30
ijtimoiy fan texnika taraqqiyotining qudratli omili bo‘lishi, ta‘limga innovatsion
yondashuv rivojlanishi lozim. Jamiyat yangilanishining hozirgi bosqichida maktab
ta`limini demokratlashtirish, insonparvarlashtirish va tabaqalashtirish sohasida
qator islohotlar amalga oshirilmoqda.
Maktabni qayta qurish prinsiplarini amalga oshirish har doim istalgan natijani
bermaydi, ba‘zan o‘ziga xos ziddiyatlarni keltirib chiqaradi. Demokratlashtirish
o‘rniga o‘zboshimchalik, intizomning bo‘shashib ketishi, ta‘lim sifatining pasayib
ketishi, tabaqalanish o‘rniga tor yo‘nalishdagi mashqlarga alohida e‘tibor berish,
ayrim fanlarni afzal ko`rish va boshqa fanlarni pisand qilmaslik hollari kuzatilishi
mumkin. Natijada o‘qitish va tarbiyalash ishlarida tartibsizliklar sodir bo‘lishi,
umumiy ta`lim saviyasining pasayishi yuzaga kelishi mumkin.
Amaliyotdan ma‘lumki, ta‘limning dolzarb muammolarini hal qilish uchun
xalqimizning madaniy me‘rosini o‘rganish, chet el tajribalarini o‘zlashtirish talab
etiladi. Shuning uchun oliy o‘quv yurtida pedagogika fanining strategik
yo‘nalishlari: ta‘lim-tarbiyada pedagogik merosni o‘rganish va uni hozirgi
bosqichdagi ta‘lim bilan taqqoslash; o‘qituvchilarning amaliy tayyorgarlik
saviyasini oshirish; qobiliyatli, iste‘dodli o‘qituvchilarni aniqlash; umumiy
yo‘nalishlar va kasb-hunar ta‘limini innovatsion texnologiyalar bilan boyitish
zarur. Ta`lim tizimimiz va boshqa milliy ta‘lim tizimlari shakllanish tarixi
baynalminallikdir. Bu baynalminallik faqat pedagogik hamkorlikka emas, balki
o‘xshash jarayonlarga iqtisodiy, ijtimoiy voqealarga, yangi axborot texnologiyasi
va ta`limning qudratli infrastrukturasiga bog ‗liqdir.
Hozirgi pedagogika fani hamda ta‘lim muassasalari oldida o‗rganish,
taqqoslash, xulosalash zarur bo‘lgan qator muammolar turibdi. Ularni hal qilish,
samaradorligini oshirish va xalq ta‘limi tizimiga joriy qilish muhimdir:
1. Ta ‗lim tizimi rivojlanishini rag‘batlantiradigan qonunlar qanday bo‘lishi
kerak?
2. Ta lim va tarbiya vositalarining samaradorligini oshirish uchun nima qilish
zarur?
3. Kelajakni ta‘minlash va erishilgan yutuqlarni yo`qotmaslik uchun ta‘lim
mazmuni qanday bo‗lishi kerak?
4. Yetarli darajada yuqori saviyali ilmiy bilim berish uchun nima qilish kerak?
5. O‗qitish jarayoniga innovatsiyani joriy etish, turli xalqlarning madaniyatini
o`rganish, ta‘limda ulkan amaliy tajribalarni umumlashtirish zarur.
Zamonaviy
ta‘lim
mazmunini
yoritish,
jahon
ta‘lim
tizimiga
integratsiyalash, ta‘lim sohasidagi innovasiyalar va yangiliklarni qo‘llagan holda
jamiyatning rivojlanishini ta‘minlaydigan yoshlarni voyaga etkazish va tarbiyalash
borasida mustaqillik yillarida bir qator o‘zbek olimlari faoliyat olib borishdi. Bular
qatoriga: M.Ochilov, K.Hoshimov, A.Munavvarov, R.Mavlonova, S.Nishonova,
O.Musulmonova, K.Zaripov, O.Roziqov, X.Ibragimov,
TERDU rektori? va
hokazolarni kiritish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: