Bu maqsadda yuzani unga to‘shayotgan butun energiyani yutadigan modda (qora kuya) bilan qoplash va temperatura o‘zgarishiga qarab, yutilgan energiyani o‘lchash mumkin. yuza orqali birlik vaqtda oqib o‘tuvchi nur energiyasi quvvatini ko‘rsatuvchi nisbat sirt orqali o‘tuvchi nur energiyasi oqimi deyiladi. 3.3- rasm. Nur energiyasi bir jinsli muhitda to‘g‘ri chiziq bo‘ylab tarqalgani uchun L nuqtadan yuza konturiga tiraladigan nurlar to‘plami o‘tkazib, oqimning orqali o‘tayotgan qismini chegaralovchi konus hosil qilamiz. Agar muhit ichida energiya yutilmasa u holda bu konusning har qanday kesimidan bir xil oqim o‘tadi. Markazi L da radiusi 1 ga teng bo‘lgan sferik sirt bilan bu konusning kesishishidan hosil bo‘lgan kesim konusning d fazoviy burchagining o‘lchovi bo‘ladi. Agar sirtga o‘tkazilgan n normal konus o‘qi bilan i burchak tashkil qilsa, va L dan gacha bo‘lgan masofa R bo‘lsa, u holda
Do'stlaringiz bilan baham: |