, bir necha fatsiyalarni birlashtiradi. Masalan, botiqdagi sho’r va sho’rxoklar; oq saksovulli tekis qumlar; do’ngli qumlar va h. k.
Joy- maydonlar majmuasidan iborat bo’lgan tabiiy xududiy kompleksdir. Masalan, yoyilmalarning yuqori, o’rta va quyi, qismlari, tog’larning suvayrig’ichi, yonbag’irlari va h.k.
Ma’lum bir xududdagi joylar yig’indisi landshaftni tashkil qiladi. Masalan, cho’l landshafti- qumli, gilli, toshli, taqirli joylardan iborat.
Demak, landshaft-joylar majmuasidan, joylar-maydonlar majmuasidan, maydonlar esa fatsiyasidan iborat. Yoki landshaftlar –joylarga, joylar- maydonlarga, maydonlar-fatsiyalarga bo’linar ekan.
Do'stlaringiz bilan baham: |