Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari


-jadval  Metallar muvozanati jadvali



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

17-jadval 
Metallar muvozanati jadvali 
Mahsulot 
Mahsulot chiqishi 
Misning 
miqdori, % 
Misning ajralishi, 
ε
Си
,% 

t/sut 
Boyitma 
2,55 
255 
18 
92 
Chiqindi 
97,45 
9745 
0,041 

Bosh mahsulot 
100 
10000 
0,5 
100 
 
 
Nаzоrаt uchun sаvоllаr: 
1.
Minеrаl zаrrа yuzаsining ho‘llаnishi dеgаndа nimа tushunilаdi? 
2.
Sеlеktiv flоtаtsiya sхеmаsi dеb nimаgа аytilаdi? 
3.
Nаzоrаt flоtаtsiyasi dеb nimаgа аytilаdi vа u nimа mаqsаddа 
qo‘llаnilаdi? 
4.
Tоzаlаsh flоtаtsiyasi dеb nimаgа аytilаdi vа u nimа mаqsаddа 
qo‘llаnilаdi? 
5.
Flоtаtsiya jаrаyonigа rеаgеntlаr qаndаy tаrtibdа qo‘shilаdi? 
 
 
3.15. Ruxli rudalarning flotatsion sxemasi 
 
Mis-rux rudalari selektiv flotatsiya o‘tkazish nuqtayi nazaridan 
qaralganda murakkab hisoblanadi. Bu ularning murakkab moddiy tarkibi 
bilan, qimmatbaho minerallarning donadorlik xarakteristikasiga va mis va 
rux minerallarining flotatsiyalanish xususiyatlarning bir biriga yaqinligi 
bilan izohlanadi. Mis-rux rudalari to‘g‘ridan to‘g‘ri selektiv yoki kollektiv-
selektiv flotatsiya sxemalarida boyitiladi. 
Tug‘ridan to‘g‘ri selektiv flotatsiyada yanchish jarayoni 85-95% -
0,074 mm sinfgacha yetkazilishi, ya’ni mayindispers xalkopirit, sfalerit va 
piritning yuzalari ochilishi zarur. Xalkopiritni flotatsiyalash va sfalerit 
hamda piritni tazyiqlash uchun yanchishda tegirmonga reagentlar 


137 
qo‘shiladi. Mis flotatsiyasi chiqindilaridan sfaleritni mis kuporosi bilan 
faollantirilgandan keyin rux boyitmasi olinadi. Bunday sxema yirik 
donador mis-rux rudalarini flotatsiya qilishda mis minerallari asosan 
xalkopirit ko‘rinishida bo‘lganda, sfalerit esa mis ionlari bilan 
faollantirilmagan hollarda qo‘llanadi.
Mis-rux rudalarini selektiv flotatsiyasi Sibay fabrikasida (MDH), 
«Rutten», «Foks», «Ekstol» va «Kvemont» (Kanada) fabrikalarida, hamda 
Finlyandiya va Norvegiya fabrikalarida qo‘llaniladi. 
Mis boyitmasini sifatini oshirish maqsadida uni qayta tozalash 
jarayonidan oldin yanchiladi. Yanchishdan so‘ng yanchilgan boyitma 
odatda alohida siklda flotatsiyalanadi. Boyitma qayta tozalashga, chiqindi 
esa chiqindi saqlash joyiga yuboriladi. 
Yirik donador rudalar kollektiv flotatsiyadan oldin 45-60% – 0,074 
mm sinfdagi o‘lchamda dag‘al yanchiladi, bunda sulfidli minerallarning 
asosiy qismi puch tog‘ jinsi minerallaridan ajratiladi. Yaxlit rudalarni 
qayta ishlashda sulfidlarni kollektiv flotatsiyasi 85-90% – 0,074 mm 
sinfgacha yanchilgandan so‘ng va piritning asosiy qismini tazyiqlash 
maqsadida albatta oxakli muhitda (200-500 g/m
3
erkin CaO) o‘tkaziladi. 
Yig‘uvchilar sifatida fabrikalarda asosan ksantogenat va ditiofosfatlar 
(150-200 g/t), ko‘pik hosil qiluvchi sifatida esa T-66 qo‘llaniladi. 
Agar rudada sfaleritning ikki xil turi uchrasa, unda kollektiv 
boyitmaga avval mis sulfidi va yuqori faollangan sfalerit ajratiladi, qolgan 
sfalerit rux fltatsiyasida mis kuporosini bilan faollantirilgandan so‘ng 
ajratib olinadi. 
Kollektiv mis-rux boyitmasi ajratilishidan avval albatta oxakli 
muhitda yanchiladi va natriy sulfidi (0,2-3 kg/t rudada) hamda 
faollantirilgan ko‘mir (0,3 kg/t) yordamida desorbsiyalanadi. 
Desorbsiya chanlarda qattiqlik miqdori 55-60% bo‘lganda 
o‘tkaziladi. 
Kollektiv mis-rux boyitmasi sianidli va sianidsiz usul bilan 
ajratilishi mumkin. Birinchi ko‘rinishda yanchishda tegirmonga yoki 
changa mis flotatsiyasidan oldin sianid aralashmasi va rux kuporosi 
beriladi. Ikkinchi ko‘rinisha esa, sianid natriy sulfidi yoki natriy tiosulfati 
bilan almashtiriladi, u rux kuporosi bilan birgalikda sfaleritning yaxshi 
tazyiqlovchisi hisoblanadi. Urarning sarfi odatda quyidagicha, kg/t rudada: 
0,1–0,2 natriy sulfidi; 0,2–0,3 natriy tiosulfati va 0,3–0,5 rux kuporosi. 
Mis flotatsiyasi ksantogenat va ko‘pik hosil qiluvchi reagent 
ishtirokida amalga oshiriladi. Tozalash jarayonida mis boyitmasining 
sifatini oshirish maqsadida natriy sulfidi, rux kuporosi va albatta oxak 


138 
(500–700 g/m
3
erkin CaO) qo‘shiladi. Mis flotatsiyasining chiqindilaridan 
mis kuporosi (0,1–0,3 kg/t) bilan faollantirilgandan so‘ng sfalerit 
flotatsiyalanadi. Piritni tazyiqlash uchun asosiy rux flotatsiyasida 
bo‘tanaga 800-1000 g/m
3
gacha erkin CaO, qayta tozalash flotatsiyasida 
esa 1100–1200 g/m
3
gacha erkin CaO qo‘shiladi. 
Kolchedanli mis-rux rudalarini flotatsiyalashda rux flotatsiyasining 
chiqindisi ko‘p hollarda tayyor pirit boyitmasi hisoblanadi, donador 
rudalar flotatsiyasida esa pirit tarkibli chiqindilar olinadi, ular kuchsiz 
nordon muhitda flotatsiyalanib, pirit boyitmasi olinishi mumkin. 
Agar olinayotgan rux boyitmasida ruxning miqdori 37-40% dan 
oshmasa, unda u missizlantirish va temirsizlantirish jarayonlariga 
yuboriladi. Bunda olingan rux boyitmasi 60 % qattiqlikkacha 
quyultirilgandan so‘ng yanchiladi, agar bu zarur bo‘lsa. Quyultirgichda 
yuviladi, soda va rux kuporosi bilan aralashtirilib, pH 7-8 muhitda mis-
pirit flotatsiyasiga yuboriladi. Ko‘pikli mahsulot - mis-pirit boyitmasi 
tayyor mis boyitmasi bilan birlashadi, kamera mahsuloti esa maromiga 
yetgan rux boyitmasi hisoblanadi.

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish