Konsentrаtsion stollаrning аfzаllik vа kаmchiliklаri
Konsentratsion stolning afzalliklari: boyitishning yuqori
samaradorligi, mineral zarrachalar ajralishini yaqqol kuzatish mumkinligi
va uni darhol sozlash mumkinligi.
Stolning kamchiliklari: solishtirma ishlab chiqarish quvvatining
pastligi, binoning katta maydonini egallashi, sinish oqibatida nisbatan tez-
tez ishdan chiqishi, hamma bo‘g‘imlarini sinchiklab sozlash kerakli
hisoblanadi.
Nаzоrаt uchun sаvоllаr:
1.
Sеgrigаtsiya dеb nimаgа аytilаdi?
2.
Cho‘ktirish mаshinаlаrining qаysi turlаrini bilаsiz?
3.
Cho‘ktirish mаshinаlаrining аsоsiy pаrаmеtrlаri nimаdаn ibоrаt?
4.
Minеrаl zаrrаlаrni kоnsеntrаtsiоn stоldа bоyitish nimаgа
аsоslаngаn?
5.
Kоnsеntrаtsiоn stоldа bоyitishdа minеrаl zаrrа qаndаy
kuchlаrning tаsirigа uchrаydi?
50
2.5. Shlyuzlarda boyitish. Shlyuzlarning asosiy parametrlari,
tuzilishi va ishlash tartibi.
Shlyuzlarda boyitish.
Sochma kon oltinli rudalarini, volfram, qalay
va kamyob metallar rudalarini boyitishda shlyuz deb ataluvchi
moslamadan foydalaniladi [1].
Shlyuz - to‘g‘ri burchak shakldagi qiya tarnovchadan iborat bo‘lib,
uning tubiga trafaret yoki juni o‘sik mato (kiygiz, tuki o‘sik movut, g‘adir-
budir rezina va h.k.) to‘shaladi.
Trafaret sifatida yog‘och g‘o‘lalar, to‘rtburchak yoki dumaloq
g‘o‘lalardan ko‘ndalang kesilgan yog‘ochlar ishlatilib, ma’lum oraliqda
ko‘ndalang qatorlar bo‘ylab o‘rnatiladi. Shuningdek, metal trafaretlar ham
ishlatiladi. Ular suvning uyurma (girdob) oqimini hosil qiladi, g‘adir-budir
materialdan tayyorlangan qoplamalar esa shlyuzning tubi bo‘ylab
harakatlanayotgan
zarrachalarning
qarshiligini
oshiradi
va
quyi
qatlamlarda suv harakatini pasaytiradi [1].
Trafaret va qoplamalar shlyuzlar ishining sifat ko‘rsatkichlarini
belgilovchi muhim omil hisoblanadi.
Trafaretlarning balandligi suv oqimi chuqurligidan katta bo‘lmasligi
kerak, o‘z navbatida u boyitilayotgan mahsulot yirikligiga qarab tanlanadi.
Odatda oqim chuqurligi boyitilayotgan mahsulotning eng katta zarrachasi
o‘lchamidan 2-3 marta katta bo‘lishi kerak.
Bo‘tana
shlyuz
bo‘ylab
harakatlanganda
zarrachalar
aralashmasining zichligi va yirikligiga qarab ajralishi sodir bo‘ladi.
Avval shlyuz tubiga og‘ir minerallar cho‘kadi. Ular trafaretlar
orasida yig‘iladi va g‘adir-budir yuzada ushlab qolinadi. Yirikroq valun va
galkalar hamda yengil zarrachalar suv oqimi bilan shlyuzdan chiqib ketadi.
Vaqt o‘tishi bilan trafaretlar orasi va junli qoplama uyalari (ko‘zlari)
da og‘ir mineral zarrachalari yig‘iladi. Yig‘ilib-yig‘ilib oxiri to‘liq to‘ladi
va shlyuzga mahsulot berish to‘xtatiladi. Cho‘kkan mahsulot shlix
deyiladi. Shlix ajratib olinadi.
Cho‘kmani ajratib olish jarayoni chayish deyiladi. Avval yuqori
qatlamda qolgan yengil zarrachalarni ajratib olish uchun shlyuzga suv
beriladi. Keyin suv berish to‘xtatiladi va trafaretni ajratib olishga
kirishiladi. Bunda to‘plangan mahsulot suv bilan yaxshilab yuvib
tushiriladi.
51
Do'stlaringiz bilan baham: |