185-masala. Ota-ona sog‘lom bo‘lgan oilada uchta bola tug‘ilgan bo‘lib, ulardan biri gemofiliya (qonning normal ivimasligi) kasalligi tufayli vafot etadi. Qolgan ikki farzand sog‘lom bo‘lgan. Gemofilik bolaning tug‘ilish sababini tushuntiring. Sog‘lom bolalarning genotipi qanday bo‘lishi mumkin?
186-masala. Albinizm (terida pigmentning bo‘lmasligi) retsessiv belgi bo‘lib, uni ta’min etuvchi gen va uning dominant alleli autosomada joylashgan. Gemofiliya kasalligini keltirib chiqaruvchi gen va uning dominant alleli esa jinsiy xromosomada joylashgan. Erkak kishi albinos, gemofilik bo‘lishi mumkinmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |