G‘arb falsafasi Reja: Qadimgi yunon-Rim falsafiy maktabi



Download 0,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/18
Sana31.12.2021
Hajmi0,74 Mb.
#208049
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
№-3 Маъруза.Falsafiy tafakkur taraqqiyoti bosqichlari Garb falsafasi

Neopozitivizm  YAngi  pozitivizm  (neopozitivizm)  yoki  mantiqiy  empirizm  –  XX  asr 

falsafasida eng ko‘zga ko‘ringan oqimlardan biridir. U pozitivizm rivojida uchinchi bosqichdir. 

Falsafiy  oqim  sifatida  yangi  pozitivizm  Vena  to‘garagi  asosida  20-nchi  30-nchi  yillarda 

shakllandi.  YAngi  pozitivizmning  asosiy  vakillari  –  L.Vitgenshteyn  (1889-1951),  M.  SHlik 

(1882-1936),  R.Karnap  (1891-1970),  O.Neyrat  (1882-1945),  G.Reyxenbax  (1891-1953), 

B.Rassel (1872-1970), A.Ayer (1910-1989) va boshqalar edilar. 

YAngi  pozitivizmga  muvofiq  ilmiy  bilimni  ikki  tabaqaga  bo‘lish  mumkin:  formal  imlar 

(matematika va mantiq) va faktual ilmlar. Birinchi ilmlarda bayon qilingan narsalar tahliliy yoki 

analitikdirlar, ya’ni tajribadan mustaqil bo‘lib, dunyo haqida ma’lumotlarga ega emas. Ularning 

haqiqiyligi  mantiqiy  jihatdan  ifodalanib,  faqat  ularni  tashkil  etgan  atamalarning  ma’nosigagina 

bog‘liqdir. Faktual ilmlar sintetik bayonotlar bilan ish ko‘rganliklaridan mazmunga egadirlar va 

voqey hodisalarga asoslanadirlar. Ular tajribaviy «kuzatish gaplariga» tengdirlar. 

Verifikatsiya qoidasiga muvofiq ravishda yangi pozitivistilar barcha metafizikani (an’anaviy 

falsafani) bema’ni deb e’lon qiladilar. YAngi pozitivistga talqinda falsafa fan tilining mantiqiy 

tahliliga aylanib qoladi. Uning vazifasi fan tilini be’mani, «soxta ilmiy» gaplardan tozalashdir 

 YAngi pozitivistcha ta’limotning parchalanishi umumiy nomda birlashgan «postpozitivizm» 

deb  atalagan  bir  qator  fan  falsafasining  prinsiplarini  vujudga  kelishiga  olib  keldi.  Bu 

yo‘nalishning  asoschisi  «kritik  ratsionalizm»  ijodkori  Karl  Popper  (1902-1988)  edi. 

Postpositivizmga  I.Lakatos,  T.Kun,  S.Tulmin,  D.Agassi,  P.Feyerbend  kabi  yirik  g‘arb  fan 

faylasuflarining  qarashlari  taalluqlidir.  Bu  faylasuflarning  asosiy  vazifasi  fan  falsafasida 

pozitivistcha uslubdagi tafakkurni bartaraf etish edi. 

30-nchi  yillardayoq Popper  yangi pozitivizmning iduktivizmi, ma’noning verifikatsiyachilik 

nazariyasi, fan asosini tajribaviy tabiatni hodisa sifatida talqin qilishni qattiq tanqid ostiga olgan 

edi.  U  ilmiy  bilishda  metafizikaning  o‘rni  va  metafizik  (an’anaviy  falsafiy)  muammoni  oqlash 

masalasini  qo‘ygan  edi.  U  shuni  ko‘rsatadiki,  metafizikada  aytilgan  hukmlarni  hissiy 

ma’lumotlarga  tadbiq  qilib  bo‘lmasligi  asosida  uni  rad  etish,  mantiqiy  jihatdan  fundamental 

fanlarning butun nazariy asoslarini rad etishga olib keladi.  

 YAngi  tomizm  (neotomizm)  –  katolik  falsafasining  etakchi  yo‘nalishi  bo‘lib,  Vatikanning 

rasmiy  ta’limoti  sifatida  tan  olingan  va  o‘rta  asr  faylasufi  Akvinalik  Foma  ta’limoti  – 

tomizmning hozirgi zamondagi turidir. Tomizm asoslarini tiklashga qaratilgan birinchi urinishlar 

XIX asrning o‘rtalariga taalluqli bo‘lsa, katolik cherkovining falsafiy ta’limoti sifatidagi rasmiy 

maqomni  u  1879  yilda  papa  Lev    XIII  ning  «Aeterni  Patris»  nomli  ensiklikida  (farmoyishida) 

oldi. YAngi tomizmning eng mashhur vakillari  Dezire Merse (1851-1978),  Jak Marten  (1882-

1973), Eten Jilson (1884-1972) va boshqalar edi. 

YAngi tomizm Uyg‘onish davri va YAngi zamon falsafasini o‘rta asrlar katolik falsafasi va 

madaniyatining  qadriyatlarini  emirganligi  uchun  tanqid  ostiga  oladi.  YAngi  tomistchilar  o‘z 

falsafiy qarashlarini idealizm va materializm, ssientizm va antissientizmning «o‘taketganligi» ni 

bartaraf  qilgan  hamda  e’tiqod  va  aql,  ilohiyot  va  falsafa,  din  va  fanni  yagona  butunlikka 

birlashtirgan umumiy falsafa sifatida talqin qiladilar. 

YAngi  tomizm  nuqtai  nazaridan  falsafa  o‘ziga  ikki  tarkibiy  qismni  birlashtiradi:  borliq 

haqidagi  ta’limot  sifatida  metafizikani  va  tabiat  falsafasini.  Ko‘pincha  uni  birinchi  sabablar  va 

mutlaq  ibtidolar  haqidagi  fan  sifatida  ta’riflaydilar.  Boshqacha  aytganda,  falsafaning  asosiy 

mazmunini  metafizika  tashkil  etadi.  Metafizikaning  asoslari  transsendent  (narigi  dunyo) 

xususiyatga ega bo‘lib, fan dalillaridan mustaqil holatda bo‘lib, ulardan keltirib chiqarilmaydilar. 


Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish