Qurama-mozaiklik. Fitotsenozda gorizontal taqsimlanishni mozaiklik deb ataladi. Cho‘l miggtaqasida shunday joylarni kuzatish mumkinki, bu yerlarda turlar tarkibi ham, miqdor va sifat ko‘rsatkichlari ham, qavatligi ham, tashqi qiyofasi ham bir xil bo‘ladi. Hammasi bir xil fitotsenozga — o‘simliklar qoplamiga kiradi. Bu yerda har bir tur o‘simlik o‘ziga xos joyda ko‘karadi. Ular orasida shu yerga mansub o‘simlik turlari joylashadi. Shunday bo‘lsada, har bir yer o‘ziga xos gorizontal tuzilishga ega. Shuning uchun ham ular bir-birlaridan eng kichik belgilari bilan bo‘lsada farq qiladi. Bunday maydonlarni mikrogruppa yoki mikrofitotsenoz deb atash mumkin.
Cho‘llarda, asosan, saksovul, shuvoq, yantoq, hozirgi kunda, isiriq (Peganum harmala L.) hukmron turlar hisoblanadi. Lekin hukmron turlarning zich joylanishi boshqa turlarning mikrogruppa hosil qilib o‘sayotganini ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |