yo’qotmaydi. Eritma haroratining juda tor bo’lgan bu chegaradan chetga chiqib
ketishi hujayralarni halokatga yo’liqtiradi. Xuddi shu hujayralardan tashkil
topgan bir butun organizm tashqi muhit harorati 100 darajadan ortiq o’zgarsa
ham, bu o’zgarishlarga moslashib, faolligini yo’qotmaydi. Buning sababi
shundaki, organizmdagi hujayralarning asosiy qismi tashqi muhit bilan bevosita
aloqador emas, ular atrofida barqarorligini yo’qotmaydigan ichki muhit
suyuqliklari bor.
Tabiiyki,
gomeostazning
ma’lum
chegaralari
bor.
Ichki
muhit
ko’rsatkichlarining bu chegaradan chiqib, sezilarli darajada oshib yoki kamayib
ketishi organizm faoliyatiga kuchli ta’sir ko’rsatadi, yashab bo’lmaydigan
holatga olib keladi. Demak, gomeostatik ko’rsatkichlarning davomli va sezilarli
o’zgarishini kasallik belgisi, deb hisoblash mumkin. Bu ko’rsatkichlarni bilish
va aniqlash tashxis uchun katta ahamiyatga ega.
Fiziologik funksiyalar (faoliyatlar). Organizmdagi biror bir natija olishga
qaratilgan hayotiy o’zgarish fiziologik funksiya hisoblanadi.
Fiziologik funksiyalar xilma-xil bo’lib, hammasi organizmning moddalar
almashinuvi va moslashishni ta’minlashga xizmat qiladi. Funksiyalar sodda va
murakkab, tig’ma va hayotda orttirilgan, makromolekulyar yoki yaxlit organizm
darajasida yuzaga chiqadigan, vegetetiv va somatik, himoya va hokazo bo’ladi.
Modda, energiya va ma’lumot almashinuvi mavjud funksiyalarning asosi
hisoblanadi.
Ma’lumot almashinuvi hujayralarning bir-biri bilan bevosita aloqada bo’lishi,
moddalarning to’qima suyuqligi, limfa va qon tarkibida tashilish yo’li bilan va
elektropotensiallarni hujarradan hujayraga juda tez o’tishi natijasida ro’yobga
chiqadi. Ko’p hujayrali organizmlarda elektr signnallari shaklida kodlangan
ma’lumotlarni qabul qiluvchi, o’tkazuvchi, qayta ishlovchi, saqlovchi va tahlil
qiluvchi maxsus tizim bor. Bu odamda yuqori darajada rivojlangan nerv
tizimidir.
Nerv tizimi har qanday tirik organizmning o’z-o’zini boshqarishida, xilma-xil
ta’sirotlarga yaxlit javob berishida, tashqi muhit o’zgarishlariga moslashishida
juda katta ahamiyatga ega. Bu murakkab ishni nerv tizimi elektr impulslar
yordamida bajaradi.
Muskullar va bez to’qimasining faoliyatlari ham elektr impulslarga bog’liq.
Bioelektrik hodisalarni yaxshi tushunish uchun birinchi galda qo]zg’aluvchan
to’qimalar – nerv, muskul va bez to’qimalarining ba’zi bir umumiy fiziologik
xossalariniko’rib chiqqish kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: