Genetikadan masala ishlash



Download 1,16 Mb.
bet64/111
Sana30.12.2021
Hajmi1,16 Mb.
#87066
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111
Bog'liq
genetika

128-masala. Oq patli tovuqlar qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilib 170 ta jo‘ja olingan, ularning hammasi oq patli bo‘lgan. F1 da olingan tovuq va xo‘rozlarning yarmi o‘zaro chatishtirilganda, ulardan olingan jo‘jalarning 593 tasi oq patli va 152 tasi qora patli bo‘lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki olingan qora xo‘rozlar bilan chatishtirilganda esa olingan jo‘jalarning 145 tasi oq va 144 tasi qora bo‘lgan. Olingan natijalarni izohlang, tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang.

129-masala. Fermada mavjud oq tovuqlar boshqa bir fermadan keltirilgan xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan jo‘jalarning 75% i oq patli va 25% i qora patli bo‘lgan. Qora patli jo‘jalar keyingi yili voyaga etib, ular o‘zaro chatishtirilganda olingan jo‘jalarning 75% i qora patli va 25% i oq patli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan barcha tovuq va xo‘rozlarning hamda chatishtirishlardan keyin olingan jo‘jalarning genotipini aniqlang. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib berish mumkinmi?

130-masala. Fermada oq patli tovuqlar qora patli xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda 8088 ta jo‘ja olingan bo‘lib, ulardan 5055 tasi oq va 3033 tasi qora patli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan tovuq va xo‘rozlarning genotipini aniqlang.

131-masala. Bitta zotga mansub oq tovuqlar boshqa zotga mansub oq xo‘rozlar bilan chatishtirilganda, F1 da oq jo‘jalar olingan. F2 da esa pat rangi bo‘yicha ajralish ketib, olingan jo‘jalarning 172 tasi oq va 33 tasi qora bo‘lgan. F1 da olingan tovuqlar dastlabki chatishtirish uchun olingan oq xo‘rozlar bilan chatishtirilganda FB da olingan jo‘jalarning 146 tasi oq va 53 tasi qora bo‘lgan. F1 da olingan xo‘rozlar dastlabki chatishtirish uchun olingan tovuqlar bilan qayta chatishtirilganda, FB da 128 ta jo‘ja olingan bo‘lib, ularning hammasi oq bo‘lgan. Pat rangining irsiylanish qonuniyatini aniqlang. F1, F2 va FB avlodlarda barcha natijalarni genetik jihatdan izohlang.

132-masala. Yilqichilik fermasida kulrang otlar qora otlar bilan chatishtirilgan. Birinchi avlodda olingan toychoqlarning hammasi kulrang bo‘lgan. Ikkinchi avlod olinganda esa toychoqlarni kulrang, qora va saman (sariq) ranglarga ajratish mumkin bo‘lgan, ya’ni toychoqlarning 12 qismi kulrang, 3 qismi qora va 1 qismi saman bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan otlarning hamda F1 va F2 da olingan toychoqlarning genotipini aniqlang.

133-masala*. Suli o‘simligida donning qora bo‘lishini dominant A geni va kulrang bo‘lishini B geni ta’minlaydi. A geni B geniga nisbatan epistatik xususiyatga ega. Dominant genlarning genotipda bo‘lmasligi don rangining oq bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Quyidagi genotiplarga ega bo‘lgan suli o‘simliklarining don rangi bo‘yicha fenotipini aniqlang:

1) AABB; 2) AAbb; 3) Aabb; 4) aaBB; 5) AaBb; 6) aaBb

Masalaning echilishi:

1) AABB - qora; 2) AAbb - qora; 3) Aabb - qora; 4) aaBB - kulrang;

5) AaBb - qora; 6) aaBb - kulrang.

134-masala*. Qora donli suli o‘simliklari oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 2/4 qismi qora, 1/4 qismi kulrang va 1/4 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

P ♀ qora X ♂ oq

F1 2/4 qora; 1/4 kulrang; 1/4 oq

Olingan natijadan ko‘rinib turibdiki, qora donli o‘simliklar geterozigota bo‘lgan. Agar monogeterozigota bo‘lganda edi, unda F1 da 1:1 nisbatda ikkita fenotipik sinfga ajralish ketgan bo‘lar edi. SHunga ko‘ra, qora donli o‘simliklarni digeterozigotali deb olamiz:

qora oq


P ♀ AaBb X ♂ aabb

g AB, Ab, aB, ab ab

FB AaBb Aabb aaBb aabb

qora qora kulrang oq

2 1 1

Javob: qora donli o‘simliklarning genotipi AaBb va oq donli o‘simliklarning genotipi aabb.



135-masala*. Qora donli suli o‘simliklari kulrang donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 4/8 qismi qora, 3/8 qismi kulrang va 1/8 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

Masalaning echilishi:

Masalaning shartidan ko‘rinib turibdiki, chatishtirish uchun olingan o‘simliklardan biri digeterozigotali va ikkinchisi monogeterozigotali bo‘lgan ( chunki oq donli, ya’ni retsessiv belgili o‘simliklar 1/8 qism bo‘lgan). Qora donli o‘simliklar eng ko‘p ( 4/8 qism) bo‘lgani uchun ularning genotipini AaBb deb olish mumkin, unda kulrang donli o‘simliklarning genotipi aaBb bo‘ladi. Buni genetik jihatdan quyidagicha ifodalash mumkin:

qora kulrang

P ♀ AaBb X ♂ aaBb

g AB, Ab, aB, ab aB, ab

F1 AaBB - qora AaBb - qora

AaBb - qora Aabb - qora

aaBB - kulrang aaBb - kulrang

aaBb - kulrang aabb - oq

Javob: qora donli o‘simliklarning genotipi AaBb va kulrang donli o‘simliklarning genotipi aaBb.

136-masala. Qora donli suli o‘simliklari o‘zaro chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning 12/16 qismi qora, 3/16 qismi kulrang va 1/16 qismi oq donli bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.

137-masala. Qora donli suli o‘simliklari kulrang donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i qora, 25% i kulrang va 25% i oq donli bo‘lgan. CHatishtirishdan olingan qora donli o‘simliklarning ayrimlari oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 1/2 qismi qora, 1/2 qismi oq donli bo‘lgan. Ayrim qora donli o‘simliklar oq donli o‘simliklar bilan chatishtirilganda esa 2/4 qism qora, 1/4 qism kulrang va 1/4 qism oq donli o‘simliklar olingan. Olingan natijalarga asoslanib, o‘rganilayotgan belgining irsiylanishi haqida nima deyish mumkin? CHatishtirish uchun olingan va chatishtirishdan keyin olingan barcha o‘simliklarning genotipini aniqlang.

138-masala. Qora donlardan unib chiqqan suli o‘simliklaridan hosil yig‘ib olinganda, uning 277 tasi qora, 81 tasi kulrang va 26 tasi oq donli bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering hamda fenotip bo‘yicha olingan amaliy nisbatning nazariy jihatdan kutilgan nisbatga yaqin yoki uzoq ekanligini statistik metod yordamida aniqlang.

139-masala. Sariq mevali qovoq o‘simliklari oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning mevasi oq mevali bo‘lgan. F2 da esa 204 ta oq mevali, 53 ta sariq mevali va 17 ta yashil mevali o‘simliklar olingan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning va chatishtirishdan keyin olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang. F1 da olingan oq mevali o‘simliklar yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilsa, keyingi avloddagi o‘simliklar meva rangi bo‘yicha qanday fenotipga ega bo‘ladi?

140-masala. Sariq mevali qovoq o‘simliklari oq mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, F1 da olingan o‘simliklarning mevasi oq mevali bo‘lgan. F2 da esa o‘simliklarning 204 tasi oq mevali, 53 tasi sariq mevali va 17 tasi yashil mevali bo‘lgan. O‘rganilayotgan belgining irsiylanish qonuniyatini tushuntirib bering. Olingan natija qanday nisbatga to‘g‘ri keladi? Statistik metod yordamida amaliy olingan nisbatning nazariy jihatdan kutilgan nisbatga qanchalik to‘g‘ri kelish yoki kelmasligini aniqlang.

141-masala. Oq mevali qovoq o‘simliklari yashil mevali o‘simliklar bilan chatishtirilganda, keyingi avlodda olingan o‘simliklarning 50% i oq, 25% i sariq va 25% i yashil mevali bo‘lgan. CHatishtirish uchun olingan o‘simliklarning genotipini aniqlang.


Download 1,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish