20-rasm. Poliovirus misolida RNK genomiga ega bo’lgan virusning hayot aylanishi : 1 – asl virionni retseptorga biriktirish; 2 – virion hujayraga kiradi; 3 – virus RNKlaridan virus oqsillarini polipeptid hosil bo’lishi bilan tarjima qilish; 4 – virusli polimerazalar uning RNKini ko’paytiradi
| RNK prosessingi. Ko’pgina RNKlar boshqa RNKlar modifikasiyasida ishtirok etadi. Intronlar boshlang’ich iRNKdan splaysasoma yordamida kesiladi, splaysasomalar tarkibida oqsillardan tashqari bir qancha kichik yadro RNKlari ham bo’ladi. Bundan tashqari, intronlar o’zlarining xususiy kesilishini katalizlaydi. Transkripsiya natijasida sintezlangan RNK kimyoviy jihatdan modifikasiya qilinishi mumkin. Eukariotlarda RNK nukleotidlarining kimyoviy modifikasiyasi, masalan, ularning metillanishi, kichik yadro RNKlari – 60-300 nukleotidlardan tashkil topgan ketma-ketliklar tomonidan amalga oshiriladi. RNKning bu turi yadrochada va Kahal tanachalarida joylashgan. Kichik yadro RNKlari fermentlar bilan assotsiasiyasi yuz bergandan so’ng, ular RNK-nishon bilan bog’lanadi ikki molekula asoslari orasida juftliklar hosil qiladi, fermentlar esa RNK-nishonlarining nukleotidlarini modifikasiya qiladi. Ribosomal va transport RNKlar ko’pgina modifakasiyalarga ega bo’lib, evolyutsiya davomida saqlanib qoladi (20-rasm).
RNK genomlari. DNK singari, RNK ham biologik jarayonlar to’g’risida ma’lumotga ega bo’ladi. RNKlar viruslar genomi va virusga o’hshash strukturalarning genomi sifatida foydalanilishi mumkin. RNK-genomlarini oraliq DNK bosqichiga ega bo’lmagan va ko’payish uchun DNK nusxalarini hosil qiluvchi va qaytadan RNK ga sintezlanadigan turlariga bo’linadi, masalan retroviruslarda.
RNK- tutuvchi viruslar. Ko’pgina viruslar, masalan gripp virusi, hamma bosqichlarda faqat RNK dan tashkil topgan genomga ega. RNK asosan oqsil qobig’ining ichida joylashadi va kodlanadigan RNK-bog’liq RNK-polimerazalar yordamida replikasiya jarayonini o’taydi. RNK dan tashkil topgan viruslar genomi quyidagi guruhlarga bo’linadi:
“RNK ning musbat zanjiriga” ega bo’lgan, i-RNK va genom sifatida qo’llaniladigan
“minus zanjirga ega” bo’lgan, faqat genom sifatida qo’llaniladi, i-RNK sifatida komplementar molekula foydalaniladi
ikki zanjirli viruslar
Viroidlar- RNK genomiga ega bo’lgan, patogenlarning boshqa guruhi bo’lib, oqsil molekulalariga ega bo’lmaydi. Ular xo’jayin organism RNK-polimerazalar yordamida replikasiya qilinadi.
Retroviruslar va retrotranspozonlar. Boshqa viruslarda RNK-genom hayotiy siklining birida ega bo’lishi mumkin. Retroviruslar virionlari RNK molekulalariga ega, bu RNK lar ho’jayin hujayrasiga kirganda DNK nusxalarini sintezlashda matrisa bo’lib hizmat qiladi. O’z navbatida, DNK matritsasidan RNK-genom sintezlanadi. Viruslardan tashqari, teskari transkripsiya jarayonini genomning mobil elementlari- retrotranspozonlar ham qo’llashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |