164-masala. Qizil ko‘zli urg‘ochi pashshalar oq ko‘zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan pashshalarning hammasi qizil ko‘zli bo‘lgan. F1 pashshalari oq ko‘zli pashshalar bilan chatishtirilsa, keyingi avlodda qanday ko‘z rangiga ega bo‘lgan pashshalarni olish mumkin?
165-masala. Qizil ko‘zli urg‘ochi pashshalar qizil ko‘zli erkak pashshalar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan pashshalarning 75% i qizil ko‘zli va 25% i oq ko‘zli bo‘lgan. Lekin oq ko‘zli pashshalarning hammasi erkak pashshalar bo‘lgan. Olingan natijalarni genetik jihatdan izohlab bering. Qizil ko‘zli pashshalarning necha foizi erkak pashshalar bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |