Qonning aylanib chiqish vaqti.
Qon aylanish doiralarining hamma
qismidan qonning o’tishi uchun zarur vaqt qonning aylanib chiqish vaqti, deb
ataladi. Odamda qonning aylanib chiqish vaqti o’rta hisobda 27 sistolaga teng.
Tinch holatda, yurak bir daqiqada 70-80 marta qisqarganda, 20-23 sekundni
tashkil qiladi.
Qon aylanib chiqadigan vaqtning 1/5 qismi kichik qon aylanish doirasiga, 4/5
qismi esa katta qon aylanish doirasiga to’g’ri keladi.
MAYDA TOMIRLARDA QONNING OQISHI
(MIKROTSIRKULYATSIYA)
Yurak va tomirlar tizimining asosiy vazifasi qonni kapillyarlardan oqib
o’tishi uchun me’yoriy bosimni ta’minlashdan iborat.
Kapillyarlar – qon tomir tizimining faoliy ahamiyati bo’yicha eng muhim
qismi. Ularda qon va to’qimalararo suyuqlik o’rtasida modda almashinuvi sodir
bo’ladi. Bunday almashinuv venulalarda ham kuzatiladi. Venulalar, arteriolalar,
metarteriolalar (met – o’rta) kapillyarlar orqali qon oqishini boshqarishda
ishtirok etadi. Shuning uchun bu tomirlar umumiy faoliy birlik hisoblanadi.
Arteriola, metarteriola, kapillyarlar va kichik venulalar mikrotsirkulyatsiya
tomirlar havzasini tashkil qiladi (40-rasm).
Kapillyarlar radiusi 4,5-3,0 mkm atrofida, uzunligi o’rtacha 750 mkm. Odam
organizmida 40 milliardga yaqin kapillyar bo’lib, ular orqali modda
almashadigan samarali yuza 1000 m
2
. 1mm
3
to’qimada 600 ga yaqin kapillyar
bor. 100 g to’qimaga to’g’ri keladigan kapillyarlar yuzasi 1,5 m
2
ga yaqin.
Massa birligiga to’g’ri keladigan kapillyarlar soni to’qimalarning faolligiga
bog’liq. Yurak muskulida kapillyarlarning soni skelet muskulidagidan 2 baravar
ko’p. Miyaning kulrang moddasi oq moddasiga nisbatan kapillyarlarga boyroq.
Ko’pincha “chin” kapillyarlar arteriolalarni to’g’ridan-to’g’ri venulalar bilan
bog’lamaydi. Ular metarteiolalardan, asosiy kanaldan to’g’ri burchak hosil qilib
boshlanadi. Metarteriola va asosiy kanalni tashkil qiluvchi tomirlar devoridagi
silliq muskul tolalari ularning proksimal qismidan distal qismiga qarab kamaya
boradi. Metarteriolalardan kapillyarlarning boshlanadigan qismida bu silliq
muskul tolalari prekapillyar sfinkterlarni hosil qiladi Kapillyarlarning boshqa
qismlarida qisqaruvchi unsurlar yo’q. “Chin” kapillyarlar orqali oqib o’tadigan
qon miqdori prekapillyar sfinkterlarning qisqarib, bo’shashiga bog’liq.
Mikrotsirkulyator tomirlar havzasida arteriovenoz anastomozlar ko’p
uchraydi. Bu anastomozlar arteriolalarni venulalar bilan bevosita bog’laydi.
Anastomozlarning devori silliq muskul tolalarga boy. Ularning soni qo’l, oyoq,
quloq
terisida
ko’p.
Tananing
bu
sohalaridagi
anastomozlarning
termoregulaytsiyada ahamiyati katta.
Do'stlaringiz bilan baham: |