189-masala. O‘rta dengiz aholisi orasida anemiya turlaridan biri – talassemiya bilan kasallanish kuzatiladi va uni ta’min etuvchi gen autosomada joylashgan. Bu genning dominant alleli bo‘yicha gomozigotalik sog‘lomlikni, geterozigota holati kuchsizroq kasallanishni (kichik talassemiya) va retsessiv gomozigotalik kuchli kasallanishni (katta talassemiya) belgilaydi. Katta talassemiya bolalarda odatda o‘limga olib keladi. Daltonik, kichik talassemiya bilan kasallangan ayol ranglarni normal ajratadigan, lekin kichik talassemiya bilan kasallangan erkakka turmushga chiqqan. Bu oilada eslatilgan belgilar bo‘yicha qanday fenotipli bolalarning tug‘ilish ehtimoli bor?
Do'stlaringiz bilan baham: |