Genomika va molekulyar genetika predmeti. Genetika fundamental biologik fanlardan bo`lib hisoblanadi. Hamma tirik organizmlarning irsiyat va ularning boshqarish yo`llarini, universal xususiyatlarini o`rganadi.
Genetika atamasi 1906-yilda genetik Uilyam Betson tomonidan fanga kiritilgan.
Genetika tadqiqotlarning turli yo`nalishlarini o`z ichiga oladi:
Biokimyoviy genetika spetsifik maxsus genetik nazorat qiladigan tizimlarini o`rganadi.
Fiziologik genetika organizmlarning fiziologik funksiyalarini ko`payish, qayta taqsimlanish, irsiy omillarining o`zgarish va ta’sirini.
Raditsion genetika genetik materiallarga turli xil nurlar turlarining ta’sirini o`rganadi.
Populyatsion va evolyutsion genetika elementar evolyutsion birliklar populyatsiyalar genetik tuzilmasini o`rganishga qaratilgan. Ular genetik tuzilmasi dinamikasining qonuniyatlari, shuningdek, ularning genetik tarkibini o`rganadi.
Tadqiqot obyektlariga ko`ra sitogenetika, o`simliklar genetikasi, mikroorganizmlar genetikasi, hayvonlar va odamlar genetikasi hisoblanadi.
Genetikaning asosiy uslublariga gibridologik, sitologik va matematik uslublari kiradi. Lekin shu bilan birga boshqa tabiiy fanlardan faol foydalanilmoqda. Shu jihatdan kimyo va biokimyo uslublari moddalar almashinuvining irsiylanadigan belgilarini har tomonlama tavsiflashda, nuklein kislotalar va oqsillar xususiyatlarini o`rganilishida qo`llaniladi. Fizikaviy uslublar keng qo`llanilishi qamrab olingan bo`lib, turli xil makromolekulalarni identifikatsiya va nishonlash yordamida optik va sedimentatsion uslublar qo`llanilmoqda.
Oxirgi o`n yillikda ma’lumotlar nazariyasi asosida bioinformatika va kompyuter genomikasi sohalari rivojlandi. Zamonaviy genetika uslublari turli xil biologik tadqiqotlarda ishlatish mumkin. S.G.Inge-Vechtomov (1989-yil) to`g`ri fikr bildirgan bo`lib: ”Genetika zamonaviy biologiya asosidir. Xuddi shuningdek kelajakda biolog bo`lmasdan turib genetik bo`lish mumkin emas va genetikani bilmasdan zamonaviy biolog ham bo`lish mumkin emas” degan fikrni bildirgan. Mantiqiy jihatdan asoslangan genetikaning rivojlanish davrlarini rus genetigi N.P.Dubinin asoslab bergan. Genetika rivojlanish tarixidagi uchta farqlanadigan davrlar ajratiladi:
Klassik genetika epoxasi (1900-1930);
Neoklassitsium epoxasi (1930-1953);
Molekulyar genetika epoxasi 1953-yildan boshlanadi.