G. N. Najmiddinova O’. U. Qurbonova


  ―Qiyosiy pedagogika‖ jamiyati va uning faoliyati



Download 1,32 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/169
Sana26.07.2021
Hajmi1,32 Mb.
#129653
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169
Bog'liq
qiyosiy pedagogika (1)

1.4.  ―Qiyosiy pedagogika‖ jamiyati va uning faoliyati 
Qiyosiy  pedagogika  ilmiy  bilimning,  mustaqil  tarmog‘i  statusini  olish 
jarayoni  1920-yillardan  boshlandi.  Bu  davrda  qiyosiy    pedagogikaning 


 
31 
funksiyalari,  jahonning  turli  mamlakatlarida  ta‘lim  nazariyasi  va  amaliyoti  rivojini 
aks  ettiruvchi  dalil  va  faktlarni  to‘plash  va  tizimlashtirish  va  umumlashtirishni 
o‘zining  asosiy  vazifasi  deb  bilgan  birinchi  xalqaro  va  milliy,  ilmiy  va  axborot 
muassasalari  tashkil  qilina  boshladi.  Shu  jumladan,  xalqaro  ko‘rgazmalarda 
madaniyat  va maorif xolatini  aks ettiruvchi  milliy  stendlar paydo bo‘ldi. 
1919  yilda  Nyu-Yorkda  xalqaro  ta‘lim  assosiatsiyasiga  asos  solindi,  1923 
yilda  Kolumbiya  universiteti  pedagogika  kolleji  qoshida  xalqaro  institut,  1925 
yilda  markaziy  German  institutining  chet  el  pedagogikasi  bo‘limi  tashkil  qilindi. 
1922  yilda  millatlar  ligasi  intellektual  hamkorlik  bo‘yicha  xalqaro  komissiyani 
tasdiqladi.  Uning  ish  faoliyatida  A.Eyniyeyn,  M.S.Sklodovska  –  Kyuri, A.Bergson 
kabi  etuk  olimlar  va  faylasuflar  ishtirok  etganlar.  Ular  yer  yuzida  tinchlikni 
saqlashning  asosiy  sharti  –  ta‘limni  kengaytirish,  deb  hisoblaydilar.  Komissiya 
tashabbusi  bilan  1926  yilda  millatlar  ligasi  assambliyasi  qarori  bilan  Parijda  ta‘lim 
sohasida  xalqaro  muloqotlar  rivojlanishida  alohida  rol  o‘ynagan,  xalqaro 
intellektual  hamkorlik  instituti  tashkil  qilindi.  Shu  kabi  muassasalar  orasida 
xalqaro maorif byurosi (XMB)  katta ahamiyatga  ega.  
U  1925  yilda  Jenevada  taniqli  shvedsar  pedagogi  E.Klapared  tashabbusi 
bilan  xususiy  assossiatsiya  tashkil  qilingan  edi,  ammo  tezda  o‘z  faoliyati 
masshtablarini  sezilarli  kengaytirishga  imkon  beruvchi  –  ta‘sir  ko‘rsatuvchi 
hukumatlararo  tashkilotga  aylandi.  Taniqli  psixolog  J.Piaje  uzoq vaqt XMB rahbari 
bo‘lib  faoliyat  olib bordi. Uning o‘rinbosari bo‘lib komparativist P.Rosselo xizmat 
qiladi  hamda  ―Julen  Parijskiy  –  qiyosiy  pedagogika  otasi  va  xalqaro  Maorif 
Byurosining  yo‘lboshchisidir‖  deb  nomlangan  doktorlik  dissertatsiyasini 
tayyorlaydi.  XMB  ilmiy–pedagogik  muassasalar  va  turli  mamlakatlar,  maorif 
boshqarmalari  orasida  aloqa  o‘rnatadi.  Xalqaro  pedagogik  konferensiyalar, 
pedagoglar  va  maorif  arboblarining  chet  el  safarlarini  uyushtiradi.  XMB 
faoliyatida  nashr  ishiga  alohida  o‘rin  ajratadi.  Ta‘lim  va  tarbiya  masalalariga 
bag‘ishlangan  turli  xil  adabiyotlar  chop  etildi.  1927  yildan  har  kvartalda 
chiqariladigan  ―Pedagogik  hujjatlar  va  axborotlar‖  davriy  nashri  va  ―Qiyosiy 
pedagogika  bo‘yicha  izlanishlar  va  sharhlar‖  seriyasi,  1933  yildan  –  ―Ta‘lim 
bo‘yicha  xalqaro  yilnoma‖lar  shular  jumlasidandir.  Bu  faoliyatni  ―amaliy  qiyosiy 
pedagogika‖ deb atash mumkin.  
Ikkinchi  jahon  urushi  yillarida  xalqaro  pedagogik  aloqalar  uzildi,  ammo  
tezda  qayta  tiklandi.  XX  asr  o‘rtalarida  yoyilgan  ilmiy-texnika  revolyutsiyasi 
jamiyat  hayotida  turli  sohalarni  internatsionallashtirish,  shu  jumladan,  ta‘lim 
jarayonini  jadal  rivojlanishiga  sharoit  yaratdi.  Maorif  sohasida  xalqaro  hamkorlik 
yanada kengaydi. Shunga xos institutsion baza yaratila  boshlandi. 
1946  yilda  ta‘lim  masalasi  doimo  ustun  bo‘lgani  uchun,  ta‘lim  Fan  va 
madaniyat  masalalari  bo‘yicha  (YUNESKO)  Birlashgan  Millatlar  Tashkiloti 
tuzildi.  Bu  katta  obro‘ga  ega  bo‘lgan  tashkilot  bilan  1969  yildan  rasman 
YUNESKOning  tarkibiy  qismi  hisoblangan  XMB  faol  hamkorlik  qilar  edi. 
Jahondagi  ta‘lim  ahvoli  haqidagi  turli  materiallarni  to‘plash,  tizimlashtirish  va 
nashr  ettirishni  amalga  oshirayotgan  YUNESKO  organlari  qiyosiy  –  pedagogik 
izlanishlarda  zaruriy-doimiy  baza yaratdilar. 


 
32 
1977  yilda  YUNESKO  nashriyotida  ―Ta‘limda  xalqaro  sinflash‖  nashr 
qilindi,  unda  shakllangan  prinsiplar,  hozirgi  kunda  ham  chiqarilayotgan  ta‘lim 
bo‘yicha  yilnomaga  asos  bo‘lib  xizmat  qilgan.  YUNESKO  tomonidan  qiyosiy 
pedagogikaning  rivojlanishi,  ta‘lim  sohasidagi  milliy  qonuniy  aktlar,  rejalar  va 
reformalarni  taqqoslash  prinsiplari  va  uslublarini  ishlab  chiqish  masalalariga 
maxsus bag‘ishlangan  ilmiy  konferensiyalar  hamda seminarlar  o‘tkazildi.   
  1950  yillardan  boshlab,  qator  mamlakatlarda,  yirik  izlanish  markazlari 
faoliyat  ko‘rsata  boshladi.  Frankfurt  –  na  –  Mayn  (GFR)da  xalqaro  pedagogik 
izlanishlar  instituti,  Sevra  (Fransiya)dagi  xalqaro  pedagogik  izlanishlar  markazi, 
Zalsburgdagi  (Avstriya)  qiyosiy  pedagogika  instituti  va  boshqalar. AQSh, Angliya, 
Germaniya,  Yaponiya  universitetlarida  qiyosiy  pedagogika  kafedralari  tashkil 
qilindi.  Uning  a‘zolari  izlanish  ishlarini  ma‘ruzalar  o‘qish,  seminar  mashg‘ulotlar 
o‘tkazish bilan  shug‘ullanar  edi.  
Dunyo  ta‘limini  rivojlantirish  masalalari  bilan  qiziquvchi  alohida  mamlakat 
masshtabidagi  nazariyotchilar  hamda  amaliyotchi  pedagoglarni  birlashtiruvchi 
qiyosiy  pedagogikaning  milliy  jamiyatlari  vujudga  keldi.  Dastlabki  jamiyat  1956 

Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish