Fiziologiya so’zi yunoncha bo’lib, tabiiyot ma’nosini bildiradi. XVI asrdan


FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI



Download 0,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/176
Sana11.02.2022
Hajmi0,99 Mb.
#443028
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176
Bog'liq
2 158241988347428973

FIZIOLOGIYANING RIVOJLANISH TARIXI
HAQIDA QISQACHA MA’LUMOT


Organizmning hayot faoliyatini o’rganib, tushunishga qaratilgan harakatlar
jamiyat taraqqiyoti bilan teng. Ko’hna Yunon, Rim, Xitoy, Hindiston, Misr
shifokorlari va olimlari funksiyalar to’g’risidagi ilk tushunchalarga asos
solganlar. Jumladan, Buqrot (Gippokrat), Arastu (Aristotel), Jolinus (Galen) va
boshqalarni eslatish mumkin.
Buqrot (eramizdan 460-377 yil avval) – ko’hna yunonning buyuk shifokori,
tibbiyot, falsafa, etika va boshqa fanlar rivojiga katta hissa qo’shgan. U Kos
orolida tug’ilib, ko’p yillar mobaynida oilaviy tibbiy maktabda tahsil olgan.
Buqrotning ota-onasi, o’g’illari va kuyova ham shifokor bo’lishgan.
Buqrotning otasi tibbiyot sohasida unga ustozlik qilgan. Otasining vafotidan
so’ng u Afinada tahsil olishni davom ettirdi. Buqrot Yunoniston, Misr, Liviya,
Qora dengiz bo’yi mamlakatlarida sayyoh-shifokor bo’lib uzoq vaqt yashagan.
Buqrot tibbiyotni ibodaatxonalarning ruhoniylaridan xalos qilib, mustaqil
rivojlanishi yo’lida katta xizmat qildi. U inson salomatligiga tashqi muhitning
kuchli ta’sir qilishi to’g’risida fikr yuritgan.
Turli xulq-atvorga, his-tuyg’u, xatti-harakatlarga ega bo’lgan insonlarni
temperamenti (mijozi) bo’yicha Buqrot to’rt turga bo’lgan. Mijozi issiq, issiq
qonli odamlarni sangvinik – serharakat, ildam, deb atagan. Vujudida sovuq
shilimshiq ko’p bo’lgan odamlarni flegmatik – sovuqqon, vazmin turga ajratgan.
Badanda o’tning ko’pligi Buqrotning fikricha, qiziqqonlik, serjahllikka olib
keladi. U bundau insonlarni tiyib bo’lmaydigan xoleriklar, deb atagan. Vujudida
qora, kuygan o’t ko’payib ketgan shaxslar melanxoliklarni tashkil qilib, ular
imirsiydaigan, o’ziga ishonmaganlardir.
Asrlar o’tib, Buqrotning kuzatishlari asosida odamlar mijozi, temperamenti
bo’yicha to’rt xilga bo’linadi, degan fikr I.P.Pavlovning ilmiy tekshiruvlarida
tasdiqlandi.
Buqrot 
birinchilar 
qatorida 
shifokorning 
odob-ahloqi, 
bemor 
va
hamkasblariga bo’lgan munosabati, tashqi qiyofasi qanday bo’lishi to’g’risida
o’z fikrini qisqacha yozgan. Buqrotni tibbiyot asoschisi deyish mumkin.
Jolinus (Galen, 134-211- yillar) fiziologiyaning rivojlanishiga katta hissa
qo’shgan. U o’zi tug’ilgan shahar Pergamda, Smirna, Iskandariya
(Aleksandriya), Korinf shaharlarida taniqli shifokorlardan ta’lim oldi. 164-yilda
Rimga ko’chib borib, imperator Mark Avreliy saroyida shifokorlik qildi. Jolinus
cho’chqa va maymunlarda tajribalar o’tkazib, anatomiya va fiziologiyani chuqur
o’rgandi, chunki u organizm tuzilishi va faoliyatini aniq bilmay turib, kasallikni
aniqlash, bemorni davolash mumkin emas, degan fikrda bo’lgan. Tibbiyot va
biologiyaga tajribani kiritish Jolinusning buyuk xizmatlaridan biridir. U bosh va
orqa miya faoliyatini tekshirib, odamning ruhiy xususiyatlari bosh miya
faoliyatiga, orqa miyaning oldingi ildizlari harakat, orqa ildizlari esa sezgiga
bog’liq bo’lishini aytgan.
Jolinus qonning tomirlarda to’xtivsiz aylanishini bilmagan. U “xom” qon
jigarda hosil bo’lib, yurakning o’ng qorinchasiga keladi, qorinchalar o’rtasidagi


teshik orqali chap qorinchaga o’tib, arteriyalar bo’ylab ichki a’zolarga tarqalib,
yo’q bo’lib ketadi, deb o’ylagan.
Jolinusning qon harakati to’g’risidagi bu xato fikrlari 15 asr davomida
hukmron bo’lib keldi. Buning sababi – o’rta asrlar (III-XVI asrlar) Ovro’poda
turg’unlik va tushkunlik davri bo’ldi. Ilmiy haqiqatlarni yoqlagan ko’pgina
olimlar quvg’in qilindi.
Aksicha, Sharq mamlakatlarida o’rta asrlar davomida ilm va fan juda
rivojlandi. Shu davrda xozirgi Markaziy Osiyo davlatlari hududida jahonga
tanilgan ko’pgina olimlar yashadi va ijod qildi. Abu Nosir Muhammad Al-
Farobiy 873-yilda Sirdaryo bo’yiga joylashgan Farob qishlog’ida tug’ildi. Al-
Farobiy o’zining 160 dan ortiq ilmiy asarlari bilan falsafa,tabiiyot, musiqa
nazariyasi, tibbiyotga ko’p yangiliklar kiritdi.
Al-Farobiyning shifokorlik faoliyati to’g’risida aniq ma’lumotlar yo’q.
Ammo u tibbiyotga juda qiziqqan, hamda anatomiya va fiziologiyadan bizni
hayratga soladigan darajada bilimga ega bo’lgan. Olim odam organizmining
faoliyati uchun miya va uning markazlarining ahamiyati juda kattaligini yaxshi
tushungan, nervlarni sezuvchi va harakatlantiruvchi nervlarga bo’lgan, yurak
faoliyatini nervlar boshqaradi, deb taxmin qilgan. Al-Farobiy fanlar tasnifiga
bag’ishlangan asarida quyidagi fikrni aytadi: “Bemorni yaxshi davolash uchun
shifokor ikki narsaga ega bo’lishi kerak. Birinchi – umumiy nazariyani yaxshi
bilishi, ikkinchi – kasal va sog’ odamlarni ko’p kuzatib, tajriba orttirishi kerak.
Faqat shundaginna shifokor har qaysi kasalga mos davolash yo’lini va kerakli
dori-darmonni aniqlashi mumkin.” Al-Farobiyning bu so’zlari hozir ham o’z
ahamiyatini yo’qotgani yo’q.
O’zi tirikligida “ikkinchi muallim” degan ulug’ unvonga sazovor bo’lgan Al-
Farobiy (Arastuni falsafa, mantiq, umuman ilm-fan sohasida “birinchi muallim”,
deb atashgan) Ibn Sino va boshqa Sharq olimlarining dunyoqarashiga katta ta’sir
ko’rsatgan.
Abu Ali ibn Sino taxminan 980- yili Buxoro yaqinidagi Afshona qishlog’ida
tug’ilgan. Unda shifokorlikka bo’lgan zo’r qiziqish juda erta uyg’ondi. O’tkir
qobiliyatli Ibn Sino yigitlik chog’idayoq taniqli shifokor bo’lib yetishdi.
Buxorodan Gurganchga ko’chib, Xorazmshox saroyida 10 yilcha xizmat qildi.
Umrining ikkinchi yarmini Eronda Hamadon hokimining hakimi va vaziri
sifatida o’tkazdi. 1037-yili Hamadonda vafot etdi.
Jahon Ibn Sinoni tibbiyot fanining buyuk namoyondasi va ulug’ mutafakkir
sifatida taniydi. Uning «Tib qonunlari» XII asrda arab tilidan lotinchaga
ag’darilib, qo’lyozma shaklida Ovro’po mamlakatlarida tarqala boshladi. Bu
asar ilk bor chop etilgan kitoblar orasida bo’lib, XVIII asrgacha tibbiyotni
o’rganuychi talabalarning va hakimlarning asosiy qo’llanmasi sifatida xizmat
qildi. «Tib qonunlari» 5 jilddan iborat bo’lib, tibbiyot nazariyasiga, inson
organizmining boshidan oyog’igacha tuzilishi, kasalliklari, ularning oldini olish
va davolashga oid ma’lumotlar majmuasidir. Bu asarda odam organizmining
faoliyati, fiziologiyasiga doir ma’lumotlar va fikrlar ham bor.


Masalan, Ibn Sino tashqi muhit odam organizmiga kuchli ta’sir ko’rsatishi
mumkinligiga katta ahamiyat bergan. Faqat bir fasldan ikkinchi faslga o’tish
emas, balki kunning tunga ulanishi ham organizmda o’zgarishlar keltirib
chiqaradi, degan.
Ibn Sinoning bolani tarbiyalash va o’stirish to’g’risidagi fikrlari diqqatga
sozovor. Uning fikricha, bolani chaqaloqlik davridan tozalikda tutib tarbiyalash,
sog’liqni saqlashning asosiy omillaridan biri.
Ibn Sino bosh miya va ichki a’zolar faoliyati haqida to’g’ri tasavvurga ega
bo’lgan. Uning nafas olish mexannikasi, o’pkaning nafas olib, nafas chiqarishda
passiv etishi to’g’risidagi, nafas olganda o’pkaning kengayishi ko’krak
qafasining kengayishiga bog’liq, degan fikrlari hozirgi zamon tushunchalaridan
farq qilmaydi.
Buyuk alloma qolbning tanaga, ruxiy holatning fiziologik jarayonlarga
ta’sirini bir tajriba asosida isbotlagan. Ikki qo’yni ikkita katakka qo’yib, bir xil
ovqatni teng miqdorda berib boqqan. Faqat qo’ylardan biri qarshisidagi bo’rini
doim ko’rib turgan. Bo’rining qonsiragan nigohini ko’rgan qo’y ozib-to’zib,
kasal bo’lib o’lgan.
Shuni afsus bilan ta’kidlash kerakki, «Tib qonunlari»dagi va o’rta asrlarda
Markaziy Osiyo hududida yashagan taniqli olim hakimlar – Ismoil Juzjoniy,
Umar Chog’mini, Abdulg’ozi Bahodirxon va boshqalarning asarlaridagi
fiziologiyaga oid ma’lumotlar hozirgacha yetarlicha o’rganilmagan.
Ibn Sinoning falsafiy qarashlari, tibbiyotga kiritgan yangiliklari o’rta asrlarda
Sharq va G’arb olimlari dunyoqarashiga katta ta’sir ko’rsatdi. Umar Hayyom
(XI asr), mashhur italiyalik matematik va shifokor Kardano (XVI asr), Al
Kaxxal (XVI asr), R.Dekart (XVII asr) va boshqa ko’pgina olimlarni Ibn Sino
ilmiy falsafiy qarashlarining davomchisi, desa bo’ladi.
XVI asrning o’rtalarida ijod qilgan va tibbiyotda ko’pgina yangiliklar
yaratgan mashhur anatom A.Vezaliy Ibn Sino asarlarini sinchiklab o’rgangan,
uning anatomiya sohasidagi ma’lumotlari aniqligini tan olgan. A.Vezaliy
dunyoda birinchi bo’lib hayvonlarda tajriba o’tkazishga bag’ishlangan
qo’llanmani yaratdi. Bu kitob olimlar o’rtasida tajribaga bo’lgan qiziqishni
uyg’otdi, keyingi asrlar davomida bu qiziqish tobora orta bordi.
1628-yili fiziologiyaning fan sifatida shakllanishida tarixiy yil hisoblanadi.
Ingliz shifokori Uilyam Garvey o’zining “Hayvon yuragi va qonning harakati
to’g’risida anatomik tekshirishlar” degan noyob kitobini chop etib, Jolinusning
qon aylanishi to’g’risidagi haqiqatdan ancha yiroq tasavvurini inkor etdi. Garvey
o’zi o’tkazgan juda ko’p tajribalar natijasida qonning uzluksiz harakatda
bo’lishini, yurakning qisqarishlari esa qonni harakatga keltiruvchi kuch ekanini
isbot etdi. Olimning buyukligi shunda ediki, u organizmda kapillyarlar birligini
bilmay turib (ular hali kashf qilinmagan edi), tomirlar berk doiralarni tashkil
qiladi, bu doiralarda arterial tomirlarni venalar bilan bog’lab turuvchi ko’zga
ko’rinmaydigan qismi bor, deb faraz qildi. Garvey vafotidan keyin 4 yil o’tgach,
1661-yilda M.Malpigi kapillyarlarni tipib, Garveyning bu farazi to’g’riligini


isbotladi. Qon aylanishi kashf etilgan 1628-yil fiziologiya fanining tug’ilgan yili
hisoblanadi.
Fiziologiyaning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega bo’lgan XVII asr
kashfiyotlari qatorida faranng faylasufi R.Dekartning tashqi ta’sirlarga
organizmning javob reaksiyalarini (keyinchalik refleks nomini olgan
reaksiyalarni) birinchi bo’lib tasvirlaganini aytib o’tish kerak.
XVIII asrda ko’pchilik dorilfununlarda fiziologiya mustaqil fan sifatida
o’qitila boshlandi, maxsus kafedralar tashkil topdi.
Qaysi davrni olmaylik, fanlarning rivojlanishi jamiyatning umumiy rivojiga,
texnika va ishlab chiqarish imkoniyatlariga bog’liq bo’lgan. Mexanika, fizika va
kimyo fanlarining XVIII asrda erishgan yutuqlaridan fiziologiyada ham
foydalanilgan. Fiziologiyada asosan kimyoviy jarayonlarni kimyoviy usullar
yordamida, fizikaviy jarayonlarni esa fizika usullarini qo’llanib o’rganadigan
yo’nalishlar shakllandi. Mexanika, gidravlika, optika qonunlarinni fiziologik
tatbiq etish hayvonlarda arterial qon bosimini o’lchash, nafas mexanizmlarini
aniqlash, ko’z muhitlarining nur sindirishini ta’minlashdagi ahamiyatini
tushunishga imkon berdi.
Kimyo yutuqlaridan foydalanib, R.Reomyur va L.Spalansini ovvqat hazm
qilish jarayonlarini o’rganishdi, A.Lavuazye va P.Laplas organizm sarflaydigan
energiya miqdorini birinchi marta olchashdi. Organizmda modda va energiya
almashinuvini batafsil o’rganilishiga M.V.Lomonosov, R.Meyer, J.Joul,
G.Gelmgolslar tomonidan ta’riflab berilgan tabiatning asosiy qonuni – modda va
energiyaning saqlannish qonuni mustahkam zamin bo’ldi.
XVIII asrning oxirlarida L.Galvani “Hayvon elektri” haqidagi ta’limotni
yaratib, elektrofiziologiyaga asos soldi. Bu sohaning rivojlanishiga K.Matteuchi.
E.Dyubua-Raymon, E.Pflyuger, keyinchalik V.Yu. Chagoves, Yu.Bernshteyn,
A.Xodjkin va Xakslilarning xizmati katta.
XIX asrda fiziologiya anatomiyadan ajralib, mustaqil fanga aylandi va juda
katta muvaffaqiyatlarga erishdi. Bunga modda va energiyaning saqlanish qonuni
isbotlannishidan tashqari, hujayraning kashf etilishi va organik olamning
rivojlanishi nazariyasi yaratilgani sabab bo’ldi. Bu davrda erishilgan yutuqlar
yangi tajriba usullariga ham bog’liq edi. 1847-yilda K.Lyudvig kimograf kashf
etdi, keyinroq qon bosimi va qon oqish tezligini o’lchash uchun manometr va
qon soatini taklif qildi. 1842-yili Moskvalik jarroh V.A.Basov jarrohlik yo’li
bilan it me’dasiga fistula o’rnatib, tajribalarni bir hayvondaa uzoq vaqt o’tkazish
mumkinligini ko’rsatdi. Tajribalarda qo’llaniladigan jarrohlik usullari XIX
asrning ikkinchi yarmida keng rivojlanndi va ichki a’zolar faoliyatini
o’rganishda qo’l keldi. L.Tiri va L.Vellaning ingichka ichakning bir qismini
ajratib qo’yish usuli yordamida, R.Geydengayn va I.P.Pavlov ajratilgan
me’dacha usulu yordamida va I.P.Pavlov laboratoriyasida yaratilgan boshqa bir
qator usullar yordamida hazm a’zolari faoliyati batafsil o’rganildi.
Shu davrda bosh va orqa miya turli qismlarining fiziologik faoliyatlarni
boshqarishdagi ishtirokini o’rganish jiddiy tus oldi.


Bu yo’nalishda I.M.Sechenov katta ish qildi. Rus fiziologiyasining otasi deb
hisoblangan bu olimning eng yirik ishi markaziy nerv tizimida tormozlanish
jarayonini kashf etishdir. I.M.Sechenov o’zining 1863-yilda chop etilgan “Bosh
miya reflekslari” asarida insonning bbeixtiyor va ixtiyoriy xatti-harakatlarining
hammasi yuzaga chiqishi bo’yicha refleksligini ko’rsatdi. Bu kitobda
I.M.Sechenov bbirinchi bo’lib tabiatning eng murakkab mo’jizasi – ongni tajriba
yo’li bilan o’rganishga jur’at etdi. I.M.Sechenov qondagi gazlarni ilk bor ajratib
olib, tahlil qildi. Uni fiziologiyaning yangi yo’nalishi – mehnat fiziologiyasining
asoschisi, deyish mumkin. I.M.Sechenovning markaziy nerv tizimi faoliyatiga
oid kashfiyotlari I.P.Pavlovga oliy nerv faoliyatini o’rganish uchun zamin
bo’ldi.
I.M.Sechenov bir qator iste’dodli shogirdlar tarbiyaladi. Shulardan organizm
ajratadigan issiqlik miqdorini aniq o’lchash usullarini ishlab chiqqan
V.V.Pashutin 
va 
A.A.Lixachevni, 
markaziy 
nerv 
tizimida 
payvasta
tormozlanishni kashf etgan B.V.Verigoni, parabioz to’grisidagi ta’limot muallifi
N.Ye.Vvedenskiynni va boshqalarni aytib o’tish mumkin.
I.P.Pavlovning ishlari fiziologiya fanining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi.
I.P.Pavlov dastlab yurak va qon aylanish fiziologiyasi bilan shug’ullandi. U
yurak ishini kuchaytiradigan va susaytiradigan maxsus nervlar borligini
ko’rsatdi. Shu nervlardan biri yurak muskulining qisqarish kuchini oshirib,
yurak urishi chastotasiga ta’sir qilmas edi. I.P.Pavlov bu o’zgarishni neryning
yurak trofikasiga ta’siri bilan tushuntirdi. Bu ishlar bilan bir qatorda, I.P.Pavlov
laboratoriyasida hazm a’zolari faoliyati ham jiddiy tekshirildi, olingan natijalar
esa yirik kashfiyot darajasida bo’ldi. Hazm fiziologiyasi sohasida I.P.Pavlov
erishgan ulkan yutuqlar uning o’zi va shogirdlari yaratgan yangi tekshiruv
usullariga bog;liq bo’ldi. Bulardan so’lak va me’da osti bezi yo’llarini
tashqariga chiqarish usuli, nervlari saqlanib qolgan kichik me’dachani ajratish
usuli, ezofagotomiya va boshqalarni ko’rsatish mumkin. 1897-yilda I.P.Pavlov
hazm tizimi a’zolari faoliyatini o’rganishga bag’ishlangan ishlarga yakun yasab,
“Leksii o rabote glavnix pishevaritelnix jelez” nomli kitobini chop etdi. Bu asar
jahon fiziologlari uchun uzoq vaqt davomida asosiy qo’llanma bo’ldi. 1904-
yilda I.P.Pavlov hazm tizimi fiziologiyasiga oid ishlari uchun Nobel mukofotiga
sazovor bo’ldi.
Hazm fiziologiyasini o’rganish juda muvaffaqiyatli ketayotgan bo’lishiga
qaramay, I.P.Pavlov bu ishlarni yig’ishtirib, bosh miya po’stlog’i faoliyatini
tekshirishga kirishdi. Natijada shartli reflekslar kashf etildi, oliy nerv faoliyati
turlari aniqlandi, II signallar tizimi, uyqu va gipnoz nazariyalari shakllandi.
O’ttiz yildan ko’p davom etgan bu izlanishlar natijalari inson ruhiy
faoliyatini o’rganish uchun ilmiy zamin bo’ldi.
B.P.Babkin, L.A.Orbeli, K.M.Bikov, I.P.Razenkov, P.K.Anoxin kabi
jahonga tanilgan olimlar I.P.Pavlovning shogirdlaridir.


XX asrda fiziologik tadqiqotlar olib borish juda rivojlandi. Bu davrda faqat
Ovro’poda emas, AQSh, Yaponiya, Xitoy, Hindiston, Avstraliyada ham
laboratoriyalar tashkil topdi.
Asrimizning boshida fiziologiya fani erishgan yutuqlardan elektrofiziologiya
hodisalarini o’rganish natijalari samarali bo’ldi. Sezgir galvanometrni kashf
etilishi V.Eyntxoven va A.F.Samoylovlarga yurakning elektr potensiallarini
qayd qilish imkonini berdi. Elektr kuchaytirgichlar paydo bo’lishi
elektroensefalografiya va boshqa elektrofiziologik usullarning keng tarqalishiga
olib keldi. Elektrofiziologiya bilan bir qatorda mediatorlar to’g’risidagi ta’limot
yuzaga kelib, rivojlandi. Avstriyalik olim O.Lyovi, undan keyin U.Kennon,
A.V.Kibyakov va boshqalar qo’zg’alishni nervdan muskulga, nervdan nervga
o’tishida maxsus kimyoviy vositachilar – mediatorlar zarurligini ko’rsatdilar.
Mikroelektrodlar texnikasi va stereotaksik usulning rivojlanishi markaziy
nerv tizimida qo’zg’alish va tormozlanishning tarqalishi, bosh miya po’stlog’i
va po’stloq osti tuzilmalarining o’zaro munosabatlarini, hissiyot, intilish, uyqu,
narkoz mexanizmlarini tekshirishda katta ahamiyatga ega bo’ldi. Shu usullar
yordamida ko’pgina nerv markazlarining miyada joylashishi va tuzilishi
aniqlandi, to’rsimon formatsiyaning bosh va orqa miyaga ta’siri o’rganildi,
limbik tizimning ichki a’zolar faoliyatini boshqarishdagi, hissiyot va xatti-
harakatlarning shkllanishidagi roli ko’rsatildi.
XX asrda fiziologiya erishgan yutuqlardan yana muskul qisqarishi
mexanizmining kashf etilishini, vitaminlar to’g’risidagi ta’limotning va ichki
sekretsiya bezlari faoliyatini o’rganuvchi fan – endokrinologiyaning vujudga
kelishini ko’rsatish mumkin.
Bu davrda ichki a’zolar faoliyatini o’rganish, bu faoliyatlarni boshqaruvchi
mexanizmlarni aniqlashga bo’lgan qiziqish so’nmadi. I.P.Pavlov ishlaridan
keyin an’anaviy bo’lib qolgan yo’nalishni davom ettirib, B.P.Babkin,
Ye.S.London, I.P.Razenkov, G.K.Shligin va boshqalar hazm tizimining
harakatlanishi, shira ajratish va so’rish faoliyatlarini o’rganishda ko’pgina
yangiliklar kashf etdilar. A.M.Ugolev oziq moddalar parchalanishining yangi
mexanizmini – membrana hazmini topdi, ichak gormonlarining va gipotalamik
markazlarning ochlik va to’qlikni boshqarishdagi ahamiyatini ko’rsatib berdi.
Boshqa ichki a’zolar faoliyati va boshqarish mexanizmlarini o’rganishda ham
katta yutuqlarga erishildi: yurak ishi qonuniyatlari, qon va tomirlar harakati,
mayda tomirlarda qonning oqishi (mikrotsirkulyatsiya), buyraklar faoliyati va
siydik hosil bo’lish mexanizmlari, nafasning boshqarilishi va gazlarni qonda
tashilishi sinchiklab o’rganildi.
XIX asrda tuzilishi va faoliyatining umumiy rejasi olingan avtonom nerv
tizimi to’g’risidagi ta’limot bizning asrimizda katta rivoj topdi. Avtonom
reflektor yoylarning deyarli hammasi uch qismdan iborat ekanligining
aniqlanishi, qo’zg’alishning shu yoylardan o’tkazilish mexanizmlarini
o’rganilishi, bu jarayonga ta’sir qiluvchi moddalarning topilishi amaliy tibbiyot
uchun katta ahamiyatga ega bo’ldi.


Bir vaqtlar anatomiyaning bir qismi bo’lgan fiziologiyadan uning rivojlanishi
jarayonida bioximiya, biofizika, endokrinologiya, vitaminoligiya kabi mustaqil
fanlar ajralib chiqdi.
Fiziologiyaning o’zi ko’p tarmoqli fanga aylandi. Jumladan qiyosiy,
evolyutsion, qishloq xo’jalik hayvonlari, sport, kosmik va o’simliklar
fiziologiyasi paydo bo’ldi.
XX asrning boshlarida sobiq Sovet Ittifoqi hududida faqat Moskva,
Peterburg, Kiyev, Qozon kabi yirik shaharlarda fizio;ogik markazlar mavjud edi.
1921-yilda Toshkentda Turkiston dorilfununi tashkil topishi O’zbekistonda
fiziologiyaning rivojlanishiga turtki bo’ldi.
O’zbekistonda 
boshlangan 
ilk 
fiziologik 
tadqiqotlarga 
Turkiston
dorilfununining hayvonlar fiziologiyasi kafedrasi mudiri professor E.F.Polyakov
va shu dorilfunun tibbiyot kulliyoti qoshidagi normal fiziologiya kafedrasi
mudiri professor I.P.Mixaylovskiylar rahbarlik qilishdi. Birinchi kafedra
xodimlari asosan qishloq xo’jalik hayvonlari fiziologiyasi bilan shug’ullangan
bo’lsa, ikkinchi kafedra tibbiyotga yaqin muammolar – qon quyish, organizmni
tiriltirish, yurak faoliyatiga turli moddalarning ta’siri bilan qiziqdi. Keyinchalik
Turkiston (O’rta Osiyo) dorilfununining fiziologiya kafedrasiga professor
A.I.Izrael va professorA.S.Shatalina, Toshkent tibbiyot institutining normal
fiziologiya kafedrasiga uzoq vaqt professor N.V.Danilov rahbarlik qildilar.
Ularning rahbarligida bir qancha mahalliy xalq vakillari nomzodlik va doktorlik
dissertatsiyalarini yoqlashdi. O’zbekiston fanlar akademiyasi akademigi
professor A.Yu.Yunusov, respublikada xizmat ko’rsatgan fan arboblari
professor A.X.Hoshimov va professor A.S.Sodiqovlar shular jumlasidan.
Toshkentdan boshqa shaharlarda dorilfununlar, tibbiyot va pedagogika
institutlarining ochilishi yangi fiziologiya kafedralari tashkil qilinishini va
mutaxassislar tayyorlashni talab qildi. Buni amalga oshirishda O’rta Osiyo
dorilfununi va Toshkent tibbiyot instituti kafedralarining roli katta bo’ldi.
Fanlarning, jumladan fiziologiyaning rivojlanishi jamiyatning hayotiy
ehtiyojlariga bog’liq. O’zbekiston iqlimining issiqligi va mahalliy xalqning
ovqatlanishidagi ba’zi xususiyatlar me’da-ichak kasalliklarining ko’p uchrashiga
sabab bo’lsa kerak. Shuning uchun XX asrning 50-60 yillarida fiziologiya
muassasalarida shakllangan ilmiy yo’nalishlardan birinchisi yuqori haroratning
me’da-ichak faoliyatiga ta’sirini o’rganish bo’ldi. A.Yu.Yunusov, A.S.Sodiqov,
G.F.Korotko, Yu.A.Itrbakov, K.R.Rahimovlar o’z tajribalari bilan issiq harorat
me’daning shira ajratishi va harakatlanishiga, me’da osti bezi va ingichka ichak
sekretor faoliyatiga kuchli, ba’zan salbiy ta’sir qilishini ko’rsatib berdilar.
Vaqt o’tib, bu muammo ustida ishlaydigan olimlar soni ko’paydi,
yo’nalishning o’zi o’zgardi va kengaydi. Enda tadqiqotchilar yuqori haroratning
hazm tizimi a’zolariga ta’sirini qayd qilishdan tashqari, kuzatilgan
o’zgarishlarning mexanizmini ochishga urindilar. Hazm fiziologiyasining
umumiy masalalariga katta ahamiyat berildi. Bu borada Andijon tibbiyot
institutining nirmal fiziologiya kafedrasi mudiri professor G.F.Korotko va u


barpo etgan ilmiy maktabning tadqiqotlari ibratli bo’ldi. Ularning izlanishlari
hazm fermentlarining qonga o’tishi (inkretsiyasi), qonnda gidrolitik fermmentlar
faolligining turg’unligini ta’minlash qonuniyatlarini yoritdi.
Oxirgi yillarda bu ilmiy jamoa me’da osti bezidan fermentlar ajralishining
o’z-o’zidan boshqarilishiga oid masalalarni tekshirish ishlarini olib bormoqda.
50-60 yillarda akademik A.M.Ugolev kashf etgan membrana (shilliq parda
yuzasidagi) hazm respublikamiz olimlari e’tiborini o’ziga jalb etdi. O’zbekiston
respublikasi fanlar akademiyasi akademigi professor A.Yu.Yunusov tashabbusi
bilan professor K.R.Rahimov bu sohada ilk bor o’tkazgan tajribalar yuqori
harorat ta’sirida membrana hazmi tezlashib, ichak bo’shlig’ida susaygan
moddalar 
parchalanishining 
salbiy 
natijasini 
kamaytirishini 
ko’rsatdi.
K.R.Rahimov kavsh qaytaruvchi hayvonlarda ilk bor membrana hazmini
o’rgandi.
A.Yu.Yunusovning 
(1910-1971) 
O’zbekiston 
fiziologiya 
fanining
rivojlanishidagi rolini alihida ta’kidlash zarur.
Uning ilmiy izlanishlari serqirra bo’lib, issiq iqlim sharoitiga moslashish, bu
jarayon davomida suv-tuz, energiya almashinuvidagi o’zgarishlarni aniqlash va
yechishga qaratilgan eda va hokazo. Olim fiziologiya fanini maktab va
oliygohlarda o’qitish masalalariga alohida e’tibir berdi.
X.Sh.Xayritdinov va professor U.Z.Qodirovlar ham hazm tizimi fiziologiyasi
masalalari ustida izlanishlar olib borishdi. Professor X.Sh.Xayritdinov o’zining
“Qoramollarning 
qatqorin 
sekretsiyasi” 
deb 
nomlangan 
doktorlik
dissertatsiyasida kavsh qaytaruvchilar hazmidagi xususiyatlarni yoritdi, qatqorin
shirasining tibbiyot va veterinariyada davolash omili sifatida ishlatilishi
mumkinligini ko’rsatdi.
U.Z.Qodirovning ilmiy ishlari hazm fiziologiyasining turli masalalariga oid.
U hazm a’zolarining o’zaro munosabatlarini o’rganib, o’n ikki barmoq ichakka
o’t-safro chiqishi buzilganda ingichka ichakning sekretor, so’rish va harakat
faoliyatlari, me’da osti bezining sekretor faoliyati keskin o’zgarishini ko’rsatdi.
Bundan tashqari, u qishloq ho’jaligida keng qo’llanilib, odamlarga va
hayvonlarga salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan zaharli moddalarning
hazm tizimi faoliyatiga ta’sirini o’rgandi va hokazo. Olimning bir qator ishlari
me’da-ichak faoliyatlarini ontogenezda shakllanishiga bag’ishlangan.
Faoliyatlarning ontogeneziga professor E.S.Mahmudov va K.R.Rahimovlar
ham o’z izlanishlarida ko’p ahamiyat berishdi. Professor E.S.Mahmudov issiq
harorat hayvonlarning o’sishi, rivojlanishi va ko’payishiga salbiy ta’sir qilishini
va bu salbiy ta’sirni hayvonlarning sut emish davrida muntazam isitish yo’li
bilan oldini olish mumkinligini ko’rsatdi.
Respubblikamizda yozgi yuqori harorat tana harorati barqarorligini
ta’minlovchi mexanizmlarda va bu mexanizmlar bilan bog’liq bbo’lgan suv-tuz
almashinuvida zo’riqish paydo qiladi. Bu sohada ham talay ishlar olib borilyapti.
Professor Z.T.Tursunov miya yarim sharlarining po’stlog’i suv-tuz
almashinuvida katta rol o’ynashini, hayvonlarni po’stloqsizlantirish yuqori


harorat ta’sirida kuzatiladigan suv-tuz almashinuvidagi o’zgarishlarni
kuchaytirishini ko’rsatdi. Bu tadqiqotchi yuqori harorat periferik nerv tizimi
faoliyatida ham ma’lum o’zgarishlar yuzaga keltirishini kuzatdi.
M.G.Mirzakarimova ba’zi bir a’zolar, xususan hazm tizimi a’zolari, suv-tuz
zahirasi rolini bajarishi va yuqori harorat sharoitida organizm suv tanqisligini
yengishda shu zahiradan foydalaanishi mumkinligini isbotladi.
V.A.Xojimatov gipotalamo-gipofizar tizimning suv-tuz almashinuvidagi
katta ahamiyatini yana bir bor ko’rsatib, bu almashinuvning endokrin bezlar
tomonidan bosgqarilishidagi yoshga aloqador xususiyatlarini oydinlashtirdi.
R.A.Ahmedov hayvonlarda o’tkazgan tajribalar va odamlar ustida olib
borgan mashaqqatli kuzatishlari natijasida yuqori haroratda tana harorati
turgunligini saqlash faqat fizikaviy haroratni bishqarishga (issiqlik yo’qotishga)
emas, balki kimyoviy harorat boshqarilishiga (issiqlik hosil qilishga) ham
bog’liqligini isbot qildi.
A.Yu.Yunusov rahbarligida o’tkazilgan bu izlanishlar va maxsus tajribalar
odam va hayvonlar organizmining issiq harorat hamda issiq iqlimga moslashish
mexanizmlarini aniqlash, bu moslashishni tezlatish va yengillatishga qaratilgan
edi.
Uning ishlari fiziologiya fanining rivojlanishida katta rol o’ynadi. Ammo bu
borada boshqa oliygohlar va ilmgihlar ham o’ziga yarasha hissa qo’shdi. Bevaqt
vafot etishgan Toshkent va Samarqand tibbiyot institutlari fiziologiya
kafedralarining sobiq mudirlari professor T.Q.G’ulomov va professor
X.X.Ergashevlar mustaqil qiziq yo’nalishlarda ish boshlagan edilar.
Hozir respublikamizda fiziolog olimlarning uchinchi avlodi faoliyat
ko’rsatmoqda. Ulardan O’zbekiston Qishloq Xo’jalik fanlar akademiyasining
muxbir a’zosi professor B.Z.Zaripovni, respublika pedagogika ilmiy-tekshirish
instituti xodimi professor D.J.Sharipovalarni ko’rsatish mumkin.
Respublikamiz fiziologiyasining tarixi juda qisqa bo’lsada, shu davr ichida
ko’zga tashlangan yutuqlarga erishildi, bir qator yorik mutaxassis olimlar
yetishib chiqdi. Bu yutuqlar olimlar o’rtasidagi borodarlik, hamkorlikning
mevasidir. Ilmiy-tekshirish ishlarini yo’lga qo’yishda, respublika uchun yuqori
malakali mutaxassislar tayyorlashda beg’araz yordam ko’rsatgan domlalarimiz
akademik N.V.Chernigovskiy, akademik V.V.Parin, akademik A.M.Ugolev,
professor A.L.Slonim, professor G.K.Shliginlarning nomlarini minnatdorchilik
bilan tilga olib, fanimizning qisqacha tarixini tugatsak joiz bo’lur.

Download 0,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   176




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish