Fiskal siyosat, davlаt byudjeti va uning taqchilligi


Iqtisodiy kategoriya sifatida



Download 2,49 Mb.
bet7/22
Sana24.03.2022
Hajmi2,49 Mb.
#507959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22
Bog'liq
24. fiskal siyosat

Iqtisodiy kategoriya sifatida byudjet turli darajada markazlashgan fondlarini shakllantirish, taqsimlash, foydalanish jarayonida yuzaga keluvchi iqtisodiy munosabatlardir.

O‘zbekistonning fiskal siyosat ko‘rsatkichlari


Yillar

Davlat byudjeti daromadlari, mlrd. so‘m

Davlat byudjeti xarajatlari,
mlrd. so‘m

Davlat byudjeti kamomadi, YaIM ga nisbatan %

2001

1266,9

1313,8

-1,0

2003

2342,1

2376,9

-0,4

2005

3433,3

3420,0

+0,1

2006

4485,5

4388,4

+0,4

2010

13596.7

13386,9

+0,3

2012

21297,3

20910,7

+0,4

2013

26261,5

25907,0

+0,3

2014

31729,5

31419,6

+0,2

2015

36492,7

36289,8

+0,1


Moliyaviy dastak sifatida byudjet-tegishli darajadagi davlat va mahalliy hokimiyat organlari faoliyatini ta’minlovchi, ular oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish imkonini beruvchi markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidan iboratdir. Davlat tomonidan rejalashtirilgan tadbirlarni byudjet xisobidan moliyaviy ta’minlashda undan moliyaviy dastak sifatida foydalanish ko‘zda tutiladi.
Huquqiy kategoriya sifatida byudjet mamlakat tegishli xududlari doirasida markazlashtirilgan pul mablag‘larini shakllantirish, ularni taqsimlash va foydalanishga qaratilgan hamda tegishli davlat yoki mahalliy xokimiyat muassasalari tomonidan tasdiqlangan asosiy moliyaviy rejadan iboratligi nazarda tutiladi.
Belgilangan tartibda ko‘rib chiqilgan va tasdiqlangan byudjet davlat yoki mahalliy xokimliklar moliyaviy rejasiga, davlat me’yoriy xujjatiga aylanadi.
Davlat xarajatlari asosan davlat byudjeti orqali amalga oshadi. Bular davlatning investitsiya sarflari, mudofaa xarajatlari, ijtimoiy extiyojlar uchun ajratmalar va davlat boshqaruvining moliyaviy manbalaridir. Davlat byudjeti xarajatlarining asosiy to‘rt turi ajratiladi.

  1. Ishlab chiqarishni rivojlantirishga investititsiyalar;

  2. Ijtimoiy sohalarni (maorif, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot, madaniyat) pul bilan ta’minlash;

  3. Davlat idoralarining xarajatlarini qoplash;

  4. Mamlakat mudofaasini ta’minlash. Davlat byudjetining daromad qismi, albatta, birinchi navbatda, ana shu xarajatlarni to‘liq qoplashi zarur bo‘ladi.


Standartlashtirilgan Byudjet

Byudjet kamomadi bu daromadlarning xarajatlarni qoplay olmasligi bo‘lib, byudjet taqchilligini yuzaga keltiradi. U qo‘shimcha soliqlar kiritish, pul emissiyasidan foydalanish, zayomlar chiqarish va chet mamlakatlardan qarz olish orqali qoplanadi.
Standartlashtirilgan Byudjet
Iqtisodchilar standartlashtirilgan byudjetdan (to‘liq bandlik byudjeti ham deyiladi) soliq kirimlaridagi avtomatik o‘zgarishlarni yo‘q qilish maqsadida mavjud federal byudjet difitsiti va profitsitini sozlashda foydalanishadi. Standartlashtirilgan byudjet mavjud soliq darajalari va hukumat chiqimlari darajalarida iqtisod o‘zining YaIM bo‘yicha yillik darajasiga etgan xolda federal byudjet defitsiti yoki profitsitini xisoblaydi (uning potensial foydasini). Asl g‘oya shundaki, mavjud hukumat yillik chiqimlarini iqtisod o‘zining YaIM bo‘yicha yillik xolatiga etgandagi yuzaga kelishi mumkin soliq kirimlari bilan qiyoslashdir. Bu jarayon oddiy YaIM o‘zgarishi xisobiga bo‘luvchi byudjet difitsiti yoki profitsitini olib tashlaydi va shunday qilib bizga diskretsion fiskal siyosatdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida hech narsa aytmaydi.
Quyidagi rasmini ko‘rib chiqaylik G bu erda hukumat chiqimlarini T esa soliq kirimlarini ko‘rsatadi. To‘liq bandlik birinchi yilida hukumatning 500 000 000 000$ lik chiqimlari 500 000 000 000$ lik soliq kirimlari bilan teng va bu G va T chiziqlarining a nuqtada kesishgan joyida ko‘rsatilgan. Standartlashtirilgan byudjet defitsiti 1 yilda 0 ga teng hukumat chiqimlari YaIM1 to‘liq bandlik xolatida soliq kirimlariga teng. Bundan YaIMning to‘liq bandlik defitsiti foizi ham 0 ga teng.

Endi a rasmda ko‘rsatilgandek pasayish yuzaga kelib, YaIM YaIM1 dan YaIM2 ga tushishini faraz qiling. Endi hukumat hech qanday diskretsion xarakatlar qilmayapdi va G hamda T chiziqlari rasmda ko‘rsatilgandek qolayapdi deb faraz qiling. YaIM2 da soliq kirimlari avtomatik ravishda 450 000 000 000$ (c nuqta) ga tushib davlat xarajatlari esa o‘zgarmagan xolda 500 000 000 000$ bo‘lib qoladi (b nuqta). 50 000 000 000$ byudjet defitsiti yuzaga keladi (bc oralig‘i bilan ko‘rsatilgan). Lekin bu siklik difitsit pasayishga ketib borayotgan iqtisod chiqimi bo‘lib hukumatning diskretsion moliyaviy faoliyatining natijasi emas. Biz bu defitsitdan hukumat kengyatirilgan moliyaviy siyosatni yuritayapdi deb xato qilishimiz mumkin.
Bu xolat a rasmda 2 yil standartlashtirilgan byudjet defitsitini muhokama qilganimizda yoritiladi. 500 000 000 000$ 2 yil hukumat chiqimlari G chizig‘ida b nuqtasi bilan berilgan va T chizig‘ida a nuqta bilan ko‘rsatilgan 500 000 000 000$ soliq kirimlari YAIM to‘liq bandlik xolatiga etganda yuzaga kelishi mumkin. b va a nuqtalari ikkisi ham 500 000 000 000$ ni bildirganligi uchun 2 yildagi standartlashtirilgan defitsit 0 ga teng, chunki bu defitsit potensial YAIM ning foiz qismidadir. Ikkala yilda ham standartlashtirilgan defitsit 0 ga tengligi hukumatning o‘z diskretsion moliyaviy siyosatini pasayish vujudga kelib mavjud defitsit 50 000 000 000$ natija bersada o‘zgartirmaganligini ko‘rish mumkin.
Keyin b rasmini ko‘rib chiqamiz. Real foyda YaIM3 to‘liq bandlikdan YaIM4 ga tushgan deb faraz qiling va shu bilan birga 4 yildagi federal hukumatning pasayishga soliq darajalarini pasaytirish bilan javob berishi soliq chizig‘ining T1 dan T2 siljishini faraz qiling. Standartlashtirilgan defitsit o‘lchamiga nima bo‘ldi? e da ko‘rsatilgandek hukumat chiqimlari 4 yilda 500 000 000 000$ ga teng. Biz u miqdorni agar YaIM to‘liq bandlik xolati yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan 475 000 000 000$ soliq kirimi bilan qiyoslaymiz. Ya’ni biz G chizig‘idagi e nuqtani T2 chizig‘idagi x nuqta bilan solishtiramiz.25 000 000 000$ e x dan kattaroq bo‘lib 4 yil uchun standartlashtirilgan byudjet defitsitiga teng. Potensial YaIM ning foizi sifatida standartlashtirilgan byudjet defitsiti yildagi 0 dan (soliq darajasi qisqartirilishidan oldin) bir qancha ijobiy foizga 4 yilda [=( $25 billion /GDP 3) x100] ko‘tarildi. Bu ikki yil ichidagi to‘liq bandlik defitsiti nisbiy o‘lchamlari o‘sishi moliyaviy siyosatning rag‘batlantiruvchi siyosat ekanligini ko‘rsatadi.
Bunga qarama qarshi agar biz standartlashtirilgan o defitsitni keying yildagi standartlashgan byudjet profitsiti ko‘rsak unda biz fiskal siyosatni cheklovchi turdagi deb xisoblashimiz mumkin. Standartlashtirilgan byudjet soliq kirimlaridagi avtomatik o‘zgarishlarni moslashtirilishi standartlashtirilgan byudjet profitsiti o‘sishi hukumat o‘z chiqimlarini kamaytirgani (G) yoki soliq kirimlarini oshirganini (T) bildiradi. Bu G va T dagi o‘zgarishlar biz cheklangan fiskal siyosat elementi deb aniqlagan yaqqol diskretsion faoliyatdir6.


Soliqlar, ularning turlari va takomillashtirish vazifalari
Soliqlar iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga ajratiladi:

  • Daromad (foyda) solig‘i. To‘lovchining yillik daromadidan chegiriladigan qismi;

  • Korxonalar foydasiga soliq. Xuquqiy shaxslarning sof foydasidan olinadi;

  • Ijtimoiy to‘lovlar - har xil byudjetdan tashqari fondlarga (ishsizlik, pensiya va h.k) yo‘naltiriladi, qisman ishlovchilar va korxonalar mablag‘lari hisobiga shakllantiriladi;

  • Mol-mulk soliqlari. Mulkdan, merosdan va hadya qilingan mablag‘ hamda boyliklardan olinadi;

  • Tovar va xizmatlarga soliqlar. Bunga boj to‘lovlari va aksizlar, shuningdek qo‘shilgan qiymat soliqlari kiradi.

Soliq tizimida quyidagi asosiy prinsiplarini ajratib ko‘rsatish mumkin.
Birinchidan, soliq stavkasi darajasi soliq to‘lovchilarning iqtisodiy imkoniyatlaridan ya’ni ularning daromadlari darajasidan kelib chiqib belgilanishi zarur. Chunki turli xuquqiy va jismoniy shaxslarning iqtisodiy imkoniyatlari bir xil emas, ular uchun soliq stavkasi tabaqalashtirilgan tartibda belgilanishi kerak, shuning uchun daromadlardan olinadigan soliqlar progressiv (o‘sib boruvchi) xarakterga ega bo‘lish zarur;

Download 2,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish